{"id":22739,"date":"2022-03-29T10:32:27","date_gmt":"2022-03-29T07:32:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22739"},"modified":"2022-03-29T10:32:28","modified_gmt":"2022-03-29T07:32:28","slug":"turkiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turkiya\/","title":{"rendered":"Turkiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Turkiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Anqara. Hududi \u2014 779452 km.kv. Aholisi \u2013 81 mln kishidan ortiq (2012yil). Davlat tili \u2014 turk. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 turk lirasi.\u00a0 \u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubi g\u2018arbiy Osiyo (hududining katta qismi) va Janubi shar\u00adqiy Yevropada joylashgan davlat. Mamlakatning Yevropa va Osiyodagi hududlarini bir-biridan Bosfor, Dardanell bo\u2018g\u2018ozlari hamda Marmar dengizi ajratib turadi. Janubda Suriya (chegaraning uzunligi \u2014 822 km) va Iroq (331 km), sharqda Eron (499 km), shimoli-sharqda Armaniston (268 km), Gruziya (252 km), Ozarbayjon (Naxichevan viloyati \u2014 9 km), shimoli g\u2019arbda Bolgariya (240 km) va Gretsiya (206 km) bilan chegaradosh. Shimolda Qora dengiz, g\u2019arbda va janubi g\u2018arbda O\u2019rtayer dengizi joylashgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 2627 km. Sohil bo\u2019ylab chegara uzunligi \u2014 7200 km. Hududining katta qismini Kichik Osiyo va Armon tog\u2018liklari egallagan. Mamlakatning eng baland cho\u2019qqisi Katta Ararat tog\u2019idir (5165 km). Mamlakatning markaziy qismida Anatoliya yassitog\u2018ligi, janubda Tavr tog\u2018lari, shimolda Pont togiari joylashgan. Asosiy daryolari: Frot, Dajla, Qizil Irmoq. Yirik ko\u2018llari: Van, Tuz (sho\u2018r koilar). Turkiyada ko\u2019mir, temir rudasi, xrom, mis konlari bor. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 30% ini, o\u2018rmon va to\u2019qaylar 26% ini, yaylov va o\u2019tloqlar 12% ni tashkil etadi.\u00a0Iqlimi \u2014 subtropik, g\u2019arbiy va janubiy sohillari O\u2018rtayer dengizi iqlimiga xos, mamlakat ichkarisida kontinental. Turkiyaning florasi boy bo\u2018lib, unda o\u2018simliklarning 6700 turi uchraydi. Shularning uchdan bir qismi Turkiya hududidan boshqa joyda uchramaydi Ohu, to\u2018ng\u2018iz, qoplon, ayiq, bo\u2018rsiq, muflon, kemiruvchilar, Kichik Osiyo qora iloni, O\u2018rtayer dengizi toshbaqasi, kaltakesak, agamalar hayvonot dunyosining asosini tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat tarkibiga 75 ta viloyat kiradi. 1923-yilning 29-oktabridan respublika hisoblanadi (avval \u2014 Usmoniylar imperiyasi). 29-oktabr milliy bayrami \u2014 Respublika e\u2019lon qilingan kun. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig\u2019i), Prezident Kengashi va Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament Buyuk millat majlisi amalga oshiradi. Yirik siyosiy partiyalari: To\u2019g\u2019ri yo\u2018l partiyasi, Sotsial-demokratik xalq partiyasi, Vatan partiyasi.&nbsp; Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Turkiya hozirgi kunda iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga kiradi. Sanoatining rivojlangan tarmoqlari: tog\u2018-kon (ko\u2018mir, xromit, mis, bor), metallurgiya, neft, to\u2019qimachilik, oziq-ovqat, qurilish. Qishloq xo\u2018jaligida (YIM \u2014 18%) tamaki, paxta, donli o\u2019simliklar, dukkaklilar, sitruslar, qandlavlagi yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Turkiya oziq-ovqatga bo\u2018lgan ehtiyojini o\u2018zi qoplaydi. Turizm rivojlangan. Asosiy savdo sheriklari: Germaniya, AQSH. Rossiya, Buyuk Britaniya. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 8401 km, avtomobil yollari \u2014 49615, ichki suv yo\u2018llari \u2014 1200 km. Asosiy portlari: Istanbul, Izmir.&nbsp; &nbsp; Tarixi.&nbsp;Hozirgi Turkiya hududida m. a. 1900-yilda Xett davlati, m. a. XII asrda Frigiya, m. a. VII asrda Lidiya davlatlari vujudga keladi. \u041c. a. VI asrda bu hududlar forslar davlati, m. a. 333-yildan makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olinadi. \u041c. a. II asrda Rim imperiyasi tarkibiga kiradi. V asrda hozirgi Turkiya hududlari Vizantiya imperiyasi tarkibiga kiradi. XI asrda Turkiya hududlarini saljuqiylar egallab, Egey dengizidan Turkistongacha bo\u2018lgan hududlarda ulkan imperiya tashkil qilinadi. XIII asrning oxirida Saljuqlar davlati bir nechta kichik davlatlarga bo\u2019linib ketadi. XIV asrda Usmoniylar barcha kichik davlatlarni birlashtirishga erishadi. 1453-yilda Vizantiyaning poytaxti Konstan- tinopol (Istanbul) zabt etiladi. Sulaymon davrida (1520-1566) Usmoniylar Janubiy Yevropa, 0\u2018rta Sharq va Shimoliy Afrika (Marokashdan tashqari)ni bo\u2018ysundiradilar. XVII asrning boshlarida Usmoniylar davlati o\u2018z qudratini yo\u2018qota boshlaydi va Bolqon hamda Arabiston yarimorollaridagi ozodlik kurashlariga yetarli qarshilik ko\u2018rsata olmaydi. XIX asrning oxiri XX asr\u00adning boshlarida Usmoniylar imperiyasi hudud jihatidan ancha qisqaradi. I jahon urushidan so\u2018ng Usmoniylar davlati barcha mustamlakalaridan ayriladi. Sulton Mahmud VI tomonidan imzolangan Sevr shartnomasidan (1920) norozi boigan Mustafo Kamol 1918-yilda Turkiyaga bostirib kirgan yunon qo\u2018shinlariga qarshi kurashni boshlaydi. 1923-yilda Mustafo Kamol Otaturk Turkiyani Respublika deb e\u2019lon qiladi va 1938-yilga qadar mamlakatni boshqaradi. Ikkinchi jahon urushi davrida Turkiya o\u2018z neytralitetini e\u2019lon qiladi. 1959-yilda Kipr mojarosi natijasida turk-yunon munosabatlari yomonlashadi. 1974-yilda Turkiya qo\u2018shinlari tomoni\u00addan Kipr orolining bir qismi bosib olinishi ikki davlat o\u2019rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtiradi. Iqtisodiy inqirozlar natijasida 1971 va 1980-yillarda harbiylar hokimiyatni egallashadi. Hozirgi kunda Turkiya hukumatining asosiy muammolaridan biri mustaqil Kurdiston davlatini tuzishga harakat qilayotgan kurdlar masalasidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Turkiya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Anqara. Hududi \u2014 779452 km.kv. Aholisi \u2013 81 mln kishidan ortiq (2012yil). Davlat tili \u2014 turk. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 turk &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turkiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22739","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22739","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22739"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22739\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22751,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22739\/revisions\/22751"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22739"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22739"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22739"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}