{"id":22492,"date":"2022-03-26T16:31:21","date_gmt":"2022-03-26T13:31:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22492"},"modified":"2022-03-26T16:31:23","modified_gmt":"2022-03-26T13:31:23","slug":"ukraina","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ukraina\/","title":{"rendered":"Ukraina"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Ukraina Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kiyev. \u00a0Hududi \u2014 603700 km.kv. Aholisi \u2014 46 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ukrain. Dini \u2014 pravoslav. Pul birligi \u2014 grivna.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Sharqiy Yevropadagi davlat. Shimolda va sharqda Rossiya (chegara uzunligi \u2014 1576 km), shimolda Belarus (891 km), janubi g\u2019arbda Moldova (939 km), g\u2018arbda Polsha (428 km), Vengriya (103 km) va Slovakiya (90 km) bilan chegaradosh. Janubda Ukraina Azov va Qora dengizlari bilan tutashgan. Mamlakat hududining asosiy qismini Sharqiy Yevropa tekisligi tashkil etadi. Shimolda Pomssk, markaziy qismida Dneprbo\u2018yi, janubda Qora dengizbo\u2018yi pasttekisliklari mavjud. Janubi g\u2018arbda balandligi 2061 m gacha bo\u2018lgan Uk\u00adraina Karpati, janubda balandligi 1545 m gacha bo\u2018lgan Qrim tog\u2018lari joylashgan. Asosiy daryolari \u2014 Dnepr, Shimoliy Dones, Prut, Janubiy Bug, Dunay. Bir nechta yirik suv omborlari bor. Asosiy qazilma boyliklari: qo\u2018ng\u2018ir ko\u2018mir, toshko\u2018mir, neft, tabiiy gaz, temir, marganes, simob, rux, qo\u2018rg\u2018oshin, titan, magniy, aluminiy, sirkoniy rudalari. Mamlakat hududining 56%ini h\u2019aydaladigan yerlar, 12% ini o\u2018tloq va yaylovlar tashkil etadi.\u00a0 \u00a0Iqlimi \u2014 kontinental. Ukrainada 4000 turga yaqin gul va paporotniksimon o\u2019simliklar o\u2018sadi. Mamlakat hududining 15% ga yaqinini o\u2018rmonlar tashkil etadi. 0\u2018rmonlarda qarag\u2018ay, eman, qora qayin, archa, terak, jo\u2018ka, olxa, oq qayin, grab (qayinsimonlar), oq qarag\u2018ay, qayrag\u2018och o\u2018sadi. Ukrainada sutemizuvchilarning 100 ga yaqin, qushlaming 360, baliqlaming 200 ga yaqin turi uchraydi. 0\u2018rmonlarda los, kosulya, to\u2018ng\u2018iz, olmaxon, qunduz, silovsin, o\u2018rmon suvsari, Yevropa ohusi, ayiq, yowoyi mushuk, Qrim ohusi, tulki, bo\u2018rsiq, qizilishton, qorayaloq, qur, qarqur, ko\u2018k turna uchraydi. Katta qo\u2018shoyoq, ko\u2018rsichqon, yumron- qoziq, dasht burguti, bezgaldoq, to\u2018rg\u2018ay, dasht qora iloni, sariq ilon, kaltakesaklar dasht faunasini tashkil etadi. Daryo bo\u2018ylarida ondatra, daryo toshbaqasi, suv- ilon, qurbaqa, yovvoyi o\u2018rdak, qarqara uchraydi.Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat tarkibiga 24 ta viloyat va Qrim avtonom respublikasi kiradi. Ukraina 1991-yil 24-avgustda o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qiladi (avval sobiq SSSR tarkibida). 24-avgust \u2014 milliy bayram (Mustaqillik kuni). Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig\u2019i) va Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 Rada. Yirik siyosiy partiyalari: Ukraina Xalq Ruhi, Ukraina respublika partiyasi, Ukraina demokratik partiyasi, Demokratik tiklanish partiyasi, Ukraina dehqon- demokratik partiyasi, Ukraina Xalq partiyasi.\u00a0 \u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Ukraina rivojlangan sanoat tarmoqlariga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlarini qora metallurgiya, rangli metallurgiya, mashinasozlik, energetik mashinasozlik va elekrotexnika sanoati, radioelektron sanoat, aviatsiya, traktorsozlik, kemasozlik, kimyo sanoatlari tashkil etadi. Qishloq xo\u2018jaligi asosan donli ekinlar, texnik ekinlar va chorvachilikka ixtisoslashgan. Bug\u2018doy, makkajo\u2018xori, arpa, tariq, qandlavlagi, kungaboqar, kanop, kartoshka yetishtiriladi. Uzumchilik va bog\u2019dorchilik rivojlangan. 