{"id":22807,"date":"2022-03-29T12:35:50","date_gmt":"2022-03-29T09:35:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22807"},"modified":"2022-03-29T12:35:51","modified_gmt":"2022-03-29T09:35:51","slug":"amerika-qoshma-shtatlari-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amerika-qoshma-shtatlari-2\/","title":{"rendered":"Amerika Qo`shma Shtatlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Amerika Qo\u2018shma Shtatlari. Poytaxti \u2014 Vashington. Hududi \u2013 9372,6 ming km.kv. Aholisi\u2013314 mln.dan ortiq kishi (2012). Rasmiy tili \u2014 ingliz, (ispan, fransuz, nernis, italyan, polyak, portugal, arman, arab, hind tillari ham keng tarqalgan). Dini \u2014 protestantlar (53%), katoliklar (26%), yahudiylar (2% ga yaqin), pravo slavlar (2% g\u0430 yaqin), musulmon diniga e\u2019tiqod etuvchilar (2% g\u0430 yaqin). Pul birligi \u2014 AQSH dollari.<br>\u00a0 \u00a0<strong>Geografik joylashuvi va tabiati.<\/strong>\u00a0Shimoliy Amerikadagi davlat. Shimolda Kanada (chegara uzunli\u00adgi \u2014 8893 km, Shimoliy Amerikaning shimoli g\u2018arbida joylashgan Alyaska shtatining Kanada bilan chegara uzunligi \u2014 2477 km), janubda Meksika (3326 km) bilan chegaradosh. Mamlakat g\u2019arbda Tinch okean, sharqda Atlantika okeani, janubda Meksika ko\u2018rfazi bilan tutashib ketgan. Undan tashqari, AQSHga Gavay orollari, Guam oroli, Sharqiy Samoa, Virgin orollari hamda Kuba orolidagi Guantanamo harbiy bazasi qarashlidir. Chegaralaming Umumiy uzunligi \u2014 12248 km. Qirg\u2018oq bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 19924 km. AQSH maydon jihatdan dunyoda Rossiya, Kanada va Xitoydan keyin to\u2018rtinchi o\u2018rinda turadi. AQSH tog`lar va bepoyon tekisliklar mamlakati. Mamlakat relyefining g\u2018arbiy qismi tog\u2018li, sharqiy qismi esa tekisliklardan iborat. Mamlakat hududining yarmiga yaqinini tog\u2018 tizmalari, tog\u2018 tekisliklari va Kordilyera yassi tog`lari egallagan. Kordilyer togiarining yuqori cho\u2018qqisi balandligi 4000 m bo\u2018lgan Uit (4419 m) hisoblanadi. Sharqda Appalachi togiari joylashgan. Ularning baland nuqtasi \u2014 Mittchel (2037 m). Mamlakat va Shimoliy Amerikaning yuqori nuqtasi Mak-Kinli tog\u2018i (6199 m) Alyaskada joylashgan. Qit\u2019aning eng past joyi Kalifomiyadagi O`lim vodiysi (dengiz sathidan \u2014 86 m pastda) hisoblanadi. Kordilyer va Appalachi tog\u2018lari orasida Markaziy va Ulug\u2019 keng ichki vodiylari hamda Meksika pasttekisliklari yastanib yotibdi. Asosiy daryolari Missisipi, Missuri, Ogayo, Kolorado, Kolumbiya va Yukon (irmoqlari bilan birga). Mamlakatning shimoli sharqida Yuqori Michigan, Guron, Eri, Ontario koilaridan iborat Buyuk ko`llar tizimi mavjud. Mamlakatda ko\u2018p sonli muzliklar davri koilari bor. Yuta shtatida joylashgan Katta Sho\u2018r ko`l ham muzliklar davrida vujudga kelgan. AQSH quyidagi foydali qazilmalar zaxiralariga ega: ko\u2018mir, tabiiy gaz, neft, oltin, uran, mis, qo\u2018rg\u2018oshin, temir, aluminiy rudalari, fosforitlar hamda yog\u2018och. Haydaladigan yerlar butun hududning 20%, o\u2018rmonlar va dashtliklar 29%, o\u2018tloq va yaylovlar 26% ini tashkil qiladi.<br>\u00a0 \u00a0Iqlimi \u2014 keskin kontinental. O`simlik dunyosi juda boy. Bu yerda iqlim zonalarining o\u2018zgarishiga qarab flora ham o\u2018zgarib boradi. AQSHda mox va lishayniklardan tortib palma va sekvoyya daraxtlarigacha mavjud. Hayvonot olami ham turfa, u ham flora kabi iqlim zonalarining o\u2019zgarishiga qarab o\u2019zgarib boradi.