{"id":22513,"date":"2022-03-26T18:43:59","date_gmt":"2022-03-26T15:43:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22513"},"modified":"2022-03-26T18:44:01","modified_gmt":"2022-03-26T15:44:01","slug":"abxaziya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abxaziya-2\/","title":{"rendered":"Abxaziya"},"content":{"rendered":"\n<p>Abxaziya Respublikasi (abxazcha nomi \u201eApsni&#187;\u00a0\u2014 qalb o\u2018lkasi)\u00a0\u2014 Gurjiston Respublikasi tarkibida Abxaziya 1921-yil 4-martda tashkil topgan. Zakavkazening shimoliy-g\u2018arbiy qismida joylashgan. Janubiy-g\u2018arbiy qismi Qora dengizga tutashadi. Maydoni 8,7 ming km.kv. Aholisi 530 mingdan ortiq kishi. 5 tuman, 7 shahar, \u00a04 shaharcha bor. Poytaxti\u00a0\u2014 Suxumi shahri.\u00a0Abxaziya hududining ko\u2018pchilik qismi Katta Kavkaz tog\u2018 tizmasining etaklari va yon bag\u2018irlarida joylashgan (Gagra, Bzib, Abxaziya, Kodori tizmalari). Ayrim joylarda tog\u2018larning bal. 3-4 ming m ga yetadi. Dovonlar ham bor. Qora dengiz bo\u2018ylab torgina tekislik cho\u2018zilgan. Janubi-sharqida Kolxida pasttekisligi joylashgan. Foydali qazilmalari: toshko\u2018mir, qurilish materiallari, barit, simob, polimetall rudalar.\u00a0Iqlimi\u00a0\u2014 nam subtropik, tog\u2018larda\u00a0\u2014 mo\u2018\u2019tadil sovuq va sovuq. Sohilda yanvar harorati 4\u00b0, 7\u00b0, tog\u2018larda -2\u00b0 gacha; iyulda sohilda 22\u00b0, 24\u00b0, tog\u2018larda 16\u00b0, 18\u00b0. Yog\u2018in miqdori pasttekisliklarda 1300\u20131500\u00a0mm, tog`larda 2400 mm.gacha.\u00a0 Abxaziya daryolari: Bzib, Kodori, Galidzga, Gumista; ko`llari: Ritsa, Amtkeli. Pasttekislik va tog` etaklari botqoq, allyuvial, podzol, ayrim joylar sariq, qizil tuproqli. Balandlashgan sari chirindi karbonatli, qo`ng`ir tog`-o`rmon hamda tog\u02bb-o`tloq tuproqlar uchraydi. Mamlakat hududining 55\u00a0% dan ko`prog`i o`rmon (samshit, buk, dub, qoraqayin, kashtan, grab daraxtlari), yuqoriroqda oq qarag\u02bbay, undan balandda subalp va alp o`tloqlari bor. Subtropik o`simliklardan xurmo, evkalipt, sarv va b. o`sadi.\u00a0Abxaziya\u00a0hududida Ritsa, Gumista, Pitsunda-Myusser qo`riqxonalari bor.\u00a0Aholisi. Asosiy aholisi abxazlar va gurjlar. Ular sohil tumanlari va tog` yon bag`irlarida yashaydi. Shaharlari: Ochamchira, Gudauta, Gagra (dengiz portlari), Gali, Tkvarcheli. Abxazlar o`zlarini apsua deb ataydilar. Davlat tili\u00a0\u2014 abxaz tili. Abxaz xalqining ajdodlari haqidagi dastlabki ma`lumotlar jez asrining keyingi davridan boshlanadi. Mil. av. minginchi y. o`rtalarida\u00a0Abxaziya\u00a0Kolxida qirolligining bir qismi bo\u2018lgan. Mil.av. 2-asr oxiri 1-asr boshlarida\u00a0Abxaziya\u00a0Pont qirolligi, mil.av.65 yildan Rim qaramog\u2018ida bo\u2018lgan. Abxaziyada G\u2018arbiy Gurjistonda vujudga kelgan Laz qirolligi tarkibiga kirgan. \u00a0Abxaziya larda butun\u00a0Abxaziya\u00a0ni Vizantiya zabt etgan. \u00a0Abxaziyaga kelib abxazlar Vizantiyaga itoat etmay qo\u2018ydi. Shu Abxaziyaning 80-ylarida G\u2018arbiy Gurjiston yerlari\u00a0Abxaziya\u00a0qirolligiga birlashtirildi. Abxaziyadan\u00a0Abxaziya\u00a0Turkiyaga qaram bo\u2018lib qoldi va abxazlar yerlari iqtisodiy-madaniy inqirozga uchradi. 