{"id":22716,"date":"2022-03-29T10:24:00","date_gmt":"2022-03-29T07:24:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22716"},"modified":"2022-03-29T10:24:01","modified_gmt":"2022-03-29T07:24:01","slug":"laos","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/laos\/","title":{"rendered":"Laos"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Laos Xalq Demokratik Respublikasi (LXDR). Poytaxti \u2014 Vyentyan. Hududi \u2013 237 ming km.kv. Aholisi \u2013 6,2 mln kishidan ortiq (2012-yil). \u00a0Davlat tili \u2014 laos. Dini \u2014 buddizm. Pul birligi \u2014 kip.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubi sharqiy Osiyoda joylashgan. Janubda Kambodja (chegara uzunli\u00adgi \u2014 541 km), g\u2018arbda Tailand (1754 km), sharqda va shimolda Vyetnam (2130 km), shimolda Xitoy (423 km), shimoli g\u2018arbda Myanma (235 km) davlatlari bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi \u2014 5083 km.\u00a0 Hududining katta qismi tog\u2018li; shimolida va sharqida Annamita va Chiongshon tog\u2018lari, janubi va g\u2018arbida Mekong daryosi vodiysi bilan pasttekisliklar joylashgan. Tabiiy foydali qazilma boyliklardan \u2014 mis, temir, qo\u2018rg\u2018oshin, qimmatbaho toshlar, oltin ko\u2018proq uchraydi. Iqlimi \u2014 mussonli subekvatorial.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzumi \u2014 respublika. Mamlakat 16 ta kxveng (provinsiya) dan tashkil topgan. Laos 1953-yil oktabrda mustaqillikka erishgan (ilgari Fransiya mustamlakasi bo\u2018lgan). LXDR e\u2019lon qilingan kun \u2014 2-dekabr milliy bayram sifatida bishonlanadi. Ijroiya hokimiyat prezident (davlat boshlig\u2018i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Yagona siyosiy partiyasi: Laos xalq inqilobiy partiyasi.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Laos hukumati markazlashgan rejali iqtisodiyot davridan so\u2018ng oxirgi yillarda xususiy sektorni rivojlantirish siyosatini rag\u2018batlantirmoqda. Biroq Laos hali ham dunyoning qoloq davlatlaridan biri bo\u2018lib qolmoqda. Ishlab chiqarish asosan sanoatning yengil, oziq-ovqat, yog\u2018ochni qayta ishlash sohalari bilan cheklangan. Qo\u2018rg\u2018oshin qazib olish yo\u2018lga qo\u2018yilmoqda. Agrar sohada (YIM 60%) mehnatga layoqatli aholining katta qismi band. Qishloq xo\u2019jaligida yetishtiriladigan asosiy ekin \u2014 sholi (ekin maydonlarining 90%i), shuningdek, makkajo\u2018xori, paxta, tamaki, qahva va soya yetishtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Asosiy savdo hamkorlari: Tailand, Malayziya, Vyetnam, Yaponiya, Fransiya, AQSH.&nbsp; Temiryo\u2018llari mavjud emas, avtomobil yo\u2018llarining umumiy uzunligi 14130 km ni (60 km qattiq qoplamali), ichki suv yoilari 4500 km ni tashkil etadi.&nbsp; Tarixi.&nbsp;1353-yili hozirgi Laos hududida Lansang qirolligiga asos solingan bo\u2018lib, u XVI asrga kelib o\u2018z hududini sezilarli darajada kengaytirgan edi. XVI asr oxirlariga kelib Birmaning vassaliga aylangan Lansang tez orada ikki qirollik \u2014 Vyentyan va Luangprabangga bo\u2018linib ketdi. 1893-yili Fransiya Laosning ichki ishlari- ga aralashib, uni o\u2018zining protektorati deb e\u2019lon qildi. Laos yapon bosqinchilaridan ozod qilinganidan so\u2018ng (1942-1945) mamlakatda fransuzlarga qarshi Lao Issor (Ozod Laos) harakati boshlanib ketdi. Bu qo\u2018zg\u2018olon 1946-yili mamlakatga jo\u2018natilgan ekspeditsion korpus tomonidan bostirildi. 1949-yili o\u2018z-o\u2018zini boshqarish huquqini qo\u2018lga kiritgan Laos 1955-yili mustaqil davlat bo\u2018ldi. 1959-yildan boshlab mamlakatda turli siyosiy guruhlar o\u2018rtasida jiddiy mojarolar boshlandi. Bu mojarolar 1973-yili Laosda monarxiyaning ag\u2018darilishi va Laos Xalq Demokratik Respublikasining e\u2019lon qilinishi bilan yakunlandi. 80-yillar oxiridan boshlab mamlakat iqtisodiyotini va siyosiy hayotini liberallashtirish boshlandi. 1991-yilda esa Laosning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Laos Xalq Demokratik Respublikasi (LXDR). Poytaxti \u2014 Vyentyan. Hududi \u2013 237 ming km.kv. Aholisi \u2013 6,2 mln kishidan ortiq (2012-yil). \u00a0Davlat tili \u2014 laos. Dini \u2014 buddizm. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/laos\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22716","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22716","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22716"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22716\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22726,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22716\/revisions\/22726"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22716"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22716"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22716"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}