<br>\u00a0 \u00a0<strong>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0<\/strong>Davlat tuzilishi \u2014 federativ respublika. Mamlakat tarkibiga 50 ta shtat (Aydaxo, Ayova, Alabama, Alyaska, Arizona, Arkanzas, Virjiniya, Vashington, G\u2018arbiy Virjiniya, Viskonsin, Vayoming, Vermont, Gavayya, Delaver, Joijiya, Illinoys, Indiana, Kaliforniya, Kolorado, Konnektikut, Kanzas, Kentukki, Luiziana, Men, Merilend, Massachusets, Michigan, Minnesota, Missisipi, Missuri, Montana, Nebraska, Nevada, Nyu-Hempshir, Nyu-Jersi, Nyu-Meksika, Nyu-York, Ohayo, Oklaxoma, Oregon, Pensilvaniya, Rod-Aylend, Shimoliy Karolina, Shimoliy Dakota, Tennessi, Texas, Florida, Janubiy Karolina, Janubiy Dakota, Yuta va Kolumbiya okrugi kiradi. AQSHga qaram hududlar: Beyker oroli, Xoulend oroli, Kingem-Rif, Sharqiy Samoa, Guam, Jarvis, Jonston attoli, Miduey, Navassa orollari, Palmira attoli, Puerto-Rika, Virginiya orollari, Ueyn orollari. AQSH 1776-yil 4-iyulda mustaqillikka erishdi (ilgari Angliya mustamlakasi). Milliy bayramlari: 4-iyul -Mustaqillik kuni, 22-fevral \u2014 Jorj Vashington tug\u2019ilgan kun, 11-noyabr \u2014 Urush qahramonlari kuni. Qonunchiligi ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Davlat va hukumat boshlig\u2018i Prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Senat va Vakillar palatasidan tashkil topgan ikki palatali parlament amalga oshiradi. AQSHda asosiy ikkita yirik partiya mavjud: Respublikachilar va Demokratlar.<br>\u00a0 \u00a0<strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyatari.<\/strong>\u00a0AQSH \u2014 ilg\u2018or industrial va sanoatning yuqori diversifikatsiyasiga ega davlat boiib, neft sanoati (dunyoda ikkinchi o\u2019rinda), metallurgiya (aluminiy, qo\u2018rg\u2018oshin, mis ishlab chiqarish bo\u2018yicha eng yirik davlat), mashinasozlik, aerokosmik, kimyo, elektron, oziq-ovqat, yog\u2018ochni qayta ishlash va boshqa sanoat sohalari keng rivojlangan. Qulay iqlim sharoiti va unumdor yerlarining mavjudligi qishloq xo\u2018jaligi rivojlanishiga yaxshi omil yaratadi. Chorvachilik mahsulotlari ham turfa (dunyoda go\u2018sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo\u2018yicha birinchi o\u2018rinda). Asosiy qishloq xo\u2018jalik mah\u00adsulotlari \u2014 makkajo\u2018xori, soya, sorgo (uchalasini yetishtirish bo\u2018yicha dunyoda birinchi o\u2018rinda), bug\u2018doy (uchinchi o\u2019rinda), shakarqamish (ikkinchi o\u2018rinda), tamaki (ikkinchi o\u2018rinda), paxta (uchinchi o\u2018rinda), kartoshka. Shu bilan bir qatorda AQSH baliq ovlash hajmi bo\u2018yicha ham ilg\u2018or mamlakatlardan biri hisoblanadi. Qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarining katta qismi boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Qo\u2018shma Shtatlar tashqi savdo hajmi bo\u2019yicha dunyo mamalkatlaridan oldinda. Asosiy savdo hamkorlari: G\u2018arbiy Yevropa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya.<br>\u00a0 Temiryo`lllarining umumiy uzunligi \u2014 240000 km. Dunyodagi eng zamonaviy avtomobil yo\u2018llari tarmog\u2018iga ega boiib, umumiy uzunhgi \u2014 6365590 km (ulardan 88641 km tez yurishga moijallangan trassalar), sifati bo\u2018yicha ham oldingi o\u2018rinda. Ichki suv yo`llarining umumiy uzunligi \u2014 41009 km. Mamlakatning asosiy portlari: Ankorij, Boston, Gonolulu, Long-Bich, Los-Anjeles, Mayami, Norfolk, Yangi Orlean, Nyu-York, Portlend, San-Fransisko, Xyuston, Korpus-Kristi, Filadelflya.<br>\u00a0\u00a0\u00a0<strong>Tarixi.<\/strong>\u00a0Birinchi yevropaliklar hindular istiqomat qilgan hozirgi AQSH hududiga ilk bor XVI asrda kelishgan. Shimoliy Amerikaning mustamlakalashtirilishi oqibatida XVIII asrga kelib bu yerda uchta ta\u2019sir zonasi tarkib topdi: ispanlar \u2014 Floridada, Texasda va Tinch okean sohillarida, fransuzlar \u2014 Buyuk Koilar va Luizianada, inglizlar \u2014 Atlantika sohillari bo\u2018ylaridagi hududlarda. 