{"id":22702,"date":"2022-03-29T10:15:55","date_gmt":"2022-03-29T07:15:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22702"},"modified":"2022-03-29T10:15:55","modified_gmt":"2022-03-29T07:15:55","slug":"iordaniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/iordaniya\/","title":{"rendered":"Iordaniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Iordaniya Hoshimiylar podshohligi. Poytaxti \u2014 Amman. Hududi \u2013 89,4 ming km.kv. Aholisi \u2013 6,2 mln kishidan ortiq (2012). Tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom davlat dini hisoblana\u00addi. Pul birligi \u2014 iordan dinori.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Iordaniya Yaqin sharqda Osiyoning g\u2018arbiy qismida joylashgan. Iordaniya sharqda va janubda Saudiya Axabistoni (chegara uzunligi \u2014 728 km), sharqda Iroq (181 km), g\u2018arbda Isroil (238 km ) va Falastin (97 km), shimolda Suriya (375 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1619 km. Iordaniya ma\u2019muriy jihatdan 12 muhofazat (viloyat)ga bo\u2018linadi. Iordaniya- ning aksar qismi sharqdan g\u2018arbga tomon balandlashib boradigan yassitog\u2018liklardan iborat. Janubdagi Ram tog\u2018i Iordaniyaning eng baland nuqtasi (1764 m). Mamlakatning g\u2018arbiy qismida meridian chizig\u2018iga parallel holda yo\u2018nalgan chuqur botiq voha \u2014 Hor (Al-Hor) va uning davomi Vodiy al-Arab joylashgan. Hor mintaqasida Iordan daryosi vodiysi va 0\u2018lik dengiz o\u2018rin olgan. Bu mintaqaning har ikki tomonida Suriya-Falastin tog\u2018lari qad rostlab turadi. Yirik shaharlari: Ommon, Az-Zarqa, Irbid, Al-Xalil.\u00a0 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Iordaniya \u2014 Konstitutsion monarxiya. \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a01952-yil 8-yanvarda qabul qilingan konstitutsiyaga amal qiladi. Davlat boshlig\u2018i \u2014 Malik (podshoh) bo\u2018lib, u qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat podshoh va Millat majlisi (parlament): u Senat va deputatlar palatasidan iborat. Senatni podshoh 4 yilga tayinlaydi. Deputatlar palatasi to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri va ovoz berish yo\u2018li bilan 4 yilga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni podshoh o\u2018zi ta\u2019minlaydigan hukumat \u2014 Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi va transport kommunikatsiyalari.\u00a0Iordaniya iqtisodiyotida xizmat ko\u2018rsatish, sanoat, qishloq xo\u2018jaligi va sayyohlik sohalari rivojlanmoqda. Iordaniya fosfat va ishqor (potash), mis va marganes zaxiralariga va unchalik yirik bo\u2018lmagan neft konlariga ega. Konchilik, energetika, to\u2018qimachilik sanoatlari rivojlangan. Iqtisodiyotida konchilik sanoati muhim ahamiyatga ega. Fosforit eksporti bo\u2018yicha dunyoda uchinchi o\u2018rinda turadi. Mamlakat mineral tuzlarga ham boy. Shuningdek, brom, magniy oksidi ham qazib olinadi. Mis rudasi, marganes, uran, temir rudasi ham bor. Bulardan tashqari, Iordaniya yerlari kaolin, gips, ohaktosh, kvarsli qumlar, dolomit, bentonit, dala shpati konlariga ham boydir. Iordaniyada sovutgich, gaz plitalar, akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavodlar, qurilish mollari, mebel korxonalari bor. Dori-darmon, sigareta, kulolchilik buyumlari, poyabzal, to\u2018qimachilik mollari ham ishlab chiqariladi.\u00a0 Qishloq xo\u2018jaligi iqtisodiyotda yuqori mavqega ega emas. Mamlakat hududining atigi 5-6% i haydaladigan yerlardir. Chorvachilik oqsoq tarmoq hisoblanadi. Asosan qoramol, qo\u2018y va echki boqiladi. (Yem-xashak yetishmaydi, yaylovlar kam.)\u00a0 Iordaniya chetga asosan fosfat, fosfatli va kaliyli o\u2018g\u2018itlar, ishqor, sement, marmar, akkumulyatorlar, to\u2018qimachilik buyumlari, parafin, lok bo\u2018yoqlar, tozalash moddalari, qandolatchilik mahsulotlari, kimyoviy mollar chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, go\u2018sht, sut mahsulotlari olinadi. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 arab davlatlari, AQSH, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston.Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 619 km. Avtomobil yo\u2018llarining uzunligi \u2014 7500 km. Asosiy porti \u2014 Akaba.\u00a0 Tarixi.\u00a0Hozirgi Iordaniya hududida dastlab kananeylarning somiy qabilalari yashagan. M.a. bir ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya podsholiklari tarkibida bo\u2018lgan. \u041c. a. I ming yillik oxirida qadimgi arab davlati \u2014 Nabateya podsholigi vujudga keldi. Iordaniya milodiy II asrning 30-yillaridan Rim, IV asrdan Vizantiya imperiyasi, VII asrdan Arab xalifaligi qo\u2018l ostida bo\u2018ldi. XI-XV asrlarda salibchilar, saljuqiylar, Misr mamluklari bostirib kirdi. X asrning boshidan 1918-yilgacha Usmonli turk imperiyasi tarkibida bo\u2018ldi. Mamlakat birinchi jahon urushi davrida arab qo\u2018zg\u2018olonchi va vatanparvarlari tomonidan ozod qilindi. So\u2018ng Suriya hududi bilan birga amir Faysal qo\u2018l ostiga o\u2018tdi. 1920-yilda Britaniya mandatidagi Falastinga qo\u2018shildi. 1921-yilda Iordan daryosining sharqiy qismida hoshimiylar sulolasidan bo\u2018lgan amir Abdulloh rahbarligida Transiordaniya amirligi tashkil topdi. Amirlik ustidan Angliya nazorati o\u2018rnatildi. 1946-yil 25-mayda Transiordaniya Iordaniya nomi bilan mustaqil davlat, amir Abdulloh (2004-yil vafot etgan) esa uning podshohi deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Iordaniya Hoshimiylar podshohligi. Poytaxti \u2014 Amman. Hududi \u2013 89,4 ming km.kv. Aholisi \u2013 6,2 mln kishidan ortiq (2012). Tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom davlat dini hisoblana\u00addi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/iordaniya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22702","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22702","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22702"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22702\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22710,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22702\/revisions\/22710"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22702"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22702"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22702"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}