{"id":22549,"date":"2022-03-26T19:55:46","date_gmt":"2022-03-26T16:55:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22549"},"modified":"2022-03-26T19:55:49","modified_gmt":"2022-03-26T16:55:49","slug":"davlat-va-jamiyat-qurilishi-akademiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/davlat-va-jamiyat-qurilishi-akademiyasi\/","title":{"rendered":"DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI AKADEMIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI AKADEMIYASI, O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi \u2014 rahbar xodimlarni tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi, ular malakasini oshiruvchi o&#8217;quv-usuliy va ilmiy markaz. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 19 aprel farmoniga muvofiq tashkil qilingan. Asosiy vazifasi \u2014 hokimliklar va boshqaruv organlari rahbar xodimlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, xo&#8217;jalik tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, o&#8217;rta bo&#8217;g&#8217;in boshqaruv organlari, tadbirkorlik tuzilmalarining oliy toifali zamonaviy mutaxassislari va rahbarlarini o&#8217;qitish, tarbiyalash. Akademiyada 10 va 12,5 oylik tayyorlash, 3 oylik qayta tayyorlash hamda 1 oylik malaka oshirish kurslari tuzilgan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida esa 5-10 kunlik seminarlar yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. 3 ta fakultet faoliyat ko&#8217;rsatadi: 1) davlat va jamiyat qurilishi; 2) bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari; 3) davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar. Bu fakultetlar tarkibida 12 ta kafedra ish olib boradi. O&#8217;quv dasturlari AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa mamlakatlarning ta&#8217;lim tizimlari andozalariga muvofiq tartibda ishlab chiqilgan. Dasturlar 4 moduldan iborat: asosiy kurslar; mutaxassislik kurslari; informasion boshqarish tizimi; magistrlik dissertasiyalari loyihalarini tayyorlash va himoya qilish. Akademiya 10 va 12,5 oylik kurslarini bitiruvchilarga tanlagan mutaxassisliklari bo&#8217;yicha magistr diplomi beriladi. Kafedralarda kunduzgi, sirtqi aspirantura va doktoranturalarda ilmiy xodimlar tayyorlanadi. O&#8217;quv jarayonlarini tashkil qilish ishlariga respublikaning yetuk o&#8217;qituvchi-professorlari jalb etilgan. Asosiy ilmiy yo&#8217;nalishlar islohotlar jarayoni kontsepsiyalarini yaratish, maorif tizimini isloh qilish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqish, rahbar kadrlar tizimini tayyorlashda ilmiy tavsiyalar bilan ishtirok etishga qaratilgan. Ko&#8217;plab xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar o&#8217;rnatilgan. O&#8217;quv jarayonlarida AQSh, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Frantsiya, Rossiya, Moldova, Eron, Malayziya, Jan. Koreya, Xitoy va boshqa davlatlar elchixonalarining rahbarlari ma&#8217;ruza, suhbat o&#8217;tkazadilar va amaliy mashg&#8217;ulotlarda qatnashadilar. O&#8217;qituvchilar, tinglovchilar, aspirantlar, doktorantlar hamda tadqiqotchilarning malaka oshirishi, tajriba almashishi uchun xorijiy davlatlar o&#8217;quv yurtlariga yuborish yoki u yerlardan malakali mutaxassislarni taklif etish yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Akademiya hududida joylashgan &#171;Konrad Adenauer&#187;, O&#8217;zbekiston Respublikasi &#171;Ustoz&#187; jamg&#8217;armalari, tasis, jurnalistlarni qayta tayyorlovchi xalqaro jamoatchilik markazi kabi tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik o&#8217;rnatilgan. Akademiyaga tinglovchilarni qabul komissiyasi qabul qiladi. Mutaxassislar tayyorlash manfaatdor korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda alohida shaxslar bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Boshqa davlatlar fuqarolari ham shartnomaga binoan o&#8217;qitiladi. Akademiya huzurida ilmiy tadqiqot va o&#8217;quv-usuliy muassasasi \u2014 O&#8217;zbekistonning yangi tarixi markazi tashkil qilingan (1996 yil sentabr). Markaz 3 jildli (&#171;Turkiston chor mustamlakachiligi davrida&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida&#187;, &#171;mustaqil O&#8217;zbekiston tarixi&#187;) O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, &#171;O&#8217;zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti&#187; kitoblarini tayyorlab, chop ettirdi (2000). Akademiya nashriyoti ilmiy, ilmiy ommabop va boshqa turdagi nashrlarni, &#171;Jamiyat va boshqaruv&#187; jurnalni chop etadi, har 3 oyda bir marta axborot byulletenini chiqaradi. Akademiyaning 25 mingdan ortiq adabiyotlar b-n ta&#8217;minlangan zamonaviy kutubxonasi, kompyuter markazi, mehmonxonasi, tibbiyot bo&#8217;limi, restoran, sport, trenajer zallari bor. Rustam Jumaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI AKADEMIYASI, O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi \u2014 rahbar xodimlarni tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi, ular malakasini oshiruvchi o&#8217;quv-usuliy va ilmiy markaz. O&#8217;zbekiston Respublikasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/davlat-va-jamiyat-qurilishi-akademiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-22549","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22549","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22549"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22549\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22555,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22549\/revisions\/22555"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22549"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22549"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22549"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}