{"id":22495,"date":"2022-03-26T16:41:28","date_gmt":"2022-03-26T13:41:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22495"},"modified":"2022-03-26T16:41:30","modified_gmt":"2022-03-26T13:41:30","slug":"chexiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chexiya-2\/","title":{"rendered":"Chexiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Chexiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Praga. Hududi \u2013 78,9 ming km.kv. Aholisi \u2013 10,1 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 chex. Dini \u2014 katolik (65%), protestantlar (15%), pravoslavlar (13%). Pul birligi \u2014 chex kronasi.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Yevropadagi davlat. Shimolda \u2014 Polsha (chegara uzun\u00adligi \u2014 658 km), shimolda va g\u2018arbda \u2014 Germaniya (646 km), janubda \u2014 Avstriya (362 km), sharqda \u2014 Slovakiya (214 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1880 km. Mamlakat hududini shartli ravishda ikkiga bo\u2018lish mumkin: g\u2019arbda \u2014 Bogemiya, sharqda \u2014 Moraviya. Hududining g\u2018arbiy qismi past tog\u2018lar bilan o\u2018ralgan tekisliklar, tepaliklar va yassitog\u2018liklardan iborat. Bu hududlarda ruda tog\u2019lari, Chex o\u2018rmoni, Shumava joylashgan. Sudetdagi Snejka tog\u2018i (1602 m) mamlakatning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Sharqiy hududlar tepaliklardan iborat. Asosiy daryolari \u2014 Vltava, Morava, Laba (Elba), Oder. Asosiy tabiiy boyliklari \u2014 ko\u2018mir, kaolin, grafit.\u00a0Iqlimi \u2014 mo\u2018tadil kontinental. Tog\u2019larida ignabargli o\u2019rmonlar, tekis hududlarida eman, zarang, qoraqayin o\u2018sadi. Qo\u2018ng\u2018ir ayiq, tulki, to\u2018ng\u2018iz, bo\u2018ri, sernalar hayvonot olamini tashkil etadi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 8 ta o\u2018lkaga bo\u2018lingan. Chexiya 1993-yil 1-yanvarda Chexoslovakiyaning parchalanishidan so\u2018ng mustaqil davlatga aylandi. Milliy bayramlari \u2014 Kirill va Mefodiy kuni, 6-iyul \u2014 Yan Gus yondirilgan kun, 28-oktabr \u2014 Chexoslovakiya ozod etilgan kun. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident, ijro etuvchi hokimiyat rais boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Deputatlar palatasi (quyi palata)dan iborat parlamentga tegishli. Yirik siyosiy partiyalari: Fuqarolik demokratik partiyasi, Chexiya va Moraviya kommunistik partiyasi, Chexoslovak xalq partiyasi, Fuqarolik demokratik alyansi, Chexoslovak sotsial-demokratik partiyasi.Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Chexiya sobiq sotsialistik blok davlatlari orasida iqtisodda sezilarli o\u2018zgarishlarga erishgan davlatdir. Sanoati- ning eng rivojlangan tarmoqlari: yoqilg\u2018i-energetika, mashinasozlik, kimyo, to\u2018qimachilik, oziq-ovqat. Mashinasozlik va transport uskunalari, yoqilg\u2018i, kimyo- viy moddalar, minerallar, metallar, qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlari eksport qilinadi. Rivojlangan qishloq xo\u2018jaligi Chexiyaga oziq-ovqat mahsulotlari bilan o\u2018z ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. 2012-yil YIM miqdori 225,5 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 21,8 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Italiya, Rossiya.\u00a0Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 9434 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 55890 km.\u00a0Tarixi.\u00a0\u041c. a. V asrda kelt qabilalari o\u2018mashgan hozirgi Chexiya hududi V-IV asrlarda slavyan qabilasi chexlar tomonidan egallanadi. IX asrda Kirill va Mefodiy tomonidan xristianlik tarqatilgan Bogemiya IX asrning oxirlarida Buyuk Moraviya qirolligi tar\u00adkibiga kiradi. Chex qirolligi o\u2018zining qudrat cho\u2018qqisiga Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Karl X hukmronligi davrida chiqadi. XV asrning boshlarida Praga universitetining rektori Yan Gus katolik cherkovini reformatsiya qilish tashabbusi bilan chiqa\u00addi, lekin 1415-yil 6-iyulda inkvizitsiya tomonidan yoqib yuboriladi. 