{"id":22760,"date":"2022-03-29T10:37:44","date_gmt":"2022-03-29T07:37:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22760"},"modified":"2022-03-29T10:37:44","modified_gmt":"2022-03-29T07:37:44","slug":"yaponiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yaponiya\/","title":{"rendered":"Yaponiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Yaponiya. Poytaxti \u2014 Tokio. Hududi \u2013 376 ming km.kv.\u00a0\u00a0 \u00a0Aholisi \u2013 127 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 yapon. Dini \u2014 sintoizm, buddaviylik, xristianlik. Pul birligi \u2014 iyena.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi Xonsyu, Kyusyu, Xokkaydo, Sikoku va qator mayda orollarda (hammasi bo\u2018lib 3900 orol) joylashgan davlat. Sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 29751 km. Mamlakat landshafti tog\u2019lar va tekisliklardan iborat. Baland tog\u2018laming aksariyatida harakatdagi vulqonlar bo\u2019lib, mamlakatda hammasi bo\u2018lib 60 ta faol vulqonlar mavjud. Mamlakatning eng katta tekisligi \u2014 Kanto (Xonsyu o.). Eng uzun daryosi \u2014 Sinano (Xonsyu o.). Eng yirik ko\u2018li \u2014 Biva (672 km.kv). Asosiy tabiiy boyliklari: toshko\u2018mir, mis, qo\u2018rg\u2018oshin, rux rudasi, baliq. Haydaladigan yerlar hududining 13% ini o\u2018rmon va to\u2019qaylar 67% ini egallaydi.\u00a0 \u00a0Iqlimi \u2014 mussonli, shimolida mo\u2018tadil, janubida subtropik. Yaponiya hududining 2\/3 qismi o\u2018rmonlar bilan qoplangan. Mamlakatning markazi subtropik, janubi tropik, Xokkaydo oroli aralash o\u2018rmonlar bilan qoplangan. O\u2018rmonlarida eman, qarag\u2018ay, bir necha tur palma, banan, fikus, bambuk, daraxtsimon paporotniklar, endemik daraxtlar, 1500-2000 m balandlikda adir o\u2018simliklari o\u2018sadi. Yapon orollarining hayvonot olami bir-biridan farq qiladi. Janubiy orollar uchun tropik fauna xos bo\u2018lib, bu orollarda bir necha tur maymunlar, ko\u2018rshapalaklar, qoraquyon \u2014 \u00abnuro \u2014 osash\u00bb, ko\u2018k qush \u00abruri \u2014 kasegu\u00bb, \u00abxabu\u00bb zaharli iloni uchraydi. Yapon arxipelagining markaziy orollarida bo\u2018ri, tulki, yoqutsimon it, bo\u2018rsiq, kiyik, quyon, olmaxon, yapon manakasi, yapon qora ayig\u2018i, ulkan salamandra hayvonot olamini tashkil etadi. Xokkaydo orolining hayvonot olami qo\u2018ng\u2018ir ayiq, larik sichqoni, oqsuvsar, sibir soboli, tulen, dengiz mushuklaridan iborat. Yaponiya atrofidagi dengizlarda turli baliqlar ko\u2018plab uchraydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 konstitusion monarxiya. Mamlakat tarkibiga 47 prefektura kiradi. Afsonaga ko\u2018ra Yapon davlatiga m. a. 660-yilda imperator\u00a0Dzimmu\u00a0asos solgan. Milliy bayrami \u2014 23-dekabr \u2014\u00a0Imperator\u00a0tug\u2018ilgan kun. Davlat boshlig\u2018i \u2014 imperator (imperator Akixito mamlakatni 1989-yilning 7-yanvaridan boshqarmoqda). Amalda ijro etuvchi hokimiyat Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Maslahatchilar palatasi (yuqori) va Vakillar palatasi (quyi)dan iborat parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Yaponiya demokratik partiyasi, Liberal-demokratik partiya, Yaponiya kom- munistik partiyasi, \u00abSakigake\u00bb partiyasi.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Iqtisodiy qudrati jihatidan jahonda AQSHdan keyin ikkinchi o\u2018rinni egallaydi. Iqtisodining asosiy tarmog\u2018i bo\u2018lgan sanoat, xomashyo va yonilg\u2018i importiga qaram. Yuksak texnologiyalarga asoslangan aloqa informatika vositalarini ishlab chiqarish, biotexnologiya tarmoqlari taraqqiy etmoqda. Yaponiya kema, avtomobil, traktor, metallga ishlov beruvchi uskunalar, turmush elektronikasi, robotlarni ishlab chiqarish bo\u2019yicha dunyoda birinchi o\u2018rinni egallaydi. Yaponiya jahonda ishlab chiqariladigan rangli televizorlarning 60% ini, po\u2018latning 14,3% ini, sun\u2019iy tolalaming 12,3% ini ishlab chiqaradi. Qishloq xo\u2018jaligining YIMdagi ulushi \u2014 2,2%. Qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlari import qilinadi. Jahonda ovlanadigan baliqning 15% i yapon baliqchilik flotiga tegishhdir. Asosiy savdo sheriklari: Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari, AQSH, G\u2018arbiy Yevropa davlatlari, Xitoy. \u00a0Temiryollarining umumiy uzunligi \u2014 27327 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 1111974 km (4400 km tezyurar yo\u2018llar, 46805 km \u2014 davlat yo\u2018llari, 128539 km \u2014 prefektura yo\u2018llari), ichki suv yo\u2018llari \u2014 1770 km.\u00a0Asosiy portlari:Muroran, Kitakuysyu, Kobe, Osaka, Tokio, Yokogama, Kavasaki, Kagosila, Nagoya, Nagasaki.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Yaponiya. Poytaxti \u2014 Tokio. Hududi \u2013 376 ming km.kv.\u00a0\u00a0 \u00a0Aholisi \u2013 127 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili \u2014 yapon. Dini \u2014 sintoizm, buddaviylik, xristianlik. Pul birligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yaponiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[174],"tags":[],"class_list":["post-22760","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-osiyo-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22760","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22760"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22760\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22765,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22760\/revisions\/22765"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22760"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22760"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22760"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}