{"id":22888,"date":"2022-03-29T13:14:27","date_gmt":"2022-03-29T10:14:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22888"},"modified":"2022-03-29T13:14:28","modified_gmt":"2022-03-29T10:14:28","slug":"ekvador","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekvador\/","title":{"rendered":"Ekvador"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Ekvador Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kito. Hududi \u2013 272 ming km.kv. Aholisi 13 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 sukre.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubiy Amerikaning shimoli g\u2018arbidagi davlat. Janub va sharqda Peru (chegaraning uzunligi \u2014 1420 km), shimolda Kolumbiya (590 km) bilan chegaradosh. G\u2018arbda Tinch okeani bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunli\u00adgi \u2014 2010 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 2237 km. Mamlakat uchta geografik hududga bo\u2018linadi. G\u2018arbda maksimal kengligi 150 km bo\u2018lgan sohilbo\u2019yi tekisligi \u2014 Kosta joylashgan. Mamlakat markazida, Sharqiy Kordilyera va G\u2018arbiy Kordilyera tog\u2018lari orasida uzunligi 600 km, kengligi 100-200 km, o\u2018rtacha balandligi 2500 km bo\u2018lgan Serra togiigi yotadi. Sharqiy Kordilyerada harakatdagi vulqonlar ko\u2018p bo\u2018lib, ular orasida 5230 m balandlikdagi Sangay vulqoni faolligi bilan ajralib turadi. G\u2018arbiy Kordilyerada mamlakatning eng baland nuqtasi \u2014 Chamboroso (6310 m) joylashgan. Ekvadoming sharqiy qismini, deyarli yarim hududini, Oryende \u2014 Sharqiy changalzorlari egailaydi. Bu joylarga inson qadami yetmagan, aholi yashamaydi. Changalzorning ko\u2018p qismlari tadqiq etilmagan.changalzordan Amazonkaga quyiladigan daryolar \u2014 Napo, Pastasa, Tigre va boshqa daryolar oqib o\u2018tadi. Asosiy tabiiy resurslari: neft, yog\u2018och, baliq. Hududi\u00adning 6%ini haydaladigan yerlar, 51%ini o\u2018rmon va to\u2019qaylar, 17% ini yaylov va o\u2018tloqlar tashkil etadi.\u00a0 Iqlimi \u2014 sohilbo\u2018yida ekvatorial, tog\u2018li hududlarida salqin. Tekislik va tog\u2018 yonbag\u2018irlari ekvatorial o\u2018rmonlar bilan qoplangan. Tog\u2018larda adir o\u2018simliklari o\u2018sadi. Hayvonot olamini yaguar, ayiq, yovvoyi mushuk, skuns, laska, Galapagoss orollarida gigant dengiz toshbaqasi, dengiz iguanasi, pingvinlar tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 21 provinsiyaga boiingan. Galapagoss orollari ham provinsiya maqomi- ga ega. 1822-yilning 24-mayida Ekvador Ispaniyadan o\u2018z mustaqilligiga erishgan. Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 Milliy Kongress (bir palatali parlament). Yirik siyosiy partiyalari: Respublika birligi partiyasi, Sotsial-xristian partiya, Konservativ partiya, Ekvador roldosistlar par\u00adtiyasi, Demokratik so\u2018l partiya.&nbsp; Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Sanoatning asosiy tarmog\u2018i \u2014 neft qazib olish. Boshqa tarmoqlari \u2014 metallurgiya, qog\u2018oz-selluloza, oziq-ovqat, to\u2018qimachilik. Qishloq xo\u2018jaligi (baliqchilik va o\u2019rmonchilik bilan birga) YIMning 18%ini tashkil etadi. Banan, qahva, \u043a\u0430\u043a\u0430\u043e donlari, baliq, krevetka eksport qilinadi. Chorvachilik rivojlangan. Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Lotin Amerikasi davlatlari, Karib havzasi davlatlari, YI davlatlari, Yaponiya. Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 965 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 28000 km (3600 km asfaltlangan), ichki suv yo\u2018llari \u2014 1500 km. Asosiy portlari: Guayya-kil, Esmeraldas.&nbsp; Tarixi.&nbsp;XV asrda hozirgi Ekvador hududi inklar imperiyasi tarkibiga kirgan. 1526-yilda ispanlar tomo\u00adnidan kashf etilgan Ekvador Pissaro va Belalkasara boshliq konkistadorlar tomonidan 1533-yilda zabt etiladi. 1822-yilda mamlakat ispan qo\u2018shinlaridan ozod bo\u2018lib, Kito nomi bilan Buyuk Kolumbiya tarkibiga kiradi. 1830-yilning 13-mayidan Ekvador mustaqil respublika. 1941-1942-yillardagi Peru bilan urushdan so\u2018ng mamlakat qator harbiy to\u2018ntarishlarni boshidan kechirdi. 1979-yilda harbiylar hokimiyatni fuqarolik hukumatiga topshiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Ekvador Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kito. Hududi \u2013 272 ming km.kv. Aholisi 13 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 sukre.\u00a0 Geografik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ekvador\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[177],"tags":[],"class_list":["post-22888","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-janubiy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22888","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22888"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22888\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22894,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22888\/revisions\/22894"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22888"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22888"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22888"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}