1810 y.da\u00a0Abxaziya\u00a0Rossiyaga qo\u2018shib olindi. Abxaziya boshlarida abxazlar Axchipsou, Aibga, Dal, Sabal, Psxu kabi erkin jamoalar tarzida kun kechirgan. Har biri bir necha ming kishidan iborat bo\u2018lgan erkin jamoalar qon-qardoshlik guruhlariga bo\u2018linar va ular o\u2018rtasidagi munosabatlar abxazlarning an`anaviy huquqiga asoslanar, hamma masalani jamoa oqsoqoli hal qilar edi. Asrlar davomida\u00a0Abxaziya\u00a0knyazligining markazlashuv darajasi avvalo hokim knyazning shaxsiy obro\u2018-e`tiboriga bog\u2018liq bo\u2018lgan. Ko\u2018pincha u va mahalliy zodagonlar erkin jamoalarni nazorat qilmasdi.\u00a0Abxaziya\u00a0Rossiyaga qo\u2018shib olingach, bir necha o\u2018n yillar davomida vaziyat notinch bo\u2018ldi. Aholining bir qismi Turkiya tarafdori edi. 1864 y.gi Kavkaz urushidan keyin\u00a0Abxaziyaning muxtoriyat maqomidan mahrum etilishi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Ommaviy norozilik 1866 y.da abxazlarning yalpi qo\u2018zg\u2018oloniga aylanib ketdi. Rus jazo otryadlari qo\u2018zg\u2018olonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Ma`murlar g\u2018alayonchi ab-xazlarni Turkiyaga ko\u2018chira boshladi. 1877-78 y.lardagi rus-turk urushida abxazlar Turkiya tarafida faol ishtirok etishi sababli ularni majburan Turkiyaga ko\u2018chirish ommaviy tus oldi. Natijada abxazlar yashab kelgan hudud ikkiga: shim,-g\u2018arbiy (bzib) va janubiy-sharqiy qismlarga bo\u2018linib qoldi. Abxazlar tark etgan yerlarga Turkiyadan greklar va armanlar, Rossiyadan turli millat kishilari, Gurjistondan asosan megrellar ko\u2018chib kela boshladilar. Shu tariqa hoz. Abxaziya turli-tuman millatlar yurti bo\u2018lib qoldi. 1921 y. 16 dekabrda\u00a0Abxaziya\u00a0shartnoma asosida Gurjiston tarkibiga kirdi. 1990 y.dek. dan\u00a0Abxaziya\u00a0muxtor respublikasi, 1992 y. iyuldan ABXAZIYA Respublikasi.\u00a0Abxaziyadagi 1990-ylardagi vaziyatning xususi-yatlari va o\u2018tkir gurj-abxaz mojarosining sabablari ko\u2018p jihatdan tarixiy o\u2018tmishga va 19-20-Abxaziyalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar harakteriga borib taqaladi.Xo\u2018jaligi.\u00a0Abxaziya\u00a0g\u2018arbiy va sharqiy iqtisodiy hududlarga bo\u2018linadi. Xo\u2018jaligida agrar soha ustun. Choy, tamaki, sitrus mevalari, efir moyli o\u2018simliklar ekiladi, makkajo\u2018xori yetishtiriladi. O\u2018rmonchilik va ko\u2018mir qazib olish tarmoqlari rivojlangan. 90-yillarning boshigacha sanatoriy-kurortlar tizimi alohida o\u2018rin olgan. Dengiz bo\u2018ylarida bog\u2018dorchilik va tokchilik, shuningdek chorvachilik (asosan qoramolchilik), parrandachilik, pillachilik, baliqchilik va asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. Sanoatda oziq-ovqat, tamaki mahsulotlari, meva kon-servalari ishlab chiqariladi.\u00a0Abxaziyada 4 tamaki-fermentatsiya zavodi, bir necha choy f-kasi, Kodori taxta tilish kombinati bor. Mahalliy xom ashyo asosida efirli moy zavoddlari, shuningdek charm poyabzal k-ti va bir necha tikuvchilik korxonalari ishlaydi. Elektr energiyasi asosan Tkvar-cheli elektr st-yasi va Suxumi GESida hosil qilinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati, qurilish materiallari korxonalari bor.