1620-yilda Bogemiya o\u2018zining avtonomiyasini yo\u2018qotib, gabsburglarga tobe bo\u2018ladi. 1918-yilda Avstriya \u2014 Vengriya imperiyasi parchalangandan so\u2018ng mustaqil Chexoslovakiya Respublikasi e\u2019lon qilinadi. 1939-yilda Sudet viloyati Germaniya tomo\u00adnidan bosib olinadi, mamlakatning qolgan hududlari Germaniya protektorati deb e\u2019lon qilinadi. Mamlakat nemis qo\u2018shinlaridan ozod etilgach, kommunistlarning ta\u2019siri kuchayadi va 1948-yilda ular hokimiyatni o\u2018z qo\u2018llariga olishadi. 1968-yilda Chexoslavakiya kom\u00admunistik partiyasining birinchi kotibi A. Dubchek \u00abodambashara sotsializm\u00bb qurish to\u2018g\u2018risida e\u2019lon qiladi, lekin mamlakatni liberallashtirish 1968-yil 21-avgustda Varshava Shartnomasi (Ruminiyadan tashqari) davlatlarining qo\u2019shinlari tomonidan to\u2018xtatiladi. Parlament raisligiga A. Dubchek, Respublika prezidentligiga V. Gavel saylanadi. Mamlakat aholisi 1992-yilgi referendumda Chexoslovakiyaning ikki davlatga bo\u2019linishi uchun ovoz beradi va 1993-yil 1-yanvarda Chexiya Respublikasi tashkil topadi.\u00a0 \u00a0 \u00a0<strong>\u00a0O\u2019zbekiston \u2014 Chexiya munosabatlari.<\/strong>\u00a01992-yil Toshkentda Chexiya Respublikasi Savdo vakolatxonasini ochdi va u 1994 yilning 1-noyabrida Chexiyaning O\u2019zbekistondagi elchixonasiga aylantirildi.\u00a0 2004 yilning aprel oyidan boshlab Chexiyaning O\u2019zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alesha Foytik. Ikki mamlakat o\u2019rtasidagi siyosiy munosabatlarga 1997 yil 14-16 yanvarda O\u2019zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning Chexiya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi chog`ida asos solindi. 1997 yil 27-29 oktyabrida Chexiya Respublika Bosh vaziri V.Klaus O\u2019zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. 2004 yilning 8-10 sentyabr kunlari Chexiya Prezidenti Vatslav Klaus yana bir bor O\u2019zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik ikki davlat o\u2019rtasidagi &#171;Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to\u2019g`risida\u201dgi Bitimga asosan rivojlanmoqda. 2003 yili ikki davlat o\u2019rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 39,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Uning 19,8 mln. dollari eksport va 19,7 mln. dollari importdir. Bugungi kunda respublikamizda Chexiya investitsiyasi\u00a0asosida Tashkil etilgan 28 ta qo\u2019shma korxona mavjud. Bundan tashqari, madaniy va ta\u2019lim sohasida ham aloqalar rivojlanib bormoqda. 1994 yili Liditse shahrida bo\u2019lib o\u2019tgan Butunjahon bolalar ijodiyoti ko\u2019rgazmasida O\u2019zbekistondan ham bolalar ishtirok etishdi va mukofotlarga sazovor bo\u2019lishdi. Ta\u2019lim sohasida har yili Chexiya hukumati O\u2019zbekiston talabalariga Chexiya Oliy ta\u2019lim muassasalarida o\u2019qish uchun beshta stipendiya ajratib kelmoqda. 2003-yildan boshlab O\u2019zbekiston FA Arxeologiya instituti Praga Universitetining Karlova nomidagi klassik arxeologiya Instituti bilan\u00a0 O\u2019zbekistonning janubiy mintaqalari antik madaniyatini\u00a0 o\u2019rganish yo\u2019lida hamkorlik qilib kelmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Chexiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Praga. Hududi \u2013 78,9 ming km.kv. Aholisi \u2013 10,1 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 chex. Dini \u2014 katolik (65%), protestantlar (15%), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chexiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22495","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22495","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22495"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22495\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22507,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22495\/revisions\/22507"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22495"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22495"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22495"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}