{"id":22724,"date":"2022-03-29T10:26:08","date_gmt":"2022-03-29T07:26:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22724"},"modified":"2022-03-29T10:26:09","modified_gmt":"2022-03-29T07:26:09","slug":"singapur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/singapur\/","title":{"rendered":"Singapur"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi &#8212; Singapur Respublikasi. Poy\u00adtaxti &#8212; Singapur. Hududi &#8212; 622 km.kv. Davlat tili &#8212; ingliz, xitoy (mandarin lahjasi), malay, tamil. Dini &#8212; buddaviylik (30%), xristianlik (20%), islom (18%), induizm, taoizm, konfutsiylik (15%). Pul birligi &#8212; singapur dollari.<br><strong>Geografik joylashuvi va tabiati.<\/strong>\u00a0Mamlakat Singapur oroli va 50 dan ziyod kichik orollarda joylash\u00adgan Janubi sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur oroli Malay yarimorolidan Joxor bo\u2018g\u2018ozi, Sumatra orolidan Singapur bo\u2018g\u2018ozi bilan ajratilib turadi. Qirg\u2019oq bo\u2018ylab chegara uzunligi &#8212; 193 km. Mamlakat landshafti &#8212; pasttekisliklar. Markazda tepaliklar joylashgan. Asosiy milliy boyligi &#8212; baliq. Iqlimi mussonli, ekvatorial. 0\u2018simliklar asosan tropik o\u2019rmonlar qoldiqlaridan iborat, qirg\u2018oq bo\u2018ylarida mango changalzorlari bor. Orollarda paporotniklar va bambuklarning juda ko\u2018p xillari mavjud, orxideyalaming ko\u2018pligi hayratga soladi. Singapur faunasi, eng avvalo, qushlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Sutemizuvchilardan maymunlar va noyob jonzotlar &#8212; lemurlar yashaydilar.<br><strong>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.<\/strong>\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Malayziyadan mustaqilligini 1965-yil 9-avgustda qo\u2018lga kiritgan (Milliy bayrami \u2014 Respublika Milliy kuni). Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyati prezidentga (davlat boshlig\u2018i) va Bosh vazirga (hukumat boshlig\u2018i) tegishli. Qonunchilik bir palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yigirmata siyosiy partiyalardan eng yirigi Xalq harakati partiyasi (XHP) bo\u2019lib, u mustaqil- likni qo\u2018lga kiritgandan buyon hukmron partiya hisoblanadi.<br><strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0<\/strong>Singapurda sanoat, ayniqsa elektronika va kemasozlik sohalari yaxshi rivojlangan. Singapur \u2014 jahonning eng yirik savdo portlaridan biridir. Qishloq xo\u2018jaligida asosan kauchuk yetishtiriladi. Kauchuk Singapurning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Malayziya, Yaponiya, Gonkong. Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi &#8212; 38 km. Avtomobil yo\u2019llari uzunligi &#8212; 2597 km.<br><strong>Tarixi.<\/strong>\u00a0XIV asrgacha bugungi Singapur hududlari Shri-Vidjaya imperiyasi tarkibiga kirgan. Undan so\u2018ng Majapa Xit podsholigi tomonidan bosib olingan. XIV asrda bu yerlarning Malakka sultonligi o\u2018z mulkiga aylantirgan. 1819-yil ingliz Tomas Reflz bu hududlarni sulton Johordan sotib olib Singapur shahriga asos solgan. Shundan so\u2018ng Singapur Britaniya mustamlakachilik siyosatining asosiy tayanch nuqtalaridan biriga aylandi. II jahon urushi yillarida mamlakat yapon bosqinchilari tomonidan bosib olindi. Urushdan so\u2018ng Singapur Britaniya mustamlakasi bo\u2018lib qolaverdi. 1959-yil muxtoriyat huquqini oldi. 1965-yil avgustida Singapur o\u2018zini mustaqil respublika deb e\u2019lon qildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi &#8212; Singapur Respublikasi. Poy\u00adtaxti &#8212; Singapur. Hududi &#8212; 622 km.kv. Davlat tili &#8212; ingliz, xitoy (mandarin lahjasi), malay, tamil. Dini &#8212; buddaviylik (30%), xristianlik (20%), islom (18%), induizm, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/singapur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22724","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22724","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22724"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22724\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22735,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22724\/revisions\/22735"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22724"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22724"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22724"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}