{"id":22815,"date":"2022-03-29T12:38:02","date_gmt":"2022-03-29T09:38:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22815"},"modified":"2022-03-29T12:38:04","modified_gmt":"2022-03-29T09:38:04","slug":"gvatemala","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gvatemala\/","title":{"rendered":"Gvatemala"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Guatemala Respublikasi. Poytaxti \u2014 Guatemala. Hududi \u2014 108889 km2. Aholisi \u2013 13 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili ispan. Dini \u2014 xristianlik (70%). Pul birligi \u2014 ketsal.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Gvatemala Markaziy Amerika davlati. Shimol va g\u2018arbda Meksika, sharqda Beliz, janubi sharqda Salvador va Gonduras davlatlari bilan chegaradosh. Janubda Gvatemala Tinch okean bilan tutashgan. Mamlakat shimoli yassi tog\u2018lardan, markaziy viloyatlari esa tog\u2018li hududlardan iborat. Eng yirik tog\u2018 tizmasi \u2014 Serra-Madreda bir qancha harakatdagi vulqonlar mavjud. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Taxumulko vulqoni (4220 m). Eng yirik daryosi \u2014 Motagua. Gvatemalada qo\u2018rg\u2018oshin, nikel, volfram, kumush va neftning unchalik katta bo\u2018lmagan zaxiralari mavjud. Iqlimi \u2014 tropik. Mamlakat hududining yarmi doimo yashil o\u2018rmonlar bilan qoplangan. 0\u2018simlik dunyosi o\u2018ta xilma-xil bo\u2018lib, dunyoning boshqa joylarida uchramay- digan o\u2018simliklar Gvatemala o\u2018rmonlarida mavjud. Hayvonot dunyosi bo\u2018yicha Gvatemala Markaziy Amerikaning eng boy davlatlaridan biridir. Uning o\u2018rmonlarida tropik hayvonot dunyosining barcha turlarini uchratish mumkin. Qushlarning 2000 dan oshiq tun mavjud.\u00a0 \u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezidentlik Respublikasi. Mamlakat 22 ta departamentdan iborat. 1821-yil 15-sentabrda Gvatemala o\u2018z mustaqilligiga erishdi. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi bir palatali parlament \u2014 Milliy Kongress. Eng yirik siyosiy partiyalari: Milliy Markaz Ittifoqi (MMI), Xristian Demokratik Partiya (XDP), Gvatemala Mehnat Partiyasi.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Gvatemala qoloq agrar mamlakat hisoblanadi. Umumiy milliy mahsulotning 30% ini qishloq xo\u2018jaligi yetishtirib beradi. Asosiy qishloq xo\u2018jalik ekinlari: qahva, paxta, shakarqamish va banan. Importga asosan shakar chiqaradi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Meksika, Yaponiya.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Bugungi Gvatemala hududida eramizning II asrida mayyalar imperiyasi tashkil topgan. Imperiyaning gullab-yashnash davri VII-IX asrlarga to\u2018g\u2018ri keladi. 1513-yil ispanlar Gvatemala hududlarini kashf qilishdi va bu yerlarda o\u2018zlarining talonchilik urushlarini olib borishdi. 1821-yil Gvatemala o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qilgan bo\u2018lsada, 1847-yilgacha Meksika homiyligi ostida bo\u2018ldi. 1985-yilda birinchi marta erkin demokratik saylovlar o\u2018tkazildi va hokimi\u00adyat fuqaro hukumati qo`liga o\u2018tdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Guatemala Respublikasi. Poytaxti \u2014 Guatemala. Hududi \u2014 108889 km2. Aholisi \u2013 13 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili ispan. Dini \u2014 xristianlik (70%). Pul birligi \u2014 ketsal.\u00a0 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gvatemala\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[176],"tags":[],"class_list":["post-22815","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-shimoliy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22815","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22815"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22815\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22824,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22815\/revisions\/22824"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22815"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22815"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22815"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}