{"id":22723,"date":"2022-03-29T10:25:54","date_gmt":"2022-03-29T07:25:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22723"},"modified":"2022-03-29T10:25:55","modified_gmt":"2022-03-29T07:25:55","slug":"saudiya-arabistoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/saudiya-arabistoni\/","title":{"rendered":"Saudiya Arabistoni"},"content":{"rendered":"\n<p>\u00a0Rasmiy nomi\u00a0\u2014\u00a0Saudiya Arabistoni Qirolligi. Poytaxti \u2014 Er-Riyod. Hududi \u2014 2200000 km.kv. Aholisi\u00a0\u2013\u00a028 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili\u00a0\u2014\u00a0arab. Dini\u00a0\u2014\u00a0islom. Pul birligi \u2014 Saudiya riali.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Bu davlat Janubi g\u2018arbiy Osiyoda Arabiston yarimorolida joylash\u00adgan. Janubda Yaman (chegara uzunligi 1458 km), shimolda \u2014 Iroq (814 km), Iordaniya (728 km) va Quvayt (222 km), janubi sharqda Ummon (676 km) va Birlashgan Arab Amirliklari (457 km), sharqda Qatar bilan (60 km) chegaradosh. G\u2018arbda mamlakat Qizil dengiz va Akaba qo\u2018ltig\u2018i hamda sharqda Fors qo\u2018ltig\u2018i bilan tutashib ketgan. Chegaralarining umumiy uzunli\u00adgi \u2014 4415 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 640 km. Mamlakat hududi asosan sahrodan iborat. Qirg\u2018oq bo\u2018ylab torgina vodiylar joylashgan. Janubi g\u2018arbida uncha katta bo\u2018lmagan tog1\u00a0tizmalari bor. Mamlakatning eng baland nuqtasi \u2014 Daka cho\u2018qqisi (3353 m). Shimolda Suriya cho\u2018lining bir qismi joylash\u00adgan. Mamlakatning janubi sharqiy qismini Katta sahro (Rub-el-Xali) egallagan. Mamlakatning suv resurslari juda kam. Hududining markaziy qismidagi bir necha daryolar yozga borib qurib qoladi. Mamlakat hududida boy neft, tabiiy gaz konlari mavjud, shuningdek, temir rudasi, mis, oltin ham bor. Ishlov beriladigan yerlar hududining faqatgina bir foizini egallaydi, o\u2018tloq va yaylovlar 39% qismida joylashgan.\u00a0 Iqlimi \u2014 kontinental, subtropik va tropik. O\u2018simliklari asosan yarim sahro va sahro xarakteriga ega. Qishki, bahorgi yomg\u2018irlar davrida yowoyi achchiq tarvuzlar, astragal, saksovullar o\u2018sadi. Tal va sudr deb ataluvchi yolg\u2019iz daraxtlar onda-sonda uchraydi. Mamlakatning hayvonot dunyosi ancha xilma-xil. Bo\u2018ri, shoqol, fenek tulkisi, qum kiyigi, nubiya tog` echkisi uchraydi. Kemiruvchi va sudraluvchilar \u2014 kichik bo\u2018g\u2018ma ilonlar, efa, agama va kaltakesaklar ko\u2018p. Qushlar olami ham boy: burgutlar, kalxatlar, griflar, sapsan \u2014 yirtqichlar serob. Qirg\u2018oq pasttekisliklari chigirtkalar ko\u2018payish makonidir. Qizil dengizda va Fors qoitig\u2018ida marjonlarning 2000 dan ziyod turi bor, ayniqsa, qora maijonlar qimmat baholanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 mutlaq teokratik monarxiya. Mamlakat tar\u00adkibiga 13 ta viloyat kiradi. Saudiya Arabistoni 1932- yilning 23-sentabrida mustaqil davlat bo\u2018lgan (milliy bayrami \u2014 Qirollik e\u2019lon qilingan kun). Qonunchilik islom dini qonunlariga asoslangan. Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 qirol.&nbsp; Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Iqtisodiyotining asosiy sohasi \u2014 neft qazib chiqaruvchi sanoat (YIMning 35%ini va amalda eksportdan keladi- gan daromadlarning hammasini tashkil qiladi). Dunyoda neftning eng katta zaxirasiga ega. Saudiya Arabistoni neftning eng yirik eksportchisi hisoblanadi va OPEKda yetakchi rol o\u2018ynaydi. Qishloq xo\u2018jaligi juda tez rivojlanmoqda (YIM \u2014 10%), asosiy qishloq xo\u2018jalik ekinlari: bug\u2018doy, arpa, sitrus, xurmo (xurmo yetishtirish bo\u2018yicha jahonda ikkinchi o\u2018rinda). Makka shahri butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi, chunki bu yerda islom dinining asoschisi Muhammad payg\u2018ambar dunyoga kelgan. Zam-zam qudug\u2018i va Ibrohimga avliyo Jabroil tomonidan sovg\u2018a qilingan qora tosh ham muqaddas hisoblanadi va ular ham shu shaharda joylashgan. Haram (Baytulloh) masjidi ham qadimiy, muqaddas Ka\u2019ba atrofida qurilgan. Madinadagi Muhammad (s.a.v.) payg\u2018ambar qabri musulmonlar uchun Ka\u2019badan keyin ikkinchi muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi. Eng muhim savdo hamkorlari: AQSH, Angliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya.&nbsp; Temiryo`llarining umumiy uzunligi \u2014 886 km, avtomobil yo\u2018llarining uzunligi \u2014 74000 km (qattiq qoplamali yo\u2018llari \u2014 35000 km). Mamlakatning asosiy portlari: Jidda, Ras-Tannura, Yanbu.&nbsp;Tarixi.&nbsp;Hozirgi Saudiya Arabistoni hududiga arab chorvador qabilalari m. a. IX asrdan boshlab o\u2018rnashganlar. Arabiston yarimorolining shimoliy qismini egallagan qabilalar yahudiy, bobil va fors madaniyati ta\u2019sirida bo\u2018lgan bir paytda Arabistonning janubidagi qabilalar o\u2018zlarining alohida madaniyatini yaratdilar. 570-yili Makkada payg\u2018ambar deb e\u2019lon qilingan va barcha arab qabilalarini yangi, musulmon davlati Madinaga birlashtirgan Muhammad (s.a.v.) dunyoga keldi. Muhammad (s.a.v.) payg\u2018ambarning izdoshlari bo\u2019lgan xalifalar VII asrda islom dinini Yaqin Sharqqa va Misrga tarqatdilar. VIII asrda esa yangi din Osiyoning kattagina qismi va Shimoliy Afrikaga tarqaldi. Bog\u2018dod xalifaligi paydo bo\u2018lgandan keyin Saudiya Arabistonining roli sezilarli darajada pasaydi, ammo Makka musulmonlarining diniy markazi bo\u2018lib qolaverdi. XIII asrda hozirgi Saudiya Arabistoni hududi Misr mamluklari hukmronligi ostida qoldi. 1517-yili esa Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirdi. XIX asr boshlariga kelib Saudiya Arabistonida vahobiylar davlati tashkil topdi va mustaqil davlat deb e\u2019lon qilindi. Tez orada vahobiylar Misr askarlari tomonidan yarim-orolning markaziy qismiga siqib qo\u2018yildilar, ammo XX asming boshlariga kelib vahobiylarning yetakchisi Ibn Saudning qo\u2019shinlari mamlakat\u00adning qariyb barcha hududida o\u2018z nazoratlarini o\u2018rnatdilar, 1932-yili esa Ibn Saud Saudiya Arabistoni qirolligi tuzilganligini e\u2019lon qildi. 1982-yili shahzoda Faxd taxtga chiqdi va u Fors qo\u2018ltig\u2018idagi mojarolar paytida mamlakat hududiga Iroqqa qarshi ittifoq qo\u2018shinlarini joylashtirishga ruxsat berdi. Ular esa bu yerdan 1991-yilning yanvarida Quvaytni ozod qilish bo\u2018yicha harakatlarini boshlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0Rasmiy nomi\u00a0\u2014\u00a0Saudiya Arabistoni Qirolligi. Poytaxti \u2014 Er-Riyod. Hududi \u2014 2200000 km.kv. Aholisi\u00a0\u2013\u00a028 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili\u00a0\u2014\u00a0arab. Dini\u00a0\u2014\u00a0islom. Pul birligi \u2014 Saudiya riali.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Bu davlat Janubi g\u2018arbiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/saudiya-arabistoni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22723","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22723","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22723"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22723\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22734,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22723\/revisions\/22734"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22723"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22723"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22723"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}