1774-yilda 13 ta britan mustamlakasi mustaqillik uchun kurash boshlab, 1776-yil 4-iyulda AQSH tashkil topishi bilan tugadi. J.Vashington va Franklin tomonidan tuzilgan demokratik davlatning asosiy tamoyillari bilan birga shtatlarning keng huquqlari hamda kuchli federal hokimiyat tamoyillari chambarchas bog\u2018lanib ketgan Konstitutsiya 1787-yil 17-sentabrda qabul qilindi. XIX asrning birinchi yarmida AQSH hududlarining kengaytirilishi yangi yerlarni xarid qilish bilan birga fransuzlardan Luizianani, ispanlardan Floridani, o\u2018zga davlatlarning koloniyalarini bosib olish vositasida amalga oshirildi. Yangi yerlarni kolonizatsiya qilish mahalliy hindulami bojysundirish yoii bilan olib borildi. Shimoliy va Janubiy shtatlar o\u2019rtasida iqtisodiy va madaniy qarama-qarshiliklar 1781-yilda federatsiyadan ajrab chiqishni e\u2019lon qilgan ta janubiy shtatlar Konfederatsiyasining tashkil etilishiga olib keldi. Fuqarolar urushi boshida bir qator muvaffaqqiyatlarni qo\u2018lga kiritgan janubliklar oxir-oqibat mag\u2018lubiyatga uchrab, Shimol g\u2018alaba qozondi va federatsiya saqlab qohndi. 1867-yilda AQSH Rossiyadan Alyaskani va Aleut orollarini xarid qildi. XIX asr oxiri \u2014 XX asr boshlarida Yevropa va boshqa qit\u2019alardan ko\u2018plab muhojirlar ko\u2018chib kelishi oqibatida AQSH iqtisodi qudratli davlatga aylandi. Markaziy Amerika, Karib havzasi mamlakatlari va Tinch okeanda o\u2018z ta\u2019sir zonalarini faollik bilan kengaytirib borgan AQSH uzoq vaqtgacha Yevropada bolib o\u2018tayotgan voqealarga nisbatan betaraflikni saqlab keldi. AQSH 1917-yil 4- aprelda Birinchi jahon urushiga qo\u2018shilib, urush tugaganidan so\u2018ng Senat Versal shartnomasi qarorlarini qo\u2018llashdan bosh\u2019lortdi. Urushdan keyingi mamlakat iqtisodining tez sur\u2019atlar bilan o\u2018sishi 1929-yilda Buyuk depressiya \u2014 liberal iqtisodning chuqur inqirozi davri bilan almashindi. Inqiroz ishlab chiqarishning qisqarishi va ishsizlar sonining keskin ko\u2018payishiga olib keldi. Yapon samolyotlari Pyorl-Xarbordagi Amerika harbiy bazasini bombardimon qilishganidan so\u2018ng, AQSH 1941-yil 7-dekabrda Ikkinchi jahon urushiga qo\u2018shildi. AQSH qo\u2018shinlari Yaponiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. Bu to\u2018qnashuvlaming asosiy qismi Tinch okean hududlarida va dengizlarda sodir bo\u2018lgan. Tehron konferensiyasidan (1943) so\u2018ng AQSH Fransiyaning Atlantika hududlariga qo\u2018shin kiritib, Germaniyani tor-mor qilishda ishtirok etdi. Yaponiyaga qarshi Tinch okean orollari va Janubi sharqiy Osiyoda muvaffaqqiyatli harbiy harakatlar olib borayotgan AQSH 1945-yil 6-avgustda Yaponiyaning Xirosima, 9-avgustda esa Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashladi. Urushdan so\u2018ng AQSH G\u2018arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodini tiklashga (Marshall rejasi) va Yevropa hamda dunyoning boshqa hududlarida kommunistik ta\u2019sirning yoyilishiga qarshilik (\u00absovuq urush\u00bb) ko\u2018rsatib keldi. Mamlakat ichida 40-yillar oxiri \u2014 50-yillaming bosh\u00adlarida kommunistik partiyaga moyillikda gumon qilingan fuqarolar AQSH hokimiyati tomonidan ta\u2019qib ostiga olindi. Urushdan keyingi yillarda AQSH to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri yoki bilvosita bir qator yirik xalqaro mojarolarda ishtirok etdi (Karib inqirozi, Vyetnam urushi, arab-isroil urushi). AQSH qo\u2018shinlarining Vyetnamdagi urushda ishtirok etishga qarshi boshlangan patsifistlar (urushga qarshi) harakati qora tanli aholining irqiy segregatsiya (kamsitilish) qilinishiga qarshi kurashning boshlanishiga to\u2018g\u2018ri keldi. Qora tanlilarga o\u2018z haq-huquqlari uchun kurashning tinch usullarini targ\u2018ib qilgan Martin Lyuter King 1968-yil aprelda o\u2019ldirildi, ammo uning siyosiy faoliyati qora tanlilarning Amerika jamiyati integratsiyasiga sezilarli ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. 