{"id":22497,"date":"2022-03-26T16:42:49","date_gmt":"2022-03-26T13:42:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22497"},"modified":"2022-03-26T16:42:50","modified_gmt":"2022-03-26T13:42:50","slug":"shveysariya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shveysariya\/","title":{"rendered":"Shveysariya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Shveytsariya Konfederatsiyasi. Poytaxti \u2014 Bern. Hududi \u2013 41,3 ming km.kv. Aholisi \u2013 8 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili nemis, fransuz, italyan, retoroman. Dini \u2014 katoliklar (50%), protestantlar (48%). Pul birligi shveytsariya franki.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Yevropadagi davlat. Janub va janubi sharqda \u2014 Italiya (chegaraning uzunligi 740 km), g\u2019arb, janubi g\u2019arb va shimoli g\u2018arbda \u2014 Fransiya (573 km), shimolda \u2014 Germaniya (334 km), sharqda \u2014 Avstriya (164 km) va Lixtenshteyn (41 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1852 km. Shveytsariya \u2014 togii mamlakat. Uning katta qismida Alp tog\u2019lari joylashgan. Mamlakatning eng baland nuqtasi \u2014 Dyufur tog\u2018i (4634 m). Alp muzliklarining maydoni \u2014 2000 km2. Shimoli g\u2018arbda Yura togMari bor. Markaziy qismda Shveytsariya yassitogligi joylashgan. Asosiy daryolari: Reyn, Rona, Tichino. Yirik ko\u2019llari: Jeneva, Boden. Asosiy tabiiy resurslari: yog\u2018och, gidroenergetik potensial. Mamlakat hududining 10% i haydaladigan yerlardan, 40%i yaylov va o\u2019tloqlardan iborat. Atlantika okeanining ta\u2019siri va mamlakat orfografik tuzilishining murakkabligi ko\u2019pincha iqlimning nam bo\u2018lishiga sabab bo\u2018ladi. Shveytsariyaning o\u2018simlik dunyosi asosini ignabargli va subalp o\u2018rmonlar tashkil etadi. Tog\u2019larda saldanella, primula hamda Shveytsariyaning norasmiy ramzi hisoblangan edelveys o\u2019sadi. Yovvoyi echki, suvsar, quyon, sug\u2018ur, ayiq, tulki, bolri, to\u2018ng\u2018iz, burgut, karqur hayvonot olamini tashkil etadi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 federativ respublika. Mamlakat tarkibida kanton bor (ulardan uchtasi yarim kantonlarga bo\u2019lingan). Shveytsariya Konfederatsiyasi 1291-yilning 1-avgustida tashkil topgan. Ushbu kun milliy bayram \u2014 Konfederatsiya tashkil topgan kun hisoblanadi. Federal konstitutsiya 1874-yilda qabul qilingan. Har bir kanton o\u2019zining konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega. Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 konfederatsiya prezidenti. Hukumat Federal Kengash deb nomlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Kantonlar senati (yuqori palata) va Milliy Kengash (quyi palata)dan iborat ikki palatali parlament Federal Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Shveytsariya radikal-demokratik partiyasi, Shveytsariya xristian-demokratik partiyasi, Shveytsariya sotsial-demokratik partiyasi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Yuqori darajada rivojlangan sanoat davlati. Shveytsariya aholi boshiga daromad darajasi bo\u2018yicha jahonda yetakchi o\u2018rinlardan birini egallaydi. Qazilma boyliklarining yo\u2018qligiga qaramay Shveytsariya jahon bozorlarida kuchli raqobatchi hisoblanadi, bundan tashqari bu davlat iqtisodiy barqarorlik va aholining bandligini yuqori darajada ushlab turadi. Metallga ishlov berish, mashinasozlik, uskunasozlik, kompyuter texnikasi, transport vositalari, soatsozlik, kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatining eng taraqqiy etgan tarmoqlaridir. Iqtisodining muhim tarmoqlaridan biri \u2014 bank ishi. Shveytsariya dunyoning moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo\u2018jaligi (YIMning 5% i) asosan chorvachilikka ixtisoslashgan. 