{"id":22829,"date":"2022-03-29T12:58:00","date_gmt":"2022-03-29T09:58:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22829"},"modified":"2022-03-29T12:58:01","modified_gmt":"2022-03-29T09:58:01","slug":"virgin-orollari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/virgin-orollari\/","title":{"rendered":"Virgin orollari"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Virgin orollari (AQSH). Poytaxti \u2014 Sharlotta-Amaliya. Hududi \u2014 355 km.kv. Aholisi \u2014 121 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 xristianlik (katoliklar, baptistlar). Pul birligi \u2014 AQSH dollari.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Virgin orol\u00adlari Shimoliy va Janubiy Amerika oralig\u2018ida Puerto-Riko orolidan sharqda Kichik Antil orollarining shimoliy qismida joylashgan AQSHga qarashli hudud. Virgin orollari tarkibiga 50 dan ortiq orollar kiradi. Ulardan eng yiriklari: Sent-Tomas, Sent-Jon, Santa- Kruz. Orollar ohaktoshli, shuningdek, kristalli va vulqonli dahalar ham bor. \u00a0Iqlimi \u2014 tropik. Doimiy yashil tropik o\u2018rmonlaming qoldiqlari bor. Qolgan hududlar qishloq xo\u2018jaligida foydalaniladigan yerlar hisoblanadi. Hayvonat dunyosida maymuniar va kolibri, to\u2018ti kabi qushlar bor.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 orollar ustidan umumiy nazoratni AQSH Ichki Ishlar vazirligi amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyat gubernatorga tegishli, ma\u2019muriy jihatdan 3 ta orolga bo\u2018lingan. Poytaxti Sharlotta-Amaliya Sent-Tomas orolida joylashgan. Siyosiy partiyalari: AQSH Demokratik va Respublikachilar partiyalarining bo\u2018limlari, Fuqarolar mustaqilligi harakati.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Iqtisodining asosini chet el turizmi tashkil qiladi. Dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri Sen-Kroa orolida joylashgan. Chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko\u2018rilmoqda. Chetdan keltiriladigan detallardan soatlar yig\u2018ish, oziq-ovqat mahsulotlari va rom ishlab chiqarish yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Qishloq xo\u2018jaligida sorgo, shakarqamish, meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Chetdan neft xomashyosi, sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat keltiriladi. Chetga neft mahsulotlari, shakar, rom, sitrus mevalar, qahva eksport qilinadi. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Puerto-Riko.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Kolumb ekspeditsiyasi 1493-yili orollarga kelgan. Dastlabki aholi punktlari 1625-yil Santa-Kruz orolida ingliz va fransuz mustamlakachilari tomonidan barpo qilingan. Turli vaqtlarda orollar ustidan inglizlar, fransuzlar, ispanlar o\u2018z nazoratini o\u2018rnatgan. 1733-yili orollami daniyaliklar sotib olishdi (1754-yil rasmiy ravishda Daniya mustamlakasi deb e\u2019lon qilindi). 1672- va 1683-yillarda daniyaliklar Sent-Tomas va Sent-Jon orollarini ham mustamlakaga aylantirgan edi. Daniyaliklar hukmronligi davrida Sent-Tomas oroli savdo markaziga (shuningdek, qul savdosining ham), Sent-Jon oroli esa shakarqamish plantatsiyalariga aylantirilib, ularda qullar ishlatilgan. Qullik mavjud bo\u2018lgan davrda (1848-yilgacha) orolga 28 ming negr qullar keltirilgan. Daniya orollar ustidan 1917-yilga qadar (Napoleon urushlari davridagi qisqa davrni hisobga olmaganda) egalik qilib keldi. Shundan so\u2018ng, Daniya bu orollarni AQSHga 25 million dollarga sotdi. 1932-yili orolda yashovchilarga AQSH fuqaroligi berildi. Bu yerda AQSH harbiy bazasi qurilgan. 1973-yili Virgin orollari AQSH kongressining deputatlar palatasiga 1 ta deputat o\u2018tkazishga muvaffaq bo\u2018lgan. (Lekin ovoz berish huquqigi ega emas.)<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Virgin orollari (AQSH). Poytaxti \u2014 Sharlotta-Amaliya. Hududi \u2014 355 km.kv. Aholisi \u2014 121 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 xristianlik (katoliklar, baptistlar). Pul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/virgin-orollari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[176],"tags":[],"class_list":["post-22829","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-shimoliy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22829","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22829"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22829\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22845,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22829\/revisions\/22845"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22829"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22829"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22829"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}