{"id":22808,"date":"2022-03-29T12:36:04","date_gmt":"2022-03-29T09:36:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22808"},"modified":"2022-03-29T12:36:05","modified_gmt":"2022-03-29T09:36:05","slug":"bagam-orollari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bagam-orollari\/","title":{"rendered":"Bagam orollari"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Bagam orollari Hamdo\u2018stligi. Poytaxti \u2014 Nassau. Hududi \u2013 13,9 ming km.kv. Aholisi \u2013 317 mingdan ortiq (2012). Davlat tili ingliz. Dini \u2014 katoliklar (26%), anglikanlar (21%), boshqa konfessiyalar (18%). Pul birligi-Bagam dollari.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Vest-Indiyada, 700 dan ortiq orollarda va ko\u2018plab (2500 ta atrofida) Florida qirg\u2018oqlaridan Kubaning sharqiy qirg\u2018oqlarigacha cho\u2019zilib ketgan marjonli qoyalarda joylashgan davlat. Yirik orollari: Nyu-Providens, Andros, Katta Bagama, Katta Abako, Kichik Abako, Berri va boshqalar. Bagam orollarining relyefi tekis bo\u2018lib, uncha baland bo\u2018lmagan tepaliklar dengiz sathidan 60 metrgacha balandlikda joylashgan.\u00a0 Iqlimi \u2014 tropik, passat. Orollarda daryolar yo\u2018q, lekin dengiz bilan tutashib turadigan ko\u2018plab sho\u2019r ko\u2018llar bor. Orollar tabiiy resurslardan tuz, bo\u2018r, aroganitlarga boy. Orollar asosan savanna va to\u2018qaylar bilan qoplangan. Qarag\u2018ayli o\u2018rmonlar bor. Yirik orollardan Andros va Katta Abakoda qimmatbaho daraxt turlari (qizil, sariq, temir) bor doimiy yashil tropik o\u2018rmonlar saqlanib qolgan. Qirg\u2018oq bo\u2019ylarida kokos palmalari o\u2018sadi. Bagam orollarining hayvonot dunyosi kambag\u2018al, asosan qushlar ko\u2018p, ko\u2019rshapalak, kaltakesak, ilonlar uchraydi. Dengizda turli baliqlar, qisqichbaqa va mollyuskalar ko\u2019p.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Bagam orollari Buyuk Britaniya rahbarligidagi Hamdo\u2019stlik tarkibiga kiradi. BMT va XVF a\u2019zosi. Davlat boshlig\u2019i \u2014 Britan monarxi, uning nomidan general-gubernator ish yuritadi. Hukumat boshlig\u2018i \u2014 premyer-ministr. Qonun chiqaruvchi organi \u2014 Senat va Yig\u2018ilish palatasidan iborat ikki palatali parlament. Asosiy siyosiy partiyalari \u2014 Taraqqiyot liberal partiyasi, Ozod milliy harakat.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Davlat iqtisodiyotining asosini chet el turizmi va bank offshori tashkil etadi. Mamlakat dunyoning ilg\u2018or moliya markazlaridan biridir. Soliq imtiyozlari mavjudligi bois ko\u2018plab kompaniyalar Bagam orollarida o\u2018z banklarini ochishgan. Turizm industriyasidan tashqari sanoatning quyidagi sohalari rivojlangan: neftni qayta ishlash, farmatsevtika, sement, tuz ishlab chiqarish va rom tayyorlanadi. Qishloq xo\u2019jaligida shakarqamish, pomidor, ananas, sitruslar yetishtiriladi, baliq ovlash va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash rivojlangan. Yog\u2018och tayyorlanadi. Eksporti: neft mahsulotlari, kimyo-sanoat mahsulotlari, tuz, baliq, rom. Importi: mashina va trans\u00adport uskunalari, benzin va neft mahsulotlari, to\u2019qimachilik mahsulotlari. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Daniya. Temiryo\u2018llari yo\u2018q, mamlakat iqtisodida undagi ko\u2018plab avtomobil yo\u2018llarining ahamiyati katta.&nbsp; Tarixi.&nbsp;Qadimda mamlakat hududiga dastlab hindular kelib joylashgan. Orollar &nbsp; &nbsp; &nbsp; 1492-yilda X. Kolumb tomonidan kashf qilingan. Oldin Ispaniya koloniyasi, 1783-yildan esa Buyuk Britaniya koloniyasiga aylantirilgan. 1964-yili mamlakatga o\u2018z-o\u2018zini boshqarish huquqi berildi. 1973-yili Bagam orollari mustaqil davlatga aylandi, lekin Britan Hamdo\u2018stligi tarkibida qoldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Bagam orollari Hamdo\u2018stligi. Poytaxti \u2014 Nassau. Hududi \u2013 13,9 ming km.kv. Aholisi \u2013 317 mingdan ortiq (2012). Davlat tili ingliz. Dini \u2014 katoliklar (26%), anglikanlar (21%), boshqa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bagam-orollari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[176],"tags":[],"class_list":["post-22808","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-shimoliy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22808","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22808"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22808\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22817,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22808\/revisions\/22817"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22808"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22808"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22808"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}