{"id":22889,"date":"2022-03-29T13:14:44","date_gmt":"2022-03-29T10:14:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22889"},"modified":"2022-03-29T13:14:44","modified_gmt":"2022-03-29T10:14:44","slug":"folklend-orollari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/folklend-orollari\/","title":{"rendered":"Folklend orollari"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Folklend (Malvin) Orollari. Poytaxti \u2014 Port-Stenli. Hududi \u2014 12200 km.kv. Davlat tili ingliz. Dini \u2014 xristianlik. Pul birligi \u2014 folklend funti.\u00a0<br><strong>Geografik joylashuvi va tabiati.<\/strong>\u00a0Folklend orollari \u2014 Atlantika okeanining janubi g\u2018arbiy qismidagi arxipelag. Arxipelag ikki yirik \u2014 Soledad va Gran-Malvin orollaridan tashkil topgan. Bundan tashqari 200 ga yaqin mayda orollar ham uning tarkibiga kiradi. Orollar cho\u2019kma jinslardan tashkil topgan. G\u2018arbiy Folklend orolining eng yuqori nuqtasi \u2014 Adam tog\u2018i (706 m). \u00a0Iqlimi \u2014 salqin okean iqlimi. O\u2018simlik dunyosi kambag\u2019al, torf botqoqliklari mavjud. Hayvonot dunyosida dengiz jonivorlari ustunlik qiladi, bu yerda: tulenlar, qisqichbaqalar, baliqlarning ko\u2018plab turlari va qushlar juda ko\u2018p.<br><strong>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.<\/strong>\u00a0Orollami Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tayinlanadigan gubernator boshqaradi. Ma\u2019muriy-hududiy bo\u2018linishga ega emas. Og\u2018ir samolyotlarni qabul qilish uchun qo\u2019nish maydoni va bazasi mavjud. Siyosiy partiyalari: Folklend orollarining milliy taraqqiyot partiyasi.<br><strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0<\/strong>Mahalliy aholining asosiy mashg\u2018uloti \u2014 qo\u2018ychilik, baliqchilik. Qoramol va otlar ham boqiladi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish va junga qayta ishlov berish fabrikalari ham mavjud. Kartoshka, karam, piyoz, lavlagi, arpa kabi madaniy o\u2018simliklar yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, Argentina.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Tarixi.<\/strong>\u00a0Arxipelagni o\u2019rganish uchun birinchi jiddiy urinish golland dengizchisi Sebald Veyert tomonidan amalga oshirildi. Orollarga Sebaldin orollari nomi berilib, ular geografik xaritalarga kiritildi. 1760-yil yanvarida inglizlar g\u2018arbiy va sharqiy orollami ajratib turgan bo\u2018g\u2018ozni kashf qilishdi va unga ingliz floti g\u2018aznachisi lord Folklend nomini beradilar. Keyinchalik butun arxipelag shu nom bilan atala boshlandi. XVIII asrda orollarga San-Malo portidan yo\u2018lga chiqqan fransuz dengizchilari serqatnov bo\u2018lib qolishdi. Shu tariqa bu arxipelag o\u2018zining ikkinchi, Malvin orollari nomiga ega boidi. Bu nom rasman Argentina va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlarida ishlatiladi. 1764-yilda Malvin orollariga mashhur dengizchi Lui Antuan de Bugenvil boshchiligidagi dengiz ekspeditsiyasi kelib tushdi. U Soledadning sharqiy qirg\u2018oqlarida doimiy manzilgoh \u2014 Port-Sen-Luiga asos soldi. Aynan shu yerda orollar Fransiya mulki deb e\u2019lon qilindi. Buyuk Britaniya Fransiyani arxipelagdan siqib chiqarishga uringan. 1765-yilda ingliz dengizchisi Jon Bayron shar\u00adqiy Folklendga qurollangan otryad tushirib, Port- Egmont fortiga asos solib, orollarni ingliz mulki deb e\u2019lon qildi. Angliya va Germaniya bilan olib borilgan yetti yillik urushda band boigan Fransiya arxipelagni Ispaniyaga 25 ming funt-sterlingga sotib yubordi. Ispaniya va Angliya munosabatlari shu darajada keskinlashdiki, harbiy to\u2018qnashuv yuz berishi tayin bo\u2018lib qoldi. Uzoq davom etgan mojarolardan so\u2018ng Ispaniya Angliyaga Port-Egmontni qaytarib berishi uchun rasmiy London arxipelag suverenitetidan voz kechishga majbur edi. Biroq inglizlar 1774-yil orollami Buyuk Britaniya mulki deb e\u2019lon qilgan holda o\u2018z gamizonini olib chiqib ketdi. Keyingi yillarda Riodelya-Plata vitse-qirolligining tarkibiy qismi deb e\u2019lon qilingan Malvin orollariga Ispaniya va Janubiy Amerikadan ko\u2018chmanchilar kelib o\u2018rnasha boshladi. XIX asr boshlarida Buyuk Britaniya butun La-Plata hududini bosib olishga urindi. Biroq inglizlar mahalliy aholining jiddiy qarshiligiga duch keldi. 1816-yili La-Plataning birlashgan provinsiyalari Ispaniyadan mustaqilligini e\u2019lon qilib, 1826-yilda Argentina respublikasini ta\u2019sis etgan konstitutsiyani qabul qildi. Malvin orollari va kontinental shelf doirasidagi barcha ispan orollari respublika tarkibiga kiritildi. 1820-yilda kapitan Devid Juitt boshchiligidagi \u00abEroina\u00bb argentin fregati Malvin orollariga yetib keldi va bu yerda Argentina respublikasi bayrog\u2018i ko\u2019tarildi. 1833-yilning 3-yanvarida inglizlar Soledaddan X.M.Mineda boshchiligidagi harbiy va fuqarolik hukumatni va shu yerda qolgan argentinaliklarni quvib chiqardi. Argentina hech qachon Buyuk Britaniyaning arxipelagga bo\u2018lgan hududiy huquqlarini tan olmagan va bir yarim asr davomida orolning mustaqilligi tiklanishini talab qilib kelmoqda. 1982-yili Folklend orollariga egalik qilish uchun Buyuk Britaniya va Argentina o\u2019rtasida mojaro yuz beradi. Bir yarim oy davom etgan harbiy mojaro Argentinaning mag\u2018lubiyati bilan tugaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Folklend (Malvin) Orollari. Poytaxti \u2014 Port-Stenli. Hududi \u2014 12200 km.kv. Davlat tili ingliz. Dini \u2014 xristianlik. Pul birligi \u2014 folklend funti.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Folklend orollari \u2014 Atlantika &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/folklend-orollari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[177],"tags":[],"class_list":["post-22889","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-janubiy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22889","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22889"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22889\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22895,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22889\/revisions\/22895"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22889"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22889"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22889"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}