{"id":22904,"date":"2022-03-29T13:22:15","date_gmt":"2022-03-29T10:22:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22904"},"modified":"2022-03-29T13:22:16","modified_gmt":"2022-03-29T10:22:16","slug":"burundi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/burundi-2\/","title":{"rendered":"Burundi"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Burundi Respublikasi. Poytaxti \u2014 Bujumbura. Hududi \u2014 27834 km.kv. Aholisi \u2013 8,7 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 fransuz, kirundi. Dini \u2014 katoliklar (73%), majusiylar (22%), protestantlar (5%). Pul birligi \u2014 burundi franki.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Sharqiy Afrikada joylashgan davlat. Shimolda Ruanda, sharqda va janubda \u2014 Tanzaniya, g\u2018arbda Kongo Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. G\u2018arbiy chegarasining bir qismi Tanganika ko\u2018li bo\u2018ylab o\u2018tgan. Mamlakat hududining katta qismi asosan slanes va qum-toshdan iborat bo\u2018lgan yassitog\u2018liklar egallagan. Eng yuqori nuqtasi \u2014 Xexa tog\u2018i (2670 m). Iqlimi \u2014 subekvatorial. Tabiati o\u2018ziga xos bo\u2018lib, yassitog\u2018li hududlarida akatsiyalar va palmalar uchraydi- gan savannalar hukmron. Ba\u2019zi joylarda park o\u2018rmonlari uchraydi. Hayvonot dunyosi boy bo\u2018lib, bu yerda fil, timsoh, qoplon, begemot, yovvoyi cho\u2018chqa kabi hayvonlarni uchratish mumkin. Qushlar ham ko\u2018p. Qazilma boyliklaridan uran, nikel, mis, kobalt, vanadiy, torf mavjud.\u00a0 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Hukumat boshlig\u2018i \u2014 premyer-ministr. Burundi 15 ta viloyatga bo\u2018lingan. Siyosiy partiyalari \u2014 Burundi demokratiya tarafdorlari fronti, Milliy birdamlik va taraqqiyot partiyasi.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Bu\u00adrundi \u2014 agrar mamlakat. Yog\u2018ochni qayta ishlash, to\u2018qimachilik, sement ishlab chiqarish, qishloq xo\u2019jaligi xomashyosini qayta ishlash korxonalari faoliyat ko\u2018rsatmoqda. Baliqchilik, chorvachilik, qahva, choy, paxta yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Belgiya, Fransiya, Germaniya, Tanzaniya, Yaponiya, AQSH.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Tva pigmeylari Burundining tub aholisi hisoblanadi. Tvalarning katta qismini assimiliatsiya qilgan xutular XIV asrda paydo bo`lgan. XV asrda tutsilar kirib kelganidan so\u2018ng Ruandadagi kabi bu yerda ham qirollik tashkil etildi. XIX asrning 80-yillarida Burundi (bu davrda Urundi) Ruanda bilan birga nemislar tomonidan ishg\u2018ol qilinib, German Sharqiy Afrikasi tarkibiga qo\u2018shildi. Birinchi jahon urushidan so\u2018ng Belgiyaga Ruanda-Urundi hududlari boshqaruv mandati topshirildi. 1962-yil 1-iyulda Burundi konstitutsion monarxiya sifatida mustaqillikka erishdi. 1966- yilgi harbiy to\u2018ntarishdan so\u2018ng mamlakat respublika deb e\u2019lon qilindi. 1989-yillarda davlatda xutu va tutsilar o\u2018rtasida harbiy to\u2018qnashuvlar boshlandi. 2004-yilda Burundiga xalqaro harbiy kuchlar kiritilishi natijasida fuqarolar urushi va etnik to\u2018qnashuvlarga barham berildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Burundi Respublikasi. Poytaxti \u2014 Bujumbura. Hududi \u2014 27834 km.kv. Aholisi \u2013 8,7 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 fransuz, kirundi. Dini \u2014 katoliklar (73%), majusiylar (22%), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/burundi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22904","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22904","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22904"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22904\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22916,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22904\/revisions\/22916"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22904"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22904"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22904"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}