{"id":22776,"date":"2022-03-29T10:44:55","date_gmt":"2022-03-29T07:44:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22776"},"modified":"2022-03-29T10:44:56","modified_gmt":"2022-03-29T07:44:56","slug":"solomon-orollari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/solomon-orollari\/","title":{"rendered":"Solomon orollari"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Solomon Orollari. Poytaxti \u2014 Xoniara. Hududi \u2013 28,4 ming km.kv. Aholisi \u2013 538 mingdan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 xristianlik. Pul birligi \u2014 solomon orollari dollari.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Tinch okeanning janubiy qismida Solomon orollarida (Gvadalkanal, Nyu-Joqiya, Malayta, Santa-Izabel, Santa-Krus orollari va boshq.) joylashgan davlat. Ko\u2018pchilik orollarning relyefi tog\u2018li: Marjon atollarida tekisliklar bor. Asosiy tabiiy resurslari: baliq, yog\u2018och, oltin, qo\u2018rg\u2019oshin, sink, nikel, fosforitlar.\u00a0 \u00a0Iqlimi \u2014 uzoq davomli namlik mavsumi va issiq. Orollarning katta qismi noyob daraxt turlari mavjud bo\u2019lgan o\u2019rmonlar bilan qoplangan. Nisbatan quruq yerlarda savannalar, qirg\u2019oq bo\u2019ylarida mangro o\u2018simliklari bor. Orollarning hayvonot dunyosi ancha kambag\u2018al: xaltalilar, ko\u2019rshapalaklar va kemiruvchilar uchraydi.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 konstitusion monarxiya. Mamlakat 7 ta okrugga bo\u2019lingan. Solomon orollari 1978-yil 7-iyulda mustaqil davlat bo\u2019lgan (ilgari \u2014 Buyuk Britaniyaning protektorati edi). Davlat boshlig\u2018i \u2014 Britaniya monarxi (hozirgi vaqtda qirolicha Yelizaveta II), ijroiya hoki\u00admiyat premyer-ministrga tegishli. Qonunchilik Milliy parlament tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Xalq ittifoqi partiyasi, Solomon orollari birlashgan partiyasi, Solomon orollari liberal partiyasi, Solomon orollari leyboristlar partiyasi, Solomon orollari milliy harakati partiyasi.\u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Iqtisodiyotining asosini qishloq xo\u2019jaligi, baliqchilik va o\u2018rmonchilik (YIMning 70%i) tashkil etadi. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari \u2014 baliq, yog\u2018och, kopra, palma yog\u2018i. Sanoat mahsulotlarining katta qismi va neft mahsulotlarini chetdan keltiradi. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Tailand. Temiryo\u2018llari yo\u2018q, avtomobil yo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 1300 Ion. Porti \u2014 Xoniara.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Solomon orollari 1568-yili ispan dengizchisi Mendonya de Neyra tomonidan kashf qilingan. Orollarning shimoliy qismi 1885-yili Germaniya protektorati deb e\u2019lon qilingan, janubiy qismi esa Buyuk Britaniya mulklariga qo\u2018shildi. 1899-yili Germaniya Buganvil va Buka orollaridan boshqa hamma orollarni Buyuk Britaniyaga berdi. Buning evaziga inglizlar Germaniyaning G\u2019arbiy Samoani bosib olish huquqini tan olishdi. 1914-yili Buganvil va Buka Avstraliya qo\u2018shinlari tomonidan bosib olindi va 1920-yili Avstraliya boshqaruvi ostiga o\u2018tdi. Ikkinchi jahon urushida orol\u00adlarning bir qismi yapon qo\u2018shinlari tomonidan ishg\u2018ol qilindi, ikkinchi jahon urushidan keyin esa Solomon orollari yana Britaniya protektoratiga aylandi. 1978-yili Solomon orollarining mustaqilligi e\u2019lon qilindi va Britan hamdo\u2018stligi davlatlari safiga kirdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Solomon Orollari. Poytaxti \u2014 Xoniara. Hududi \u2013 28,4 ming km.kv. Aholisi \u2013 538 mingdan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 xristianlik. Pul birligi \u2014 solomon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/solomon-orollari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[175],"tags":[],"class_list":["post-22776","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-avstraliya-va-okeaniya-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22776","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22776"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22776\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22788,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22776\/revisions\/22788"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22776"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22776"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22776"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}