2012-yil YIM miqdori 325,3 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga \u2013 43,1 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI davlatlari, AQSH, Yaponiya.\u00a0 \u00a0Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 5174 km (99% elektrlashtirilgan), avtomobil yo&#8217;llari 61500 km, ichki suv yo`llari \u2014 65 km. Asosiy daryo porti \u2014 Bazel.\u00a0 \u00a0Tarixi.\u00a0Kelt qabilalari \u2014 ret va gelvetlar yashagan hozirgi Shveytsariya I asrda qadimgi Rim tomonidan bosib olinadi. V asrda bu hududga german qabilalaridan burgundlar va allemanlar kirib kelishadi va hozirgi Roman Shveytsariyasi hamda Alleman Shveytsariyasi joylashgan hududlarda o\u2018mashishadi. VI asrdan hozirgi Shveytsariya hududi Franklar qirolligi, keyinroq Burgundiya, 1032-yildan Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. XII-XIII asrlarda bu hududda bir qator mustaqil knyazliklar shakllanadi. Shular orasida XIII asrning oxirlariga kelib Gabsburg knyazligi obro\u2018 qozonadi. 1291-yilda uchta shveysar kantoni (Uri, Shvits va Untervalden) ittifoq tuzib, gabsburglarga qarshi kurashadilar. Qator mag\u2018lubiyatlar (1315-yil \u2014 Morgatan, 1351-yil \u2014 Syurix, 1386-yil \u2014 Zempaxdava va boshqalar)dan so\u2018ng gabsburglar 1389-yilda Konfederatsiyani tan oladilar. 1498-yilda Konfederatsiyaga yana besh kanton qo\u2018shiladi. Shveytsariya Konfederatsiyasining harbiy qudrati Yevropa davlatlari tomonidan tan olinadi (Shveytsariyaning rasman tan olinishi 1648- yilgi Vestfaliya shartnomasi bilan mustahkamlangan) va ular XV-XVI asrlarda yollanma shveysar qo\u2019shinlarini harbiy yurishlarga jalb qila boshlashadi. Reformatsiya XVI asrda mamlakatni ikkiga bo\u2019lib, fuqarolar urushini keltirib chiqaradi. Katolik va protestantlar o\u2018rtasidagi janglardan birida protestant ruhoniysi U.Svingli halok boiadi. Shundan so\u2018ng ikki o\u2019rtada shartnoma tuzilib, unga ko\u2018ra to\u2018rt kantonda kalvinizm, yetti kantonda katolik dini tan olinadi. Shveytsariya XVII asrda neytralitet e\u2019lon qiladi. Neytralitet bir marotaba, 1798-1814 yilgi Napoleon urushi davrida buziladi. Lekin 1815-yilgi Vena kongressi Shveytsariyaning xalqaro maqomini tasdiqlab, uning neytralligi va chegaralarining daxlsizligini kafolatlaydi. Shu davrdan qo\u2018shilmaslik siyosati mamlakat tashqi siyosatining asosiy yo\u2018nalishlaridan biri bo\u2018lib qoladi va Shveytsariya bu siyosatga ikkita jahon urushlarida ham amal qildi.\u00a0Shveytsariya bilan O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o\u2018rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Shveytsariya Konfederatsiyasi. Poytaxti \u2014 Bern. Hududi \u2013 41,3 ming km.kv. Aholisi \u2013 8 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili nemis, fransuz, italyan, retoroman. Dini \u2014 katoliklar (50%), protestantlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shveysariya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[173],"tags":[],"class_list":["post-22497","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yevropa-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22497","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22497"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22497\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22510,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22497\/revisions\/22510"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22497"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22497"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22497"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}