70- yillarda AQSHda ro\u2018y bergan asosiy voqealardan biri bu \u00abUotergeyt mojarosi\u00bb bilan bogiiq boiib, prezident Niksonning iste\u2019foga chiqishidir. J. Karter prezidentligi davrida AQSH Xitoy bilan munosabatlarini yaxshilab, Misr va Isroil o\u2018rtasida separat tinchlik sulhining imzolanishiga ko\u2018maklashdi, biroq AQSHning Tehrondagi elchixonasidan garovga olinganlarni ozod qilish operatsiyasining muvaffaqqiyatsizlik bilan tugashi demokratik partiyaning saylovlarda magiubiyatga uchrashi va mamlakat prezidenti etib 1980-yili R. Reyganning saylanishiga olib keldi. R.Reygan Sovet Ittifoqi hukumati bilan boshlagan muzokaralari 1989-yilda prezidentlik lavozimida uni almashtirgan J.Bush tomonidan davom ettirilib, qurollanish poygasining cheklanishiga va \u00absovuq urush\u00bbning tugashiga olib keldi. Tashqi siyosatdagi muvaffaqqiyatlariga qaramasdan (Quvaytning Iroq qo\u2018shinlaridan ozod qilinishi), respublikachilar 1992-yilgi saylovlarda mag\u2018lubiyatga uchradi. AQSHning yangi prezidenti Bill Klinton davrida mamlakatning tashqi faolligi 1997-yilda Isroil va Falastinni Ozod qilish tashkiloti (TOQT) o\u2018rtasida tinchlik sulhining imzolanishida o\u2018z aksini topib, unga ko\u2018ra Isroil Falastinning avtonomiyaga boigan huquqini tan oldi. Shu bilan bir qatorda AQSH Yugoslaviya mojarosida tinchlik munosabatlarini o\u2018rnatish jarayonida faol ishtirok etdi. Biroq serblar va xorvatlar hamda Bosniya inqirozini chetdan aralashuvsiz hal qilishga erishilgan bo`lsada, Yugoslaviyaning Kosovo viloyatida yashovchi albanlar muammosini hal etish uchun AQSH va uning NATO bo\u2019yicha ittifoqchilari harbiy kuch ishlatishga majbur bo\u2018ldi. Kosovodagi inqirozni to\u2018xtatish uchun Yugoslaviyaning harbiy va fuqarolik obyektlarining bombardimon qilinishi dunyoning ko\u2018pgina mamlakatlarida, xususan Rossiyada ham e\u2019tiroz hamda qarshilikni vujudga keltirdi. 2000-yil prezident etib saylangan kichik J.Bush lokal mojarolarni hal qilishda kuch ishlatish siyosatini olib bordi. 2001-yil sentabr kuni AQSH hududida Al-Qoida terrorchilik tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan qo\u2018poruvchilik oqibatida minglab kishilar halok bo\u2018ldi. 2001-2002-yillari AQSH qo\u2018shinlari Afg\u2018onistonga kiritilib u yerdagi tolibonlar hokimiyati ag\u2018darib tashlandi. 2003-yili Iroqqa qarshi urush boshlanib S.Husayn rejimi ag\u2018darib tashlandi. 2008-yil boshlaridan AQSH iqtisodi kuchli inqirozni boshdan kechirmoqda. Mutaxassislar bu inqirozni miqyosi bo\u2019yicha 1929-1933-yillardagi Buyuk depressiya bilan tenglashtirmoqdalar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Amerika Qo\u2018shma Shtatlari. Poytaxti \u2014 Vashington. Hududi \u2013 9372,6 ming km.kv. Aholisi\u2013314 mln.dan ortiq kishi (2012). Rasmiy tili \u2014 ingliz, (ispan, fransuz, nernis, italyan, polyak, portugal, arman, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amerika-qoshma-shtatlari-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[176],"tags":[],"class_list":["post-22807","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-shimoliy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22807","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22807"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22807\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22816,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22807\/revisions\/22816"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22807"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22807"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22807"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}