{"id":22995,"date":"2022-03-29T13:49:49","date_gmt":"2022-03-29T10:49:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22995"},"modified":"2022-03-29T13:49:49","modified_gmt":"2022-03-29T10:49:49","slug":"uganda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uganda\/","title":{"rendered":"Uganda"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Uganda Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kampala. Hududi \u2013 241 ming \u00a0km.kv. Aholisi \u2013 31,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 katolik (33%), protestanlik (33%), mahalliy dinlar (18%), islom (16%). Pul birligi \u2014 Uganda shillingi.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrikaning sharqidagi davlat. Sharqda Keniya (chegara uzunligi \u2014 933 km), g\u2018arbda Kongo Demokratik Respublikasi (765 km), shimolda Sudan (435 km), janubda Tanzaniya (396 km) va Ruanda (169 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 2698 km. Mamlakat asosan balandligi 1100-1500 m bo\u2018lgan yassitogiikda joylashgan. G\u2019arbda Ruvenzori tog\u2019 massivi bo\u2019lib, unda mamlakatning eng baland cho\u2019qqisi \u2014 Margarita tog\u2019i (5109 m) joylashgan. Ugandada ko\u2019llar ko\u2019p. Ularning yiriklari \u2014 Mobutu-Sese-Seko, Koga, Eduard va Viktoriya (qisman). Asosiy daryo \u2014 Ail (irmoqlari bilan). Asosiy qazilma boyliklari: mis, kobalt. Mamlakat hududining 23%ini haydaladigan yerlar, 30% ini o\u2019rmon va to\u2019qaylar, 25%ini o\u2019tloq va yaylovlar tashkil etadi.Iqlimi \u2014 subekvatorial. Ugandaning asosiy qismini savannalar tashkil etadi. Aloy, zontsimon oqmiya, bassiy yong\u2019og\u2019i, kigemiya, temir daraxt o\u2019sadi. Hayvonot olamini fil, begemot, jirafa, arslon, maymunlardan \u2014 tog\u2019 gorillasi, oq-qora kolobus, serkopitekus (kamdan kam uchraydi) tashkil etadi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 10 ta provinsiyaga bo\u2019lingan. Mustaqillikka Uganda 1962-yilning 9-oktabrