{"id":22905,"date":"2022-03-29T13:22:26","date_gmt":"2022-03-29T10:22:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22905"},"modified":"2022-03-29T13:22:27","modified_gmt":"2022-03-29T10:22:27","slug":"gabon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gabon\/","title":{"rendered":"Gabon"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Gabon Respublikasi. Poytax\u00adti \u2014 Librevil. Hududi \u2013 267,7 ming \u00a0km2. Aholisi \u2013 1,5 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 fransuz. Dini \u2014 xristianlik (60%), majusiylik (39%), islom (1%). Pul birligi \u2014 afrika franki.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Afrikaning g\u2018arbida joylashgan davlat. Sharqda va janubda Kongo (chegara uzunligi \u2014 1903 km), shimol\u00adda va g\u2019arbda Kamerun va Ekvatorial Gvineya bilan chegaradosh (648 km). G\u2018arbda Gabon Atlantika okeaniga tutashib ketgan. Asosiy yirik daryosi \u2014 Ogove. Asosiy tabiiy boyliklari \u2014 neft, uran, oltin, temir rudasi, marganes. Hududining 78% i namlik darajasi yuqori bo\u2018lgan tropik o\u2018rmonlar bilan qoplangan. Gabon hududining deyarli o\u2018rtasidan ekvator kesib o\u2018tadi. Iqlimi \u2014 nam va issiq. Hayvonot dunyosi o\u2018ta boy va xilma-xil. Fil, qo\u2018tos, antilopa, qoplon va boshqalar shular jumlasidandir.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezidentlik respublikasi. Mamlakat 9 ta viloyatdan iborat. Gabon 1960-yilning 17-avgustida o\u2018z mustaqilligiga erishgan. 17-avgust Milliy mustaqillik kuni sifatida bayram qilinadi. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Hukumat va Bosh vazir prezident tomonidan tayinlanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organ bir palatali parlament \u2014 Milliy Majlis. Mamlakatda 70 dan oshiq siyosiy partiyalar mavjud. Ularning eng yiriklari \u2014 Gabon Demokratik Partiyasi, Gabon Taraqqiyoti Partiyasi va Milliy Uyg\u2018onish harakati.\u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Yirik miqdordagi tabiiy boyliklarga ega bo\u2019lganligi sababli Gabon Afrikaning rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotning yetakchi sohasi neft eksportidir. Bundan tashqari sanoatning boshqa sohalari \u2014 yog\u2018ochni qayta ishlash, to\u2018qimachilik, kon ishlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo\u2019jaligida asosan shakarqamish, \u043a\u0430\u043a\u0430\u043e, banan, makkajo\u2018xori va sholi yetishtiriladi. Eksportga neft, marganes, toshko\u2018mir, uran xom-ashyosi chiqariladi. 2006-yil YIM miqdori 9227 mln dollarni (aholi jon boshiga \u2014 5900 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari Fransiya, AQSH va Yaponiya. Yirik portlari: Libervil, Port-Jantil.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Bugungi Gabon hududi XV asrda portugallar tomonidan ochilgan. Gabonni mustamlakalashtirish jarayoni uning 1889-yilda Fransuz Kongosiga qo\u2018shilishi bilan yakunlandi. Gabon 1910-yilda Fransuz Ekvatorial Afrikasining tarkibiy qismiga aylandi. 1960-yildan Gabon o\u2018z mustaqilligiga erishdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Gabon Respublikasi. Poytax\u00adti \u2014 Librevil. Hududi \u2013 267,7 ming \u00a0km2. Aholisi \u2013 1,5 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 fransuz. Dini \u2014 xristianlik (60%), majusiylik (39%), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gabon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22905","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22905","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22905"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22905\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22917,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22905\/revisions\/22917"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22905"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22905"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22905"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}