{"id":22929,"date":"2022-03-29T13:29:09","date_gmt":"2022-03-29T10:29:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22929"},"modified":"2022-03-29T13:29:10","modified_gmt":"2022-03-29T10:29:10","slug":"keniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/keniya\/","title":{"rendered":"Keniya"},"content":{"rendered":"\n<p>\u00a0Rasmiy nomi \u2014 Keniya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Nayrobi. Hududi \u2013 580,4 ming km.kv. Aholi\u00adsi \u2013 39,1 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ingliz va suaxili. Dini \u2014 aholisining deyarli yarmi mahalliy majusiylar, xristianlar (35%), musul monlar, hinduizm. Pul birligi \u2014 keniya funti.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Keniya Afrika qit\u2019asining sharqiy qismidagi davlat. G\u2018arbda Uganda (chegara uzunligi \u2014 933 km), shimolda Efiopiya (830 km) va Sudan (232 km), sharqda Somali (682 km), janubda Tanzaniya (769 km) bilan chegaradosh. Sharqda Hind okeani bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 3446 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 536 km. Keniya Sharqiy Afrika yassitog\u2018ligining shimoli sharqiy qismini egallaydi. Markazda eng baland nuqtasi 5199 m boigan Keniya tog\u2018i va tog\u2018 tizmalari joylashgan. Asosiy daryolari: Gana (Ozi) va Galana. Mamlakat hududida Rudolf ko\u2019li va qisman Viktoriya koii joylashgan. Asosiy foydali qazilmalan: oltin, baritlar, yoqut, ohaktosh. Iqlimi \u2014 ekvatorning yuqori qismida issiq va quruq; janubiy qismi uch iqlimli zonaga bo\u2018linadi. Sohil bo\u2019ylarida sernam iqlim, tog\u2019li yerlarda mo\u2019tadil iqlim, Viktoriya ko\u2019li havzasida esa issiq, sernam iqlim. Keniyada akatsiya, sutlama, boshoqli o\u2018simliklar o\u2019sadi. Tropik o\u2018rmonli hududlarda rausoniya, dripetis, \u043a\u0430\u0440 kashtani, qora archa o\u2018sadi. Keniyaning milliy parklarida antilopalar, ohular, zebralar podasi saqlangan, shuningdek, fillar, jirafalar, sherlar, qoplonlar, qo\u2019toslar, karkidonlar ham bor. Qushlarning turi ko\u2019p: tuyaqushlar, kotib qush, tuvaloqlar, marabular, kalxatlar, qizil g\u2018ozlar va h.k.\u00a0 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezidentlik respublikasi. Ma\u2019muriy jihatdan 7 ta provinsiya va poytaxt okrugiga bo\u2019linadi. Keniya mustaqillikni 1963-yil 12-dekabrda qo\u2018iga kiritgan (12-dekabr \u2014 Milliy bayram \u2014 Mustaqillik kuni). Ijro etuvchi hokimiyat prezident \u2014 davlat va hukumat boshlig\u2018i qo\u2018lida. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 bir palatali parlament \u2014 Milliy Assambleya. Asosiy siyosiy partiyalari: Keniya Milliy Afrika Ittifoqi (KMAI), Demokratiyani tiklash uchun forum (DTUF), Demokratik partiya (DP).<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Keniya iqtisodi barqaror rivojlanib borayotgan kam sonli Afrika davlatlaridan biridir. Iqtisodining yetakchi tarmog\u2018i qishloq xo\u2018jaligi. Asosiy mahsulotlari: qahva, choy, sholi, g\u2018alla, paxta, shakarqamish. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 YI, Afrika davlatlari, AQSH. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 2650 km, avtomobil vollari \u2014 64590 km. Asosiy portlari \u2014 Mombasa, Lamu.&nbsp; Tarixi.&nbsp;Keniya hududlarini VIII asrda arablar o\u2018z mustamlakalariga aylantirdilar. XI-XV asrlarda bu yerda shahar davlatlari tashkil topdi. XV asr oxirlaridan hozirgi Keniya hududi arablar va portugallar o\u2018rtasidagi kurash maydoniga aylandi. XVII asr boshlarida Keniya hududlaridagi barcha shahar davlatlarni o\u2018ziga bo\u2018ysundirgan Ummon saltanati 1894-yilda Britaniya protektoratiga aylandi. Mamlakat hududi 1920-yilda Keniya nomi bilan Britaniya mustamlakasi bo\u2018lib qoldi. 1952-yilda mahalliy qabilalarning qo\u2018zg\u2018olonlari avj olishi oqibatida inglizlar 1961-yilda Keniyaning o\u2018z-o\u2018zini idora qilish huquqini tan olishga majbur bo\u2018ldilar. 1963-yildan boshlab Keniya Britaniya Hamdo\u2018stligi tarkibidagi mustaqil davlat hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0Rasmiy nomi \u2014 Keniya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Nayrobi. Hududi \u2013 580,4 ming km.kv. Aholi\u00adsi \u2013 39,1 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ingliz va suaxili. Dini \u2014 aholisining deyarli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/keniya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22929","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22929","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22929"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22929\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22941,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22929\/revisions\/22941"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22929"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22929"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22929"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}