{"id":22976,"date":"2022-03-29T13:45:05","date_gmt":"2022-03-29T10:45:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22976"},"modified":"2022-03-29T13:45:06","modified_gmt":"2022-03-29T10:45:06","slug":"senegal","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/senegal\/","title":{"rendered":"Senegal"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Senegal Respublikasi. Poytax\u00adti \u2014 Dakar. Hududi \u2013 196,7 ming km.kv. Aholisi 12,8 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 fransuz. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 afrika franki.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrika qit\u2019asining g\u2018arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda Mavritaniya (chegara uzunligi \u2014 813 km), janubda Gvineya-Bisau va Gvineya (330 km), sharqda Mali (419 km) bilan chegaradosh. Mamlakatning markaziy qismida Gambiya daryosi bo\u2018ylab Gambiya davlati joylashgan (Gambiya bilan chegara uzunligi 740 km). G\u2018arbda Senegal Atlantika okeani bilan tutashib ketgan. Chegaralarining umumiy uzunligi \u2014 2640 km, qirg\u2018oq bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 531 km. Mamlakat hudu\u00addining katta qismi pasttekisliklardan iborat. Senegalning faqatgina janubi g\u2018arbida balandligi 500 metrga yetadigan Futa-Jallon tepaliklari bor. Asosiy daryosi \u2014 Senegal. Mamlakat hududida fosforit va temir rudasi, marmar konlari bor. Hududining 27% i ishlov beriladigan yerlar, 20% i esa o\u2018tloq va yaylovlar. Iqlimi \u2014 subekvatorial, mussonli. Senegal hududi asosan savannalardan iborat. Ko\u2018p asrlardan buyon o\u2019rmonli mavzelarda ekin ekish uchun olov qo\u2018yib yer tozalash usuli daraxtzorlarning tez yo\u2018qolishiga olib keldi. Faqatgina janubi g\u2018arbda aralash o\u2018rmonlar qisman saqlanib qolgan. Yashash sharoitlari o\u2018zgarishi tufayli yirik yowoyi hayvonlar qariyb qolmagan. Milliy bog\u2018larda fil, jirafa, qo\u2018tos va begemotlarni uchratish mumkin.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat tarkibida 10 ta viloyat bor. Senegal Fransiyadan mustaqillikni 1960-yili qo\u2018lga kiritgan. 1982-yili Senegal va Gambiya konfederatsiyasi tuzildi, lekin u 1980-yili 30-sentabrda tarqalib ketdi. Milliy bayrami \u2014 4-aprel \u2014 Mustaqillik kuni (1960). Qonunchilik fransuz fuqarolik huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyati prezident (davlat boshlig\u2019i) va Bosh vazir (Vazirlar Kengashi boshlig\u2018i) qo\u2018lida. Qonunchilik hokimiyatini bir palatali parlament \u2014 Milliy Kengash amalga oshiradi. 0\u2018n sakkizta siyosiy partiyalaridan eng yiriklari: Senegal Sotsialistik partiyasi (SSP), Senegal demokratik partiyasi (SDP), Senegal mustaqillik va mehnat partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyatari.&nbsp;Iqtisodiyotining asosiy sohasi \u2014 baliqchilik. Ishlab chiqarish baliqni qayta ishlash va qishloq xo\u2018jalik mahsulotlari, neftni tozalash va fosforit qazib chiqarish bilan cheklangan. Qishloq xo\u2018jaligida (baliqchilik bilan birga YIM \u2014 20%) mehnatga layoqatli aholining 75%i band. Asosiy qishloq xo\u2018jalik mahsulotlari \u2014 yeryong\u2019oq (ekin maydonlarining 40% ga yaqini mamlakat eksporti uchun juda muhim bo\u2018lgan ana shu ekinni yetishtirish uchun foydalaniladi), makkajo\u2018xori, tariq, sorgo, sholi, paxta. So\u2018nggi yillarda turizm tez rivojlanmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari (asosan Fransiya), Mali, Kot-d\u2019 Ivuar, Nigeriya, Jazoir. Temiryo`llarining umumiy uzunligi \u2014 1034 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 14700 km ( qattiq qoplamali yo\u2018llari \u2014 3777 km), ichki suv yo\u2018llari \u2014 897 km. Mamlakatning asosiy portlari: Dakar, Kaolak.&nbsp; Tarixi.&nbsp;IX asrda tukuler qabilalari yashaydigan hozirgi Senegal hududida Tekrur qirolligi shakllangan bo\u2018lib, XIV asrda undan Serer va Uolof qirolliklari ajralib chiqqan. XVI asrda hozirgi Senegal hududidagi davlatlar Mali imperiyasi tarkibiga kiradi. XV asrdan boshlab mamlakat portugal dengizchilari tomonidan tadqiq etildi, biroq mamlakatni mustamlakaga aylantirish XVII asrning boshlarida fransuzlar tomonidan boshlandi. Inglizlar ikki marta \u2014 1758-1779-yillari va 1807-1817-yillarida fransuzlarni Senegaldan quvib chiqarishdi, lekin 1854-yili Buyuk Britaniya bilan raqobatda Fransiya yengib chiqdi. 1895-yili esa Senegal fransuz mustamlakasi deb e\u2019lon qilindi. Dakar Fransuz g\u2019arbiy Afrikasi poytaxti bo\u2018lib qoldi. 1958-yili Fransuz hamjamiyati tarkibida o\u2018zini o\u2018zi boshqarish huquqini qo\u2018lga kiritgan bu mamlakat 1959-yili Mustaqil Mali federatsiyasi tarkibiga kirdi, lekin 1960-yili federatsiyadan chiqdi va mustaqil davlat deb e\u2019lon qilindi. 1963-yili mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga binoan Senegal prezidentlik respublikasi deb e\u2019lon qilindi. 1982-yili Senegal Gambiya bilan Senegambiya federatsiyasiga birlashdi. Biroq mavritan va Senegal jamoalari o\u2018rtasidagi kelishmovchiliklar 1989-yili federatsiyaning tarqalib ketishiga olib keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Senegal Respublikasi. Poytax\u00adti \u2014 Dakar. Hududi \u2013 196,7 ming km.kv. Aholisi 12,8 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 fransuz. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 afrika &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/senegal\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22976","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22976","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22976"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22976\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22987,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22976\/revisions\/22987"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22976"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22976"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22976"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}