{"id":22811,"date":"2022-03-29T12:37:06","date_gmt":"2022-03-29T09:37:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22811"},"modified":"2022-03-29T12:37:07","modified_gmt":"2022-03-29T09:37:07","slug":"beliz-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/beliz-2\/","title":{"rendered":"Beliz"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Beliz. Poytaxti \u2014 Belmopan. Hududi \u2013 23 ming km.kv. Aholisi \u2013 300 mingdan ortiq(2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 katoliklar (60%), protestantlar ( 35%). Pul birligi \u2014 Beliz dollari.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Beliz Markaziy Amerikaning shimoli sharqida joylashgan davlat. Shimoli g\u2019arbda \u2014 Meksika, g\u2019arbda va janubda Gvatemala bilan chegaradosh. Sharqda Karib dengizi bilan tutash. Beliz hududining katta qismini zaxkash pasttekisliklar egallagan, janubi g\u2018arbida Mayya tog\u2018lari joylashgan. Eng yuqori nuqtasi \u2014 Viktoriya cho\u2019qqisi (1122 m). Iqlimi \u2014 passatli, tropik. Asosiy daryolari \u2014 Beliz, Rio-Onda. Tabiiy resurslardan faqat yog\u2018och va baliqni ko\u2018rsatish mumkin. TogMar va tepaliklar tropik o\u2018rmonlar bilan qoplangan. Cho\u2018l-biyobonlar ham uchraydi. Hayvonot dunyosi turli xil yaguar, bug\u2018u, tapirlar, qushlarning ko\u2019p miqdordagi turlaridan iborat.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Beliz davlati Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo\u2018stlik tarkibiga kiradi. Davlat boshlig\u2018i \u2014 Britaniya monarxi. Hukumat boshlig\u2018i \u2014 premyer-ministr. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (Senat va Vakillar palatasi) Milliy Kengash. Davlat hududiy jihatdan 6 ta ma\u2019muriy okrugga bo\u2018linadi. Yirik partiyalari: Xalq boshlig\u2018i partiyasi, Birlashgan demokratik partiya.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Beliz \u2014 agrar davlat. Asosiy qishloq xo\u2018jalik mahsuloti \u2014 shakarqamish. Sitrus mevalar va banan yetishtiriladi. Sanoat tarmoqlaridan yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Savdo, chet el turizmi va qurilish rivojlanmoqda. Eksporti: shakar, sitrus mevalar, banan, dengiz mahsulotlari va undan tayyorlangan mahsulotlar. Importi: mashina va transport jihozlari, mineral yoqilg\u2018i, kimyoviy sanoat mahsulotlari, farmatsevtik mollar, tikuvchilik mahsulotlari. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Meksika.<\/p>\n\n\n\n<p>arixi.\u00a0Hozirgi Beliz hududlarida IV asrdan X asrgacha Mayya sivilizatsiyasi hukmronlik qilgan. XV asrda Beliz ispanlar tomonidan bosib olingan va ispan mustamlakasi deb e\u2019lon qilingan. Keyinroq XVI asrda bu yerga inglizlar keldi va hududda birinchi ingliz mustamlakasiga asos solindi. Ular o\u2018rmonlami kesish bilan faol shug\u2019ullandilar va yangi yerlar ocha boshladilar. Plantatsiyalarda va qimmat\u00adbaho yog\u2018och tayyorlashda inglizlar negr qullar mehnatidan foydalandilar. Ispanlar quvib chiqarildi. 1862-yilda bu hudud Britan Gondurasi nomi bilan Britaniya mustamlakasi deb e\u2019lon qilindi. 1964-yilda Beliz to\u2018la ichki o\u2018z-o\u2018zini boshqarish huquqini oldi. Beliz 1981-yilgacha Amerika qit\u2019asidagi Britaniyaning oxirgi mustamlakasi bo\u2018ldi. 1981-yil sentabrda davlat mustaqil deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Beliz. Poytaxti \u2014 Belmopan. Hududi \u2013 23 ming km.kv. Aholisi \u2013 300 mingdan ortiq(2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 katoliklar (60%), protestantlar ( 35%). Pul birligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/beliz-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[176],"tags":[],"class_list":["post-22811","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-shimoliy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22811","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22811"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22811\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22821,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22811\/revisions\/22821"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22811"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22811"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22811"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}