{"id":22978,"date":"2022-03-29T13:45:42","date_gmt":"2022-03-29T10:45:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22978"},"modified":"2022-03-29T13:45:44","modified_gmt":"2022-03-29T10:45:44","slug":"somali","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/somali\/","title":{"rendered":"Somali"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Somali Demokratik Respublikasi. Poytaxti \u2014 Mogadisho. Hududi \u2013 637,7 ming km.kv. Aholisi \u2013 9,6 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 somali va arab. Dini \u2014 islom (99% aholi musulmon sunniylar). Pul birligi \u2014 somali shillingi.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrikaning sharqiy qismida, Somali yarimorolida joylashgan davlat. G\u2018arbda Efiopiya (chegara uzunligi \u2014 1660 km), janubi g\u2018arbda Keniya (682 km), shimoli g\u2019arbda Jibuti (58 km) bilan chegaradosh. Sharqda va janubda mamlakat Hind okeani bilan, shimolda Aden ko\u2018rfazi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 2340 km. Sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi esa \u2014 3025 km. Mamlakat relyefi tekis va tepalikli tekisliklardan, shimolda tepaliklardan iborat. Somalida uran, temir rudasi, boksitlar, qo\u2018rg\u2018oshin, surma, mis zahiralari bor. Iqlimi \u2014 quruq va issiq tropik. Somalining deyarli 90% hududi yarimcho\u2019llar va quruq savannalardan iborat. Bu yerda ko\u2018p yillik o\u2018tlar, akatsiyalar ko\u2018p. 0\u2018rmonlarida palmalar, 20 metrli fikuslar bor. Savannalarda antilopa, zebra, jirafa va qoplonlar yashaydi. Daryo havzalarida fillar, karkidonlar uchraydi. Maymunlar ko\u2018p. Somalining markaziy qismida balandligi 7 metrgacha bo\u2019lgan termit uyalari bor.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 18 ta viloyatga bo\u2018lingan. Somali 1960-yil 1-iyuldan mustaqil (ilgari Buyuk Britaniya mustamlakasi bo\u2018lgan) davlat hisoblanadi. Bu sana Milliy bayram \u2014 Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi. Ijroiya hokimiyat mamlakat konstitutsiyasiga ko\u2018ra prezidentga va premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kengashiga tegishli. Fuqarolar urushi tufayli hukumat amalda mamlakatni nazorat qila olmayapti. Mamlakatda 15 dan ortiq urug\u2018-qabilachilik asosida tuzilgan harbiy-siyosiy tashkilotlar bor. Ulardan eng yiriklari \u2014 Birlashgan Somali kongressi, Somali milliy harakati, Somalini qutqarish demokratik fronti, Somali milliy alyansi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Dunyoning eng kambag\u2018al davlatlaridan biri bo\u2019lgan Somalida iqtisodiyotning muhim sektori qishloq xo\u2018jaligi (YIMning 40%i va taxminan eksportdan keladigan foydaning 65%ini tashkil qiladi) hisoblanadi. Qishloq xo\u2018jaligida asosan chorvachilik bilan shug\u2018ullaniladi. Asosiy eksport qiladigan mahsuloti bananlar, bundan tashqari shakar<a href=\"http:\/\/geografiya.uz\/uploads\/posts\/2015-05\/thumbs\/1432219340_59895532.jpg\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\"><\/a>qamish, sorgo va makkajo\u2018xori ham yetishtiriladi. Sanoati uncha katta bo\u2018lmagan shakar, to\u2018qimachilik va neft korxonalari bilan cheklangan. XX asming 90-yillari boshida yuritilgan beqaror siyosiy holat ishlab chiqarish hajmining sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 AQSH, Italiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni. Avtomobil yo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 15215 km. Mamlakat portlari: Barbara, Mogadisho.&nbsp; Tarixi.&nbsp;II-VII asrlarda hozirgi Somali hududlari efioplaming Aksum davlati tarkibiga kirgan. VII asrdan Somaliga arablar kirib kelishdi. Ular bu yerda islom dinini va arab tilini yoyishdi, XIX asrgacha saqlanib turgan bir qator sultonliklarini tuzishdi. XIX asming oxirlarida mamlakatni yevropaliklar tomonidan mustamlakalashtirish boshlandi. Hozirgi Somali hududlari Buyuk Britaniya, Italiya va Fransiya davlatlari o\u2018rtasida bo\u2018lib olindi. Britaniya Somalisi 1960-yil 26-iyunda mustaqillik oldi, 1960-yil 1-iyulda Italiya Somalisining mustaqilligi e\u2019lon qilinganidan so\u2018ng esa yagona Somali davlati tuzildi. 1969-yili harbiylar davlatto\u2018ntarishi o\u2019tkazib mamlakat prezidentini o\u2018ldirishdi. 1977-yili Somali Efiopiyaga qarshi urush boshladi, biroq unda mag\u2018lubiyatga uchradi. Mamlakatda boshlangan fuqarolar urushi 1991-yili general Barrening qulashiga va BMT homiyligidagi harbiy intervensiyaning boshlanishiga olib keldi. Biroq bu ham Somalidagi urushayotgan urug\u2018larni o\u2018zaro yarashtira olmadi. 2000-yili Jibuti shahrida mamlakatdagi boshboshdoqlikka chek qo\u2018yish maqsadida dala komandirlari uchrashuvi o\u2019tkazildi, lekin bu uchrashuv natija bermadi. 2006-yili Islom Sudlari Ittifoqi tashkiloti mamlakat poytaxti Mogadisho ustidan to\u2018liq nazorat o\u2018rnatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Somali Demokratik Respublikasi. Poytaxti \u2014 Mogadisho. Hududi \u2013 637,7 ming km.kv. Aholisi \u2013 9,6 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 somali va arab. Dini \u2014 islom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/somali\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22978","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22978","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22978"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22978\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22989,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22978\/revisions\/22989"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22978"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22978"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22978"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}