{"id":22483,"date":"2022-03-26T16:26:56","date_gmt":"2022-03-26T13:26:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22483"},"modified":"2022-03-26T16:26:57","modified_gmt":"2022-03-26T13:26:57","slug":"slovakiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/slovakiya\/","title":{"rendered":"Slovakiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Slovakiya Respublikasi. Poy\u00adtaxti \u2014 Bratislava. &nbsp;Hududi \u2014 49035 km.kv. Aholisi \u2013 5 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 slovak. Dini \u2014 katoliklar (60%), protestantlar (23%), pravoslavlar (12%). Pul birligi \u2014 slovak kronasi.&nbsp; Geografik joylashuvi va tabiati.&nbsp;Markaziy Yevropada joylashgan. Janubda \u2014 Vengriya, shimolda \u2014 Polsha, g\u2018arbda \u2014 Chexiya va Avstriya, sharqda Ukraina bilan chegaradosh. Mamlakatning markaziy va janubiy qismi tekisliklardan iborat. Shimoli g\u2018arbida va sharqida G\u2019arbiy va Sharqiy Karpat tog\u2018lari joylashgan. Shimolda Baland Tatra tog\u2019lari bor. Asosiy daryolari: Dunay, Gron, Vag, Bodrog.&nbsp;Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil, kontinental. Asosiy yerosti boyliklari: temir rudasi, surma, magneziy, marganes. Mamlakatning 1\/3 qismi o\u2018rmonzorlardir (dub, buk, archa, qarag\u2019ay). Hayvonot olami kambag\u2018al (bo\u2018ri, tulki, ayiq, quyon, bug\u2018u, tipratikan, tustovuq, kaklik).&nbsp; Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.&nbsp;Slovakiyaning davlat tuzilishi \u2014 respublika. BMT va XVF a\u2019zosi. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Hukumat boshlig\u2018i \u2014 Bosh vazir. Oliy qonun chiqaruvchi organ \u2014 Milliy Kengash. Ma\u2019muriy jihatdan &nbsp;&nbsp;&nbsp;8 hududga bo\u2019linadi. Siyosiy partiyalari: Demokratik Slovakiya uchun harakat, Demokratik so\u2018llar partiyasi, Slovakiya milliy partiyasi, Xristian-demokratik harakat.&nbsp; Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Slovakiya industrial-agrar mamlakat. Gandlov va Madri-Kamenda iqtisodiyoti uchun muhim bo\u2019lgan ko\u2018mir konlari mavjud. Rossiyadan keladigan gaz va nefit trassalari o\u2018tadi. Tog\u2018-kon sanoati rivojlangan. Gidroelektrostansiyalar ko\u2018p. Slovakiyaning dehqonchilik uchun yaroqli yerlari hududining 1\/3 qismini tashkil etadi (bug\u2018doy, arpa, lavlagi, makkajo\u2018xori, kartoshka yetishtiriladi). Vag vodiysida tamakichilik va bog\u2019dorchilik rivojlangan. Mamlakatda chorvachilik ham taraqqiy et\u00adgan. Tog\u2018li kurortlar mavjud. 2012-yil YIM miqdori 104,3 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 19,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Chexiya, Rossiya, Italiya, Polsha.&nbsp; Asosiy daryo portlari:&nbsp;Bratislava, Komarno.&nbsp; Tarixi.&nbsp;\u041c. a. V asrda mamlakat hududida frakiy qabilalari yashagan. M. a. Ill asrda bu yerda keltlar paydo bo\u2018ldi. 1 asrda mamlakat hududi rimliklar tomonidan egallangan. VI asrdan boshlab Slovakiyaga slavyan qabilalari ko\u2018chib kela boshladi. X asrda Buyuk Moraviya davlati tarkibiga qo\u2018shildi. XI asrda Vengriya qirolligiga tobe bo\u2018ldi. XVI asrda Janubiy Slovakiya usmoniylar tomonidan istilo qilindi, qolgan qismi Gabsburglar imperiyasi tarkibiga o\u2018tdi. XVII asrda mamlakat to\u2018liq Gabsburglar Avstriyasi tarkibiga kiritildi. 1867-yildan Slovakiya yangi tashkil topgan Avstro-Vengriya tarkibida bo`ldi. 1918-yili Avstro-Vengriya tarqatilishi bilan Slovakiya Chexiya bilan birlashdi va Chexoslovakiya davlatini tahkil etdi. 1939-yili Germa\u00adniya \u00abMyunxen bitimi\u00bbga ko\u2018ra Chexoslovakiyani egallab, \u00abMustaqil Slovakiya\u00bb davlatini tashkil ettirdi. Slovakiya II jahon urushida Germaniya tarafida turib urushgan. 1945-yil Slovakiya sovet qo\u2019shinlari tomoni\u00addan ozod etildi va kommunistik rejim o\u2018rnatildi. 1968-yili Chexoslovakiyada demokratik islohotlar o\u2018tkazildi, senzura bekor qilindi. Bunga javoban mamlakatga SSSR, GDR, Polsha va Bolgariya qo\u2018shinlari kiritildi. Bu siyosiy holat \u00abPraga bahori\u00bb nomini olgan. Kommunistik rejim qayta tiklandi. 1989-yili \u00abyumshoq inqilob\u00bb natijasida kommunistlar hokimiyati ag\u2018darildi. 1992-yili Chexiya bilan bo\u2019lgan uzoq tortishuvlardan so\u2018ng davlat ikki qismga \u2014 Chexiya va Slovakiyaga ajratildi. 1993-yil 1-yanvarda Slovakiya mustaqillik deklaratsiyasini e\u2019lon qilib, BMTga a\u2019zo bo\u2018ldi.&nbsp; Slovakiya Respublikasi O\u2018zbekiston Respublikasi bilan 1993-yilda diplomatiya munosabati o\u2018rnatdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Slovakiya Respublikasi. Poy\u00adtaxti \u2014 Bratislava. &nbsp;Hududi \u2014 49035 km.kv. Aholisi \u2013 5 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 slovak. Dini \u2014 katoliklar (60%), protestantlar (23%), pravoslavlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/slovakiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22483","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22483","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22483"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22483\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22489,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22483\/revisions\/22489"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22483"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22483"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22483"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}