{"id":22951,"date":"2022-03-29T13:37:35","date_gmt":"2022-03-29T10:37:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22951"},"modified":"2022-03-29T13:37:36","modified_gmt":"2022-03-29T10:37:36","slug":"madagaskar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madagaskar\/","title":{"rendered":"Madagaskar"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Madagaskar Respublikasi. Poytaxti \u2014 Antananarivu. Hududi \u2014 587041 km.kv. Aholisi \u2013 20 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 malagasi va fransuz. Dini \u2014 majusiylik (50%), xristianlik (37%), islom (5%), Pul birligi \u2014 malagasi franki.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Hind okeanining janubi-g\u2018arbiy qismidagi Madagaskar orolida joylashgan davlat. Madagaskar oroli Afrikaning sharqiy qirg\u2018oqlaridan Mozambik bo\u2018g\u2018ozi bilan ajralgan bo\u2018lib, kattaligi jihatidan dunyoda 4-o\u2018rinda turadigan oroldir. Sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 4828 km. Orolning butun sharqiy qismida shimoldan janubga qarab vulqon yassitog\u2018ligi cho\u2018zilib ketgan boiib, uning eng yuqori qismi shimolda joylashgan Saratona massividir. Unda mamlakatning yuqori nuqtasi Moromonotro tog\u2018i (2876 m) bor. Sharqiy sohil bo\u2018ylab ingichka qirg\u2018oqbo\u2018yi tekisligi o\u2018tgan. Orolning g\u2019arbida katta quyi pasttekisliklar mavjud. Mamlakatning asosiy daryolari \u2014 Manguki, Bemorivu, Betsibuka. Eng katta ko\u2018li \u2014 Alaotra. Orolda nikel, kobalt, grafit konlari bor. Boshqa tabiiy resurslardan baliq va dengiz mahsulotlari ko\u2018p olinadi. Ishlov beriladigan yerlar umumiy yerlarning 4% ini, o\u2018tloq va yaylovlar \u2014 58% ini, o\u2018rmon va changalzorlar 26% ini tashkil qiladi. Iqlimi \u2014 tropik.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat tarkibida 6 ta faritani (provinsiya) bor. Madagaskaming mustaqilligi 1960-yil 26-iyunda e\u2019lon qilingan (ilgari Fransiya mustamlakasi bo\u2018lgan). Bu sana milliy bayram sifatida nishonlanadi. Qonunchilik Fransiya fuqarolik huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyat prezidentga (davlat boshlig\u2018i) va premyer-ministrga (Ministrlar Kengashi raisi) tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament \u2014 Senat (yuqori palata) va Milliy yig\u2018in (quyi palata) tomonidan amalga oshiriladi. Asosiy siyosiy partiyalari: Taraqqiyot va demokratiya uchun milliy ittifoq, Madagaskar mustaqilligi kongressi partiyasi, Madagaskar yangilanish avangardi partiyasi, Fixaonan par\u00adtiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Madagaskar \u2014 dunyoning kambag\u2018al davlatlaridan biri bo\u2018lib, iqtisodiyotida asosiy sektor \u2014 agrar (baliqchilik va o\u2018rmonchilik qo\u2018shilganda) sektor hisoblanadi. Bu tarmoq YIMning 40% ini va eksportdan tushadigan valyuta tushumining 70% ini beradi. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari qahva va shirinliklar. Sanoat (YIMning 20% i) qishloq xo\u2018jalik mahsulotlarini qayta ishlash va to\u2018qimachilik bilan cheklangan. Sanoatni rivojlantirish davlat tomonidan ta\u2019minlanadi. Chet el investitsiyasi bilan ishlayotgan korxonalar, chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, ularning ehtiyot qismlariga qattiq nazorat o\u2018matilgan. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Yaponiya, Rossiya, Germaniya, AQSH. Temiryo`llarining umumiy uzunligi \u2014 1020 km, avtomobil yo\u2018llaming uzunligi \u2014 40000 km (4694 km \u2014 qattiq qoplamali yo\u2018llar). Asosiy portlari: Anseranana, Maxadzonga, Tuamasina, Tuliara.Tarixi.&nbsp;XII asrda kelib chiqishi indoneziyalik va afrikalik bo\u2018lgan xalqlar kelib joylashishdi va arablarning dastlabki shahar koloniyalari paydo bo\u2018ldi. XIV-XV asrlarda esa orolning markaziy qismida Imerin davlati vujudga keldi. Orolni yevropaliklardan birinchi bo\u2018lib 1500-yili portugal sayyohi Diyego Dias ochdi. XVII asrda orol hududi ko\u2018plab mayda knyazliklarga bo\u2018linib ketgan edi. XVIII asrda ular yagona Merina qirolligiga birlashishdi. Madagaskar 1885-yili Fransiya protektorati, 1896-yili esa mustamlakasiga aylandi. 1958-yili o\u2018z-o\u2018zini boshqarish huquqini qo\u2018lga kiritgan Madagaskar 1960-yili mustaqil davlat bo\u2018ldi. 1972-yili mamlakatda harbiy to\u2018ntarish o\u2018tkazildi, 1975-yili esa prezident Ritsiroka mamlakatni Madagaskar Demokratik Respub\u00adlikasi deb e\u2019lon qildi. 1991-yili mamlakatda hukmron avtoritar tartiblarga qarshi chiqishlar bo\u2018ldi, biroq ular shafqatsiz bostirildi. 1993-yili prezident saylovlarida muxolifatchi kuchlar lideri Zofi g\u2018alaba qozondi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Madagaskar Respublikasi. Poytaxti \u2014 Antananarivu. Hududi \u2014 587041 km.kv. Aholisi \u2013 20 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 malagasi va fransuz. Dini \u2014 majusiylik (50%), xristianlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/madagaskar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22951","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22951","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22951"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22951\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22963,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22951\/revisions\/22963"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22951"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22951"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22951"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}