{"id":22956,"date":"2022-03-29T13:38:27","date_gmt":"2022-03-29T10:38:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22956"},"modified":"2022-03-29T13:38:28","modified_gmt":"2022-03-29T10:38:28","slug":"marokash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/marokash\/","title":{"rendered":"Marokash"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Marokash Qirolligi. Poytaxti \u2014 Rabot. Hududi \u2014 446550 km.kv. Aholisi \u2013 34,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islorn (98,7%). Pul birligi \u2014 Marokash dirhami.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Shimoli-g\u2018arbiy Afrikada joylashgan davlat. Janubi-sharada va sharqda Jazoir bilan (chegara uzunligi \u2014 1559 km), janubda G\u2018arbiy Sahroyi Kabir bilan (443 km) chegara\u00addosh. Mamlakat g\u2018arbda Atlantika okeani bilan, shimol\u00adda 0\u2018rtayer dengizi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 2002 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi esa 1835 km. Qirg\u2018oqbo\u2018yi tekisliklarining eni 1600 km gacha boradi. Janubi-g\u2018arbdan janubi-sharqqa qarab butun mamlakat orqali tog` tizmasi cho\u2018zilib ketgan bo\u2018lib, ularga Ar-Rif, O\u2018rta Atlas, mamlakatning eng yuqori tog\u2018i Tubkal (4165 m) joylashgan Yuqori Atlas va Antiatlas kiradi. Janubida va janubi-sharqida qumli va toshli cho\u2018l \u2014 Sahroi Kabir joylashgan. Daryolari \u2014 Muluya va Sebu davriy ravishda kuchli yomg\u2018irlar natijasida to\u2018lib oqadi. Asosiy tabiiy resurslari: fosforitlar, temir rudasi, qalay, rux, kobalt, mis, ko\u2018mir, neft, marganets, baliq, tuz. Shudgor qilinadigan yerlar umumiy yerlarning 18% ini, o\u2018tloq va yaylovlar esa 28% ini tashkil qiladi. Iqlimi \u2014 subtropik.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 konstitutsion monarxiya. Mamlakat uchta provinsiya (viloyat)ga bo\u2018lingan. Ular o\u2018z navbatida perfektura, okrug va kommunalarga bo\u2018linadi. Marokash 1956-yili 2-martda (ilgari Fransiya mustamlakasi bo\u2018lgan) mustaqillikka erishgan. Qonunchilik islom huquqiga, fransuz va ispan fuqarolik qonunlariga asoslangan. Davlat boshlig\u2018i \u2014 qirol \u2014 Hasan II 1961- yil 3-martdan buyon hokimiyatni egallab turibdi (bu kun Marokashning milliy bayram kuni hisoblanadi). Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament \u2014 Vakillar palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Mustaqillar milliy birlashmasi, Milliy-demokratik partiya, Konstitutsion ittifoq, Xalq harakati, Milliy Xalq harakati, Istiqlol, Xalq kuchlari- ning sotsialistik harakati, Xalq kuchlarining milliy ittifoqi, Xalq-demokratik harakati tashkiloti.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Mamlakat iqtisodiyoti 90-yillarning boshida YI mamlakatlariga to\u2018qimachilik mahsulotlarini sotishning yangilanishi, chetdan keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga narxlaming tushirilishi natijasida barqarorlasha boshladi. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: fosforitlami qazib olish va qayta ishlash (fosforitlami ishlab chiqarish bo\u2018yicha dunyoda ikkinchi o\u2018rinda turadi), oziq-ovqat, to\u2018qimachilik, teriga ishlov berish. Turizm ham faol rivojlanmoqda. Marokash oldida chet mamlakatlardan olingan katta miqdordagi tashqi qarzlaridan tashqari, yuqori darajada ishsizlik, mamlakatning tashqi iqtisodiy faktorlarga qaramligi kabi muhim muammolar turibdi. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Hindiston, Saudiya Arabistoni. Asosiy portlari: Kasablanka, Tanjer.&nbsp; Tarixi.&nbsp;\u041c. a. XII asrdayoq hozirgi Marokash hududida dastlabki Finikiya koloniyalari paydo bo\u2019lgan edi. \u041c. a. V asrda mamlakatning sohilbo\u2018yi qismlari Karfagen ta\u2019siriga tushib qoldi. \u041c. a. I asrdan V asrgacha Marokash hududi Qadimgi Rim hukmronligi ostida bo\u2018ldi. 429-yili mamlakat vandallar tomonidan bosib olindi, VI asrdan esa Vizantiya imperiyasining bir qismiga aylandi. Arablar Marokash hududiga VII asrda kirib kelishdi, 868-yili esa arablarning idrisiylar sulolasi mahalliy barbar qabilalarini o\u2018z hukmronligi ostiga birlashtirishdi. XI-XV asrlarda hokimiyatni barbarlarning almoraviylar sulolalari egallab turishdi. XV-XVI asrlarda Marokashning bir qismi Portugaliya va Ispaniya tomonidan bosib olindi. Saodatiylar sulolasi yevropaliklarga qarshi sulolaning yorqin vakillaridan biri Ahmad al-Mansur podsholigi davri (1578-1603)da ayniqsa, muvaffaqiyatli kurash olib borishdi. XVII asrda hokimiyatga alaudiylar sulolasi kelgan bo\u2018lib, hozirgi kungacha taxtni egallab turishibdi. Alaudiylar sulolasining taniqli vakillaridan biri Ismoil mamlakatni birlashtirishga, mamlakat ichkarisidagi fitnalarga barham berishga va turklar hujumini qaytarishga muvaffaq bo\u2018ldi. XIX asrda Marokash hududini egallab olish uchun Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlari raqobat qilishdi, 1912-yili esa mamlakatning katta qismi Fransiya protektoratiga aylandi, ozgina hudud Ispaniya boshqaruvi ostiga o\u2018tdi. XX asrning 20-yillarida mamlakatda boshlangan Ikkinchi Jahon urushi yillarida kuchaygan milliy ozodlik harakatlari 1956-yil 3-martda Marokashning mustaqil bo\u2018lishiga olib keldi. Marokash\u00adning Ispaniyaga tegishli qismi 1956-yil 7-aprelda mustaqillik oldi, biroq ispanlar qirg\u2018oq bo\u2018yidagi bir nechta shaharlar ustidan o\u2018z nazoratini saqlab qoldi. Mustaqillikka erishganidan so\u2018ng, Marokashda turli ichki qarama-qarshiliklar va davlat to\u2018ntarishiga urinishlar bo\u2018ldi. 1975-yili Marokash G\u2018arbiy Saxarani bosib oldi. Biroq hozirgi kunga qadar Marokash qo\u2018shinlari G\u2018arbiy Saxaradagi Polisario Fronti qo\u2018zg\u2018olonchilariga qarshi to\u2018xtovsiz kurash olib bormoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Marokash Qirolligi. Poytaxti \u2014 Rabot. Hududi \u2014 446550 km.kv. Aholisi \u2013 34,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islorn (98,7%). Pul birligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/marokash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22956","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22956","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22956"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22956\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22968,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22956\/revisions\/22968"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22956"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22956"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22956"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}