\u00a0Abxaziya\u00a0hududini Suxumi\u00a0\u2014 Cherkasiya temir yo`l va avtomobil yo\u2018llari kesib o\u2018tadi. Asosiy dengiz porti\u00a0\u2014 Suxumi sh. Muhim iqlimiy kurortlar Suxumi, Gagra, Gudauta, Noviy Afon, Pitsundada joylashgan.Madaniyati.\u00a0Abxaziyada o\u2018rta umumiy ta`lim maktablari, o\u2018rta maxsus o\u2018quv yurtlari, oliy o\u2018quv yurtlari (Suxumi unstituti, Subtropik xo\u2018jalik instituti), institutlari, klub muassasalari, muzeylar, botanika bog\u2018i ishlab turibdi. Abxaz tilida gaz. va jurlar nashr etiladi. Abxaz, gurj va rus tillarida radio eshittirishlar olib boriladi. Retranslyatsiya teleko\u2018rsatuvi mavjud. Xalq og\u2018zaki ijodida qahramonlar haqidagi ertaklar, rivoyatlar, ovchilik haqidagi hikoyalar, bandi qilib qo\u2018yilgan Abrskil haqidagi qad. rivoyat, xalq qo\u2018shiqlari mashhur. Xalq shoiri D. Gulia abxaz adabiyotining asoschisi hisoblanadi. Cho\u2018pon va ovchi qo\u2018shiqlari, dehqonchilik va urf-odatlar bilan bog\u2018liq qo\u2018shiq va laparlar abxaz musiqasiga asos bo\u2018lgan.\u00a0Abxaziya\u00a0hududida jez davrining dolmen deb atalgan sag\u2018analari, qad. yunon va Rim davridan qolgan inshootlarning vayronalari (Dioskuriya-Sebastopolis, Anakopiya va b.), Vizantiya davri me`moriy yodgorliklari\u00a0\u2014 Noviy Afondagi ustunli bir gumbazli imorat, neolit va jez zamonlaridagi odam va hayvonlarning haykalchalari, naqshli keramika va bronza buyumlar saqlanib qolgan. Abxaziyaning boshlaridagi miniatyuralar, Abxaziyalardagi freskalar mashhur. Hoz. zamon tasviriy san`atining shakllanishida 1918 yil ochilgan Suxumi badiiy maktabi muhim rol o\u2018ynagan.\u00a0Abxaziyaning birinchi professional rassomi\u00a0Abxaziya\u00a0Shervashidze (Chachba) bo\u2018lgan. I.Somaya, N.Tebukashvili, Ch.Kukuladze, V. Mesxi, M.Eshba, B. Gogoberidze kabi san`atkorlar mashhur. Qadimdan amaliy-bezak san`ati rivojlangan. Abxaziya\u00a0Kavkaz\u00a0janubi-garbidagi va\u00a0Qora dengizning\u00a0sharqiy qirg`og`idagi bahsli mintaqadir.`Abxaziya o`zini mustaqil, deb hisoblaydi va\u00a0Abxaziya Respublikasi, deb ataydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abxaziya Respublikasi (abxazcha nomi \u201eApsni&#187;\u00a0\u2014 qalb o\u2018lkasi)\u00a0\u2014 Gurjiston Respublikasi tarkibida Abxaziya 1921-yil 4-martda tashkil topgan. Zakavkazening shimoliy-g\u2018arbiy qismida joylashgan. Janubiy-g\u2018arbiy qismi Qora dengizga tutashadi. Maydoni 8,7 ming km.kv. Aholisi 530 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abxaziya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22513","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22513","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22513"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22513\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22519,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22513\/revisions\/22519"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22513"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22513"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22513"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}