{"id":22741,"date":"2022-03-29T10:32:54","date_gmt":"2022-03-29T07:32:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22741"},"modified":"2022-03-29T10:32:55","modified_gmt":"2022-03-29T07:32:55","slug":"ummon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ummon\/","title":{"rendered":"Ummon"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Ummon Sultonligi. Poytaxti\u00a0\u2014\u00a0Maskat. Hududi \u2013 309,5 ming km.kv. Aholisi\u00a0\u2013\u00a03,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 arab. Dini\u00a0\u2014\u00a0islom. Pul birligi \u2014 ummon riali.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Arabiston yarimorolida joylashgan. janubi g\u2019arbiy Osiyo davlati. G\u2018arbda Saudiya Arabistoni (chegara uzunligi 676 km), janubi g\u2019arbda Yaman (288 km) davlati bilan chegaradosh. Mamlakatning sharqiy va janubiy qirg\u2018oqlarini Arab dengizi suvlari, shimoliy qirg\u2019oqlarini Ummon ko\u2018rfazi suvlari yuvib turadi. Quruqlikdagi chegaralari- ning umumiy uzunligi 2092 km. Mamlakatning katta qismi tog\u2019li hududlardan iborat. Ummon ko\u2019rfazi qirg\u2019oqlari bo\u2019ylab Hojar tog\u2018i tik qoyalari yastanib yotibdi. Tog\u2019lar va Ummon ko\u2018rfazi o\u2018rtasida tor Al-Botina pasttekisligi joylashgan. Mamlakatning markaziy qismida Rub-al-Xoli qumli cho\u2019lining sharqiy chegarasi joylashgan. Ummon boy neft zaxiralariga ega bo\u2019lib, foydali qazilmalardan mis, xrom va tabiiy gaz ham qazib olinadi.\u00a0 Iqlimi \u2014 quruq cho\u2018l zonasi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 mutlaq monarxiya (sultonlik). Mamlakat tarkibiga 3 ta gubernatorlik (viloyat) \u2014 Maskat, Musondam, Zufar kiradi. Ummon 1650-yilda mustaqillikka erishgan (ilgari Portugaliya mustamlakasi). 18-noyabr amaldagi sultonning tug\u2019ilgan kuni milliy bayram sifati- da nishonlanadi. Qonunchilik islom qonunlari va ingliz umumiy huquqiga asoslangan bo\u2019lib, sulton Oliy sud instansiyasi hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig\u2019i sulton (sulton Qabus ibn Said ibn Teymur davlatni 1970-yil 23-iyuldan buyon boshqarib kelmoqda). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy yig\u2019in amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar taqiqlangan.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Mamlakat iqtisodi neftni qazib olish sanoatiga asoslan\u00adgan. Neft yalpi milliy mahsulotning 40% ga yaqin qismini, eksportdan tushadigan daromadlarning 20% dan ziyodrog\u2019ini tashkil qiladi. Qishloq xo\u2019jaligida, baliqchilikni kiritgan holda, mehnatga layoqatli aholining 60% i band. Asosiy qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari: xurmo, banan, chorvachilik ham rivojlangan. Yiliga 100 ming tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Singapur, AQSH.<\/p>\n\n\n\n<p>Avtomobil yo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 26000 km (shundan 6000 km asfalt yo\u2019llar). Port shahri \u2014 Maskat.&nbsp; Tarixi.&nbsp;M. a. 536-yili zamonaviy Ummon hududi forslar tomonidan bosib olingan edi. Yangi davr bosh- larida 0\u2018rtayer dengizi hamda Osiyo davlatlari o\u2019rtasidagi savdoning asosiy qismi Ummon orqali o\u2018tardi. VII asr o\u2018rtalarida Ummon mamlakatga islomni olib kirgan arablar tomonidan bosib olinadi. XVI asrda portugaliyaliklar Maskatni ishg\u2019ol qiladilar, biroq 1650-yilda mamlakatdan yevropaliklami haydab chiqarib, Ummon mustaqillikni qo\u2018lga kiritadi. 1741-yilda mamlakatdan eronlik bosqinchilarni quvib yuborgan Ahmad ibn Said avlodi 1733-yili Maskat sultonligiga asos soladi. Ibn Saidlar hozirgi kunlarda ham shu shaharlarda hukmronlik qilmoqdalar. 1798-yili Maskat va Buyuk Britaniya o\u2018rtasida do\u2018stlik, savdo hamda kema qatnovlari to\u2018g\u2018risidagi shartoma imzolangan. Bu shartnoma muddatlari 1891-yil hamda 1970-yillarda mamlakat rahbari \u00abUmmon sultoni\u00bb unvonini olganidan so\u2019ng ikki marotaba qayta uzaytirilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Ummon Sultonligi. Poytaxti\u00a0\u2014\u00a0Maskat. Hududi \u2013 309,5 ming km.kv. Aholisi\u00a0\u2013\u00a03,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 arab. Dini\u00a0\u2014\u00a0islom. Pul birligi \u2014 ummon riali.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Arabiston &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ummon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22741","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22741","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22741"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22741\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22753,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22741\/revisions\/22753"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22741"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22741"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22741"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}