{"id":22812,"date":"2022-03-29T12:37:25","date_gmt":"2022-03-29T09:37:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22812"},"modified":"2022-03-29T12:37:26","modified_gmt":"2022-03-29T09:37:26","slug":"gaiti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gaiti\/","title":{"rendered":"Gaiti"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Gaiti Respublikasi. Poy\u00adtaxti \u2014 Port-o-Prens. Hududi \u2014 27750 km.kv. Aholisi \u2013 10 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 fransuz. Dini \u2014 xristianlik (95%). Pul birligi \u2014 gurd.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Gaiti \u2014 Karib dengizi havzasidagi Gaiti orolining g\u2018arbiy qismida joylashgan davlat. Sharqda quruqlik orqali orolning sharqiy qismida joylashgan Dominikan Respublikasi bilan chegaradosh. Janubda Karib dengizi, shimolda Atlantika okeani bilan tutashgan. G\u2018arbdan tor bo\u2018g\u2018oz Gaitini Kubadan ajratib turadi. Gaiti hududi asosan tog\u2019 tizmalaridan iborat bo\u2018lib, eng baland cho\u2019qqisi \u2014 La-Sel (2680 m). Daryolari uncha katta bo\u2018lmagan tog\u2018 daryolari bo\u2018lib, ular asosan 2 ta \u2014 Guayamuk va Artibonite. Hududida ikkita yirik ko\u2018l \u2014 Somatr va Pligr mavjud bo\u2018lib, ular sho\u2018r suvli. Asosiy tabiiy boyliklari: mis, molibden, boksit, oltin va kumush. Iqlimi \u2014 tropik. o\u2018simlik dunyosi o\u2018ta boy va xilma- xil. G\u2018arbiy hududlari o\u2019rmon va butazorlar, tog\u2018li hududlar esa tog\u2018 o\u2018rmonlari bilan qoplangan. Gaitida palmaning bir necha turi uchraydi. Mapu daraxti va antil emanining balandligi 30 m gacha yetadi. Bundan tashqari, qizil daraxtning qimmatbaho navlari ham saqlanib qolgan. Gaiti hayvonot dunyosining asosiy qismi inson tomonidan qirib tashlangan. Shu sababli uning hududida yirik jonzotlar deyarli saqlanib qolmagan. Sohil hududlarida yirik dengiz toshbaqalarini uchratish mumkin.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 9 ta departamentga bo\u2018lingan. Gaiti 1804-yil 1-yanvarda o\u2018z mustaqilligini qo\u2018lga kiritgan. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Eng yirik siyosiy partiyalari: 0\u2018zgarishlar va Demokratiya milliy fronti, Demokratiyani tiklash harakati, Gaiti kommu- nistlari birlashgan partiyasi.\u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyatari.\u00a0Gaiti g\u2019arbiy yarim shaming eng qoloq va qashshoq agrar davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat tabiiy boylik- larning yirik zaxirasiga ega bo\u2018lishiga qaramay sanoat o\u2018ta sust rivojlangan. Sanoat butunlay xorijiy sarmoya nazoratida. Qishloq xo\u2018jaligi umumiy milliy mahsulotning 40% ini yetkazib beradi. Uning asosini qahva, paxta, shakarqamish, \u043a\u0430\u043a\u0430\u043e, tamaki yetishtirish tashkil etadi. Qishloq aholisining deyarli yarmini yersiz dehqonlar tashkil etadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH va Fransiya.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Gaiti 1492-yilda Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan va Espanola nomi bilan Ispaniyaning birinchi mustamlakasi hamda Lotin Amerikasidagi ispan ekspansiyasining asosiy markaziga aylangan. Mahalliy hindular butunlay qirib tashlangan va oroldagi plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan qullar olib kelingan. XVII asr o\u2018rtalarida orol ikkiga boiindi va sharqiy qismi (hozirgi Dominikan respub\u00adlikasi) Ispaniya mustamlakasi, g\u2018arbiy qismi esa (hozirgi Gaiti) Fransiya mustamlakasiga aylandi. 1791-yilda Tussen Luvertyur boshchiligidagi qullar qo\u2018zg\u2018oloni ko\u2018tarildi. Tussen Luvertyur 1802-yilda o\u2018zining asir qilinishigacha butun Gaitini boshqardi. 1804-yili Gaiti Yevropa davlatlari mustamlakalari ichida o\u2018z mustaqil\u00adligini qo\u2018lga kiritgan birinchi davlat bo\u2018ldi. 1811-yil mamlakatda monarxiya o\u2018rnatildi. 1820-yil \u2014 Respub\u00adlika, 1849-yili Imperiya deb e\u2019lon qilindi. 1859-yilda Gaitida yana Respublika boshqaruvi o\u2018matildi. 1915-yil mamlakatga AQSH qo\u2018shinlari bostirib kirdi va 1934-yilgacha boshqaruvni o\u2018z qo\u2018llariga olishdi. Shundan so\u2018ng 1986-yilgacha Gaitida boshqaruv diktatorlik yo\u2018li bilan amalga oshirildi. 1986-yili harbiylar hokimiyatni o\u2018z qoilariga olishdi. 1994-yildan hokimiyat fuqarolik hukumati qo\u2018liga o\u2018tdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Gaiti Respublikasi. Poy\u00adtaxti \u2014 Port-o-Prens. Hududi \u2014 27750 km.kv. Aholisi \u2013 10 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 fransuz. Dini \u2014 xristianlik (95%). Pul birligi \u2014 gurd.\u00a0Geografik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gaiti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[176],"tags":[],"class_list":["post-22812","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-shimoliy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22812","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22812"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22812\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22822,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22812\/revisions\/22822"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22812"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22812"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22812"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}