{"id":22839,"date":"2022-03-29T12:59:42","date_gmt":"2022-03-29T09:59:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22839"},"modified":"2022-03-29T12:59:43","modified_gmt":"2022-03-29T09:59:43","slug":"meksika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/meksika\/","title":{"rendered":"Meksika"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Meksika Qo\u2018shma Shtatlari. Poytaxti \u2014 Mexiko. Hududi \u2014 1958201 km.kv. Aholisi \u2013 107 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 yangi pyeso.&nbsp; Geografik joylashuvi va tabiati.&nbsp;Shimoliy Amerikada joylashgan davlat. Shimolda va sharqda AQSH (chegara uzunligi \u2014 3326 km), janubda Gvatemala (962 km) va Beliz (250 km) bilan chegaradosh. G\u2018arbda Tinch okeani, sharqda Karib dengizi va Meksika ko\u2018rfazi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi 4538 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi esa 9330 km. Mamlakatning katta qismini vulqonlar otilishi natijasida vujudga kelgan o\u2018rtacha 1000 m dan 2400 m gacha bo\u2018lgan balandlikdagi Sharqiy Serra-Madra, G\u2018arbiy Serra-Madra va Janubiy Serra-Madra tog\u2018liklari egallagan. Bu yerda Sitlaltepetl (5699 m), Popokatepetl (5452 m), Orisaba (5747 m) kabi vulqon tepaliklari ham bor. Ushbu region seysmik faol hudud hisoblanadi. Mamlakat sharqida Yukatan yarimorolida ulkan qirg\u2018oqbo\u2018yi tekisliklari mavjud. Meksikaning g\u2018arbiy hududlari Quyi Kaliforniya yarimorolida joylashgan bo\u2018lib, ular qirg\u2018oqbo\u2018yi tekisliklari va sharqida tog\u2018 tizmalari bor. Asosiy daryosi \u2014 Rio-Bravo-del-Norte. Meksikada neft, tabiiy gaz, kumush, toshko\u2018mir, oltin, mis, qo\u2018rg\u2018oshin, rux konlari bor. Shudgor qilinadigan yerlar mamlakat hududining 12% ini, o\u2018tloq va yaylovlar 39% ini, o\u2018rmon va changalzorlar 24% ini tashkil etadi. Iqlimi \u2014 shimoliy qismi subtropik kontinental, qolgan hududlari tropik mintaqada joylashgan.&nbsp; Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 federativ respublika. Mamlakat tarkibiga 31 shtat va poytaxt federal okrugi kiradi. Meksika 1810- yil 16-sentabrda Ispaniyadan mustaqillikka erishdi. Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament \u2014 Milliy Kongress tomonidan amalga oshiriladi. Yirik partiyalari: Institutsion-inqilobiy partiya, Demokratik inqilob partiyasi, Milliy harakat partiyasi, Sotsialistik xalq partiyasi.&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Meksika Lotin Amerikasining nisbatan rivojlangan davlati hisoblanadi. Mamlakat keyingi yillarda hukumat tomonidan o\u2018tkazilgan struktura o\u2018zgarishlari, shuningdek, iqtisodiyotni xususiylashtirish va chet el investitsiyalari uchun qulay sharoitlarning yaratilishi natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Sanoatning nisbatan rivojlangan sohalari orasida \u2014 neft, neft kimyosi (neft va neft mahsulotlari mamlakat eksportining asosini tashkil qiladi), mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik), tog\u2018-kon, metallurgiya, kimyo, to\u2018qimachilik, oziq-ovqat ishlab chiqarish tarmoqlari bor. Qishloq xo\u2018jaligida (YIMning 9%i) bug\u2018doy va sholi, qahva, paxta yetshtirish, chorvachilik va baliqchilik yaxshi taraqqiy etgan.&nbsp; Asosiy savdo hamkori: AQSH.&nbsp;Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 2680 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 210000 km, ichki suv yo\u2018llari \u2014 2900 km. Eng muhim portlari: Monsonilo, Syudad- Madero, Sameno-Krus, Tuspon.&nbsp; &nbsp;Tarixi.