{"id":22875,"date":"2022-03-29T13:11:10","date_gmt":"2022-03-29T10:11:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22875"},"modified":"2022-03-29T13:11:10","modified_gmt":"2022-03-29T10:11:10","slug":"chili-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chili-2\/","title":{"rendered":"Chili"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Chili Pespublikasi. Poytaxti \u2014 Santyago. Hududi \u2014 756626 km.kv. Aholisi 17 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 chili pyesosi.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubiy Amerikaning janubi g\u2018arbiy sohilida joylashgan davlat. Sharqda \u2014 Argentina (chegara uzunligi \u2014 5150 km) va Boliviya (861 km), shimola \u2014 Peru (160 km) davlatlari bilan chegaradosh. G\u2018arbda va janubda mamlakat Tinch okeani bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzun\u00adligi \u2014 6171 km. Sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 6435 km. Mamlakat shimoldan janubga Tinch okean bo\u2018ylab 4300 km cho\u2018zilgan. Chili hududini 3 ta flzik-geografik hudud tashkil etadi: sharqda \u2014 And tog\u2018lari, markazda \u2014 Uzun vodiy va pasttog\u2018lar, shimolda \u2014 Atakama cho\u2018li joylashgan. Mamlakat markazida joylashgan vodiyning uzunligi \u2014 1000 km, eni \u2014 40- 80 km bo\u2018lib, aholi zich joylashgan hudud hisoblanadi. Eng baland nuqtasi \u2014 Oxos-del-Salado (6880 m) tog\u2018i. Vulqonlar ko\u2018p, zilzilalar tez-tez bo\u2018lib turadi. Asosiy daryolari: Loa, Elki, Maypo, Akongagua. Chilining janubida ko\u2019llar bor. Asosiy tabiiy boyliklari: mis, temir rudasi, qimmatbaho metallar, molibden, yog\u2018och. Haydaladigan yerlar hududining 7%, o\u2019rmon va to\u2018qaylar 21%, yaylov va o\u2019tloqlar 18% ini tashkil etadi. Iqlimi: shimolda \u2014 tropik cho\u2018l, markazda \u2014 subtropik va o\u2018rta dengiz tipli, janubida \u2014 mo\u2018tadil okean tipli. Tamarugo, notofagus, kanelo, alerse daraxtlari mavjud. Hayvonot dunyosi puma, tulki, bronenoses, kiyik, kolokolo mushugi, skuns, magellan iti, kaltakesaklar, to\u2018tiqush, o\u2018rdak, kondorlardan iborat.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. 12 region va alohida poytaxt okrugi mamlakat tarkibiga kiradi. Mustaqillikka Chili 1810-yilning 18-sentabrida erishdi (avval Ispaniya mustamlakasi). Ushbu kun milliy bayram \u2014 Mustaqillik kuni deb qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 Senat (yuqori palata) va Deputatlar (quyi palatasi)dan iborat Milliy Kongress. Asosiy siyosiy partiyalari: Xristian-demokratik partiya, Chili birlashgan sotsialistik partiyasi, Demokratiya uchun partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Mamlakat sanoatining asosiy tarmog\u2018i tog\u2018-kon sanoatidir. Chili mis eksport qilish bo\u2018yicha dunyoda yetakchi- lardan hisoblanadi. Sanoatning boshqa tarmoqlarini metallurgiya, yog\u2018ochni qayta ishlash, oziq-ovqat, to\u2018qimachilik tashkil etadi. 0\u2018rmonchilik va baliqchilikni o\u2018z ichiga olgan qishloq xo\u2018jaligi YIMning 7% ini tashkil etadi. Chorvachilik rivojlangan. Bug\u2019doy, dukkaklilar, qandlavlagi, kartoshka, uzum, mevalar yetishtiriladi. Chili mevalar, baliq va yog\u2018och mahsulotlarining yirik eksportchisidir. Asosiy savdo hamkorlari: YH davlatlari, AQSH, Yaponiya, Braziliya. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 7766 km, avtomobil yo\u2019llari \u2014 79025 km, ichki suv yo\u2018llari \u2014 725 km. Asosiy portlari: Ikike, Valparaiso.&nbsp; &nbsp;Tarixi.&nbsp;Araukanlar yashagan hozirgi Chili hududi 1520-yilda portugaliyalik dengizchi F.Magellan tomonidan kashf etiladi. 1536-yildan ispanlar mustamlakachilik siyosatini boshlashadi. 1541-yilda Santyagoga asos solinadi, Chili esa Peru vitse-qirolligi tarkibiga kiritiladi. Nodir metallarning yo\u2018qligi va mamlakat materikning asosiy kommunikatsiyalaridan uzoqligi tufayli metropoliya Chiliga katta qiziqish bildirmasdi. 1818-yilda Ispaniyadan mustaqillikka erishgandan so\u2018ng Chilida bir necha bor davlat to\u2018ntarishlari bo\u2018ladi. 1879-1883-yillardagi Tinch okean urushi natijasida Chili mis konlariga boy bo\u2019lgan Atakamaga ega boladi. Mis konlaridan unumli foydalanish iqtisodiy taraqqiyotni yuqori darajaga olib chiqadi. 1964-1970-yillardagi xristian-demokratlar hukmronligidan so\u2018ng hokimiyatga S. Alende boshliq sotsialistlar keladi. Bu hukumat iqtisodni davlat mulkiga aylantirish va yer islohoti o\u2019tkazishini e\u2019lon qiladi. 1973-yilning sentabrida mamlakatda harbiy to\u2018ntarish bolladi. Prezident S. Alende o\u2019ldiriladi, hokimiyatni esa general Pinochet boshliq harbiy xunta egallaydi. Iqtisodiy islohotlarning o\u2018tkazilishi va chet el investitsiyalarining jalb qilinishi Pinochetga Chilini Janubiy Amerikada iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish imkonini beradi. Biroq Chili xalqining ichki siyosatdan noroziligi va jahon hamjamiyatining harbiy xuntani qoralashi Pinochetni konstitutsiyaga o\u2018zgartirishlar kiritishga majbur etadi. 1990-yilda parlament saylovlari o\u2018tkaziladi va unda xristian-demokratlar g\u2018olib chiqishadi. 1994-yilgi prezident saylovlarida ham xristian-demokratlar g\u2018olib chiqishadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Chili Pespublikasi. Poytaxti \u2014 Santyago. Hududi \u2014 756626 km.kv. Aholisi 17 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 chili pyesosi.\u00a0 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chili-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[177],"tags":[],"class_list":["post-22875","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-janubiy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22875","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22875"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22875\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22887,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22875\/revisions\/22887"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22875"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22875"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22875"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}