{"id":22722,"date":"2022-03-29T10:25:37","date_gmt":"2022-03-29T07:25:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22722"},"modified":"2022-03-29T10:25:38","modified_gmt":"2022-03-29T07:25:38","slug":"pokiston","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pokiston\/","title":{"rendered":"Pokiston"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Pokiston Islom Respublikasi. Poytaxti \u2014 Islomobod. Hududi \u2013 796,1 ming km.kv. Aholisi \u2013 193,2 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 urdu va ingliz. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 Pokiston rupiyasi.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubiy Osiyodagi davlat. Sharqda, shimoli sharqda va janubi sharqda Hindiston (chegara uzunligi 2912 km), shimol- da Afg\u2019oniston (2430 km), g\u2019arbda Eron (909 km) davlatlari bilan chegaradosh. Mamlakatning janubiy qismi Arabiston dengizi bilan tutashib ketgan. Quruqlikdagi chegaralarining umumiy uzunligi \u2014 6251 km, qirg\u2019oq chizig\u2018i uzunligi \u2014 1046 km. Pokiston Hindistonning Jammu va Kashmir viloyatlari xususida qo\u2019shni davlat Hindiston bilan kurash olib bormoqda. Sharqda va janubi sharqda Hind daryosi havzasining tekisliklari joylashgan. Shimolda va shimoli g\u2018arbda Himolay tog\u2018i tik qoyalari hamda balandligi 7690 m bo\u2018lgan Hindiqush tog\u2018 tizmasi yastanib yotibdi. Mamlakatning g\u2018arbiy qismini Sulaymon, Tabakakar, Makron, Kirtxor tog\u2018 tizmalari bilan Belujiston yassitog\u2019ligi egallagan. Asosiy daryosi Hind va uning irmoqlari. Pokiston tabiiy gazning salmoqli zaxiralariga ega bo\u2018lib, foydali qazilmalardan mis, neft, ko\u2019mir, temir rudasi ham qazib olinadi.\u00a0Iqlimi \u2014 musson, mamlakat hududining katta qismida tropik-kontinental. 0\u2018simliklar dunyosi birmuncha boy hisoblanadi. Hayvonot dunyosida yirik sut emizuvchi hayvonlar ko\u2018p emas. Tabiatiga yovvoyi tog` echkilari, to\u2018ng\u2018izlar va yowoyi qo\u2019ylar hamda tekisliklarda yovvoyi eshaklar xos. Maymunlar ko\u2018p, sirtlonlar ham uchrab turadi, bundan tashqari belujiston tulkisi, qashqirlar va shoqollar keng tarqalgan. Qushlardan \u2014 burgut, tustovuq, to\u2018tilar ham ko\u2018p.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezidentlik respublikasi. Mamlakat tarkibiga 4 ta provinsiya (Belujiston, Shimoli g\u2018arbiy Chegara, Panjob, Sindx), qabilalar hududi va poytaxt Federal hududi kiradi. Pokiston boshqaruvidagi Jammu va Kashmir nizoli hududlari o\u2018z ichiga Ozod Kashmir hamda Shimoliy maydonlarini qamrab oladi. 1947-yil 14-avgustda Pokiston davlat mustaqilligini qo\u2018lga kiritdi (ilgari ingliz mustamlakasi \u2014 G\u2018arbiy Pokiston). Milliy bayramlari: 14-avgust \u2014 Mustaqillik kuni va 23-mart \u2014 Pokiston kuni. Ijro etuvchi hokimiyat prezidentga (davlat boshlig\u2018i) va premyer-ininistr boshchiligidagi hukumatga tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 prezident, ikki palatali parlament (Senat va Milliy Assambleya) tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy par\u00adtiyalari: Pokiston musulmon ligasi, Jamoat-ul-Islomiya, Pokiston xalq partiyasi, Milliy xalq partiyalari, Pokiston sotsialistik partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Pokiston so\u2018nggi yillarda iqtisodni liberallashtirish, bir qator davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarishni o\u2018z ichiga kiritgan dastumi amalga oshirib kelmoqda. Hukumatning sa\u2019y-harakatlari chet el hamda ichki investitsiyalar salmog\u2018ini oshirishga qaratilgan. Ishlab chiqarish tarmog\u2018ida asosan to\u2018qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo\u2018ja!igining asosiy mahsulotlari paxta, sholi (asosiy eksport mahsulotlari), bug\u2018doy, qand lavlagi, meva va poliz ekinlari mahsulotlari. Chorvachilik ham rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Yaponiya, Gonkong, Germaniya, Buyuk Britaniya. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 8773 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 101315 km, port shaharlari \u2014 Gvadar, Karachi.&nbsp;Tarixi.&nbsp;Zamonaviy Pokiston hududida m. a. 3-2-ming yilliklarda dunyodagi eng qadimgilardan biri hisoblangan Xarappa sivilizatsiyasi mavjud bo\u2019lgan. M.a. 1500-yilda Hind sivilizatsiyasini tashkil qilgan oriy qabilalari, mamlakatning forslar tomonidan bosib olinguniga qadar bo\u2019lgan Pokiston tarixi hamda m. a. VI asrgacha boigan Hindiston tarixi bilan chambarchas bog\u2018liqdir. \u041c. a. IV asrda Pokiston Buyuk Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn) imperiyasi tarkibiga kirgan. Zamonaviy Pokiston hududida islom dini VI11 asrda tarqala boshladi. Temuriylar, Bobur Mirzo va uning avlodlari (1526- 1857-yy.) davrida esa Shimoliy Hindistonning musulmon hukmdorlari boshqaruvi hind knyazliklarining katta qismiga tarqaldi. XIX asrda zamonaviy Hindiston hududi ingliz qo\u2018shinlari tomonidan bosib olinib, Britan Hindistoni mustamlakasi tarkibiga kirdi. 1885-yilda hindlar tomonidan Hindiston Milliy Kongressini tashkil etish jarayoniga qo\u2018yilmagan musulmonlar 1940-yilda avtonom musul\u00admon davlatini tashkil etish talabi bilan chiqqan va o\u2018zlarining Hind musulmonlari ligasini tashkil qilishgan. 1947-yilda Hindiston mustaqillikka erishgandan so\u2019ng Pokiston davlati shu yili tashkil etilib, 1956-yilda esa yangi qabul qilingan konstitutsiyasiga asosan Pokiston Islom Respublikasi deb e\u2019lon qilindi. Pokiston va Hindiston o\u2018rtasida qurolli to\u2019qnashuvlar boshlandi. 1965- va 1971-yillarda hind qurolli kuchlari Pokistonning sharqiy qismini ishg\u2019ol qilganidan so\u2018ng, 1974- yilda shu hududda mustaqil Bangladesh davlati tashkil etildi. Shu bilan birga Pokiston Hindiston bilan Jammu va Kashmir shtatlari xususida ham bahs olib bormoqda. 1977-vilda harbiy to\u2019ntarish oqibatida mamlakatda hokimiyat tepasiga general Ziyo ul-haq keldi. Ziyo ul-haq vafotidan so\u2018ng 1988-yilda Pokistonda erkin parlament saylovlari o\u2018tkazilib, ularda Benazir Bxutto boshchiligidagi Xalq Partiyasi g\u2019alaba qozondi. 1990- yilda mamlakat prezidenti Is\u2019hoq Xon muddatidan ilgari parlament saylovlarini belgilab, unda Islom demokratik alyansi g\u2019alaba qozondi. 2007-yil dekabrida Benazir Bxutto terroristik harakat natijasida fojiali halok bo`lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Pokiston Islom Respublikasi. Poytaxti \u2014 Islomobod. Hududi \u2013 796,1 ming km.kv. Aholisi \u2013 193,2 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 urdu va ingliz. Dini \u2014 islom. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pokiston\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22722","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22722","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22722"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22722\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22733,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22722\/revisions\/22733"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22722"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22722"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22722"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}