&nbsp;Hozirgi Meksika hududida m. a. II ming yillikdayoq arxaik sivilizatsiya mavjud bo\u2018lgan. M. a. 1400-yildan m. a. 200-yilga qadar \u00abo\u2018rta sivilizatsiya\u00bb davri davom etdi. Bu davrda (m. a. I asrda) olmeklarning birinchi davlati shakllandi. IV asrda mamlakat hududida VII-VIII asrlarda o\u2018zining gullab-yashnagan davrini boshidan kechirgan mayyalar imperiyasi paydo bo\u2018ldi. IX asrda tolteklar sivilizatsiyasi paydo bo\u2018ldi, bu esa X asrda mayalar madaniyatining shakllanishiga o\u2018z ta\u2019sirini ko\u2018rsatdi. Natijada tolteklar va mayyalaming aralash madaniyati vujudga keldi. XIII asrda shimoldan kelgan chichimeka qabilalari tolteklami siqib chiqara boshladi, biroq XIV asrda ularni o\u2018z navbatida atstek qabilalari siqib chiqarishdi. Atsteklar mahalliy qabilalar o\u2018rtasidagi kelishmovchiliklardan foydalanib ushbu regionda kuchli siyosiy mavqega erishdilar va ulkan imperiyani vujudga keltirishdi. Bu imperiya XV asrning o\u2018rtalaridan 1521-yilga qadar gullab-yashnadi. 152 l-yili atsteklar davlati Kortes boshchiligidagi ispan mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. 1535-yili Meksika Yangi Ispaniyaning vitse-qirolligiga aylandi. Shunday bo\u2018lsa-da, mamlakatni mustamlakalashtirish hindularni qirib tashlash, zo\u2018rlik bilan xristianlashtirish yo\u2018li orqali XVII asrning oxiriga qadar davom etdi. XIX asrning boshlarida mamlakatni mustamlakachilardan ozod qilish uchun harakat boshlandi va 182 l-yili Meksika mustaqillikka erishdi, 1824-yili esa respublika deb e\u2019lon qilindi. 1836-yili Meksikada Texas va Kaliforniya ajralib chiqib, o\u2018zlarini mustaqil respublika deb e\u2019lon qilishdi, AQSH bilan urush natijasida esa mamlakat Rio-Granda daryosidan shimoldagi yerlarni boy berdi. 186l-yili Xuares hukumati tomonidan tashqi qarzlarni to\u2018lashning to\u2018xtatilishi natijasida mamlakatga Buyuk Britaniya, Ispaniya va Fransiya qo\u2018shinlari kiritildi. 1862-yil fevralida Angliya va Ispaniya Xuares bilan kelishuv imzolashdi, biroq Fransiya Meksikadagi harbiy operatsiyalarni davom ettirdi, natijada 1867-yili fransuz qo\u2018shinlari mag\u2018lubiyatga uchradi. Ijtimoiy adolatsizlik va hindu dehqonlarining shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi xalq ommasining inqilobiy ko\u2018tarilishiga olib keldi. 1877-yili mamlakatda inqilobiy vaziyat vujudga kelgan edi. Meksika inqilobidagi qonli voqealardan so\u2018ng qabul qilingan yangi konstitutsiya 1920-1924-yillarda siyosiy o\u2018zgarishlar va agrar islohotlar o\u2018tkazish imkonini berdi. 1928-yildan boshlab mamlakat hokimiyati tepasida konstitutsion inqilobiy partiya turibdi. 1994-yili Meksika hukumati Chyapas shtatida siyosiy islohotlar o\u2018tkazish talabi bilan chiqqan Zapatistlar ozodlik armiyasiga qarshi kurash olib borishiga to\u2018g\u2018ri keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Meksika Qo\u2018shma Shtatlari. Poytaxti \u2014 Mexiko. Hududi \u2014 1958201 km.kv. Aholisi \u2013 107 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/meksika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[176],"tags":[],"class_list":["post-22839","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-shimoliy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22839","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22839"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22839\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22852,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22839\/revisions\/22852"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22839"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22839"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22839"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}