{"id":22864,"date":"2022-03-29T13:08:51","date_gmt":"2022-03-29T10:08:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22864"},"modified":"2022-03-29T13:08:52","modified_gmt":"2022-03-29T10:08:52","slug":"argentina-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/argentina-3\/","title":{"rendered":"Argentina"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Argentina Respublikasi. Poytaxti \u2014 Buenos-Ayres. Hududi \u2014 2778417 km.kv. Aholisi \u2013 41,6 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 pyeso.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubiy Amerikaning janubiy qismida joylashgan. Janubda va g\u2018arbda Chili (chegara uzunligi \u2014 5150 km), sharqda Braziliya (1224 km) va Urugvay (579 km), shimolda Boliviya (832 km) va Paragvay (1880 km) chegaradosh. Sharq va janubda Atlantika okeani joylashgan. Urugvay va Buyuk Britaniya bilan hududiy kelishmovchiliklar mavjud. Chili va Argentina chegarasida And tog\u2018lari mavjud. Janubiy Amerikaning eng baland cho\u2019qqilari \u2014 Akonkagua tog\u2018i (6959 m), Mersedario tog\u2018i (6770 m). Tinch oqar daryo va o\u2019simliklarga boy Gran-Chako tekisligi; Parana va Urugvay daryolari o\u2018rtasidagi Argentina Mesopotamiyasi; Patagoniya cho\u2019llari Argentinaning shimolidan janubigacha joylashgan. Yirik daryolari: Parana, Paragvay, Rio-Salado, Rio-Kolorado. Foydali qazilmalari \u2014 qo\u2018rg\u2018oshin, rux, qalay, mis, temir rudasi, neft, uran. Haydaladigan yerlar \u2014 9%, o\u2018tloq va yaylovlar \u2014 52%, o\u2018rmon va butazorlar hududning 22% ini egallagan.\u00a0 Iqlimi \u2014 tropik, subtropik va mo\u2018tadil. Mamlakat qarag\u2018ay, kedr, evkalipt, palma kabi daraxtlarga boy. Argentina shimolida maymunlar, puma va yaguarlar, otselot va tapirlar ko\u2018p. Qushlardan \u2014 to\u2018tiqush, flamingo va kolibri uchraydi. Sharqdagi pampaslarda tulkilar, yovvoyi mushuklar, kiyiklar ko\u2018p.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Ma\u2019muriy-hududiy bo`linishi: 22 provinsiya, 1 milliy hudud va poytaxt federal okrugi. 1816-yil 9-iyulda Ispaniyadan mustaqil bo\u2018lib ajrab chiqqan. Milliy bayramlari: 25-may \u2014 May inqilobi kuni (1810) va 9-iyul \u2014 Mustaqillik kuni. Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Parlamenti ikki pala- tali \u2014 yuqori (Milliy kongress) va quyi (Deputatlar palatasi). Nufuzli siyosiy partiyalari: Xustitsialistlar partiyasi (XP), Fuqarolar radikal ittifoqi (FRI), De\u00admokratik markaz ittifoqi (DMI), Konservativ partiya.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Sanoatning asosiy sohalari: oziq-ovqat, avtomobil, to\u2018qimachilik, kimyo va neftkimyo, metallurgiya, matbuot. Qishloq xo\u2018jaligi (bunga baliq ovi ham kiradi) YMM 8% ini beradi. Yetishtiriladigan asosiy qishloq xo\u2018jalik mahsulotlari \u2014 bug\u2018doy, sorgo, soya, shakarqamish. Argentina bug\u2018doy va mol go\u2018shti eksport qiluvchi dunyodagi 5 eng yirik davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatga mashina va asbob-uskunalar, ximikatlar, metall, yonilg\u2019i va h.k. import qilinadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Braziliya, Germaniya, Boliviya, Yaponiya, Italiya.&nbsp; Temiryo\u2018llari uzunligi \u2014 34572 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 208350. Dengiz portlari: Buenos-Ayres, La- Plata, Banya-Blanka.&nbsp; Tarixi.&nbsp;Argentina ispaniyalik Dias de Solis tomonidan 1516-yilda kashf etilganda, bu yerda kam sonli hindu qabilalari yashaganlar, 1536-yilda asos solingan Buenos-Ayres hududi Peru vitse-qirolligiga qo\u2018shib olingan edi. Hozirgi kunda Argentina, Paragvay, Urugvay va Boliviya joylashgan hududda 1776-yili La-Plata vitse-qirolligi tashkil topgan. 1810-yilda qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018targan kreol aholisi vitse-qirolni taxtdan ag\u2018darib La-Plata birlashgan provinsiyalar mustaqilligini e\u2019lon qiladi. 1816-yilda ispan qo\u2018shinlari uzil-kesil mag\u2018lubiyatga uchraydilar. 1826-yilda La-Plata birlash\u00adgan provinsiyalari Argentina Federativ Respublikasi deb ataladi. XX asrda bir qator harbiy to\u2018ntarishlar amalga oshirilib, oqibatda hokimiyatga 1946-1955 va 1973-1974-yillarda Argentinada hukmronlik qilgan X.D.Peron keladi. 1982-yilda Malvin (Folklend) orollari masalasi bo\u2018yicha harbiy to\u2018qnashuvda Buyuk Britaniyadan mag\u2018lubiyatga uchragan Argentinada harbiy xunta ag\u2018darilib, 1983-yildan hokimiyat tepasiga fuqarolik hukumati keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Argentina Respublikasi. Poytaxti \u2014 Buenos-Ayres. Hududi \u2014 2778417 km.kv. Aholisi \u2013 41,6 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 pyeso.\u00a0 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/argentina-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[177],"tags":[],"class_list":["post-22864","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-janubiy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22864","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22864"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22864\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22876,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22864\/revisions\/22876"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22864"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22864"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22864"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}