2012-yil YIM miqdori 315,8 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 6,8 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo sheriklari: MDH va Boltiqbo\u2018yi respublikalari, Germaniya, Polsha, Chexiya, Xitoy, Italiya, Shveysariya.\u00a0 \u00a0Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 22800 km, avtomobil yo\u2019llari \u2014 273700 km, ichki suv yo`llari \u2014 4500 km. Asosiy portlari: Nikolayev, Odessa, Xerson, Sevastopol.\u00a0 \u00a0Tarixi.\u00a0Hozirgi Ukraina hududi m. a. VII asrda skiflar imperiyasi tarkibiga kirgan. Ill asrda gotlar Dondan Dunaygacha bo\u2018lgan hududlarda o\u2018z davlatlarini tashkil etishadi. Xunnlardan so\u2018ng bu hududlarga sharqiy slavyanlar va xazarlar kirib kelishadi va ikki o\u2018rtada kurash boshlanadi. 0\u2018z hududlarini xazarlardan himoya qilish maqsadida slavyanlar varyaglarni yordamga chaqirishadi. Varyag knyazi Oleg 882-yilda Kiyev Rusiga asos soladi. 988-yilda Vladimir Buyuk xiristianlikni qabul qiladi. Kiyev Rusi Yaroslav Mudriy (1019-1054) va Vladimir II Monomax (1113-1125) davrida gullab-yashnaydi. XIII asrda Botuxon bosh- chiligidagi mo\u2018g\u2018ul-tatar qo\u2018shinlari Kiyev davlatini tugatadi. Kiyev davlati yerlari Polsha va Buyuk Litva Knyazligi o\u2019rtasida bo\u2018lib olinadi. 1647-yilda Andrusov shartnornasiga ko\u2019ra sharqiy Ukraina yerlari Rossiya \u00a0tarkibiga kiradi. 1793-yilda Yekaterina butun Ukraina yerlari (Galitsiyadan tashqari, Galitsiya 1919-yilgacha Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibiga kirgan) bosib oladi. 1917-yilning noyabrida Vinnichenko va Petlyura Kiyevda Ukraina Avtonom Respublikasini tuzishadi. Ular bilan bir vaqtda Xarkovda bolsheviklar Ukraina Sovet Respublikasini tuzishadi. Brest \u2014 Litva shartnomasidan so\u2019ng, 1918-yilning martida nemis qo\u2019shinlari Ukrainani okkupatsiya qiladi va 1918-yilning dekabrigacha Petlyura hokimiyatni o\u2018z qo\u2019liga olguncha qolishadi. 1920-yilda Petlyura va bolsheviklar o\u2019rtasidagi kurashga Polsha qo\u2018shiladi va Riga shartnomasiga ko\u2018ra g\u2019arbiy Ukraina yerlari 1921 -yilda Polshaga o\u2018tadi. Sovet Ukrainasi esa 1922-yilda Sovet lttifoqi tarkibiga kiradi. Ikkinchi Jahon urushi davrida Ukraina nemis qo\u2019shin\u00adlari tomonidan okkupatsiya qilinadi. 1944-yilda Sovet qo\u2019shinlari Ukrainadan nemislarni quvib chiqaradi. 1945-yilda Ukrainaga Sharqiy Galitsiya, Rutenya, Shimoliy Bukovina va Bessarabiyaning bir qismi qo\u2018shiladi. 1945-yilda Qrim viloyati Ukraina tarkibiga kiradi. 1986-yilning 26-aprelida Ukraina hududida insoniyat tarixidagi eng fojiali halokatlardan biri \u2014 Chernobil atom elektrostansiyasida portlash ro\u2019y beradi. 1991-yilda Ukraina o\u2019z mustaqilligiga erishadi. 2004-yilning oxirida navbatdagi prezident saylovlarida prezidentlikka nomzodlardan birining tarafdorlari saylov rtatijalaridan norozi ekanliklarini bildirib tartibsizliklar uyushtirishadi. Mamlakatda \u00abto\u2018q sariq inqilob\u00bb deb nom olgan siyosiy inqiroz vujudga keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Ukraina Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kiyev. \u00a0Hududi \u2014 603700 km.kv. Aholisi \u2014 46 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ukrain. Dini \u2014 pravoslav. Pul birligi \u2014 grivna.\u00a0 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ukraina\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22501,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22492","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22492","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22492"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22492\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22502,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22492\/revisions\/22502"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22501"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22492"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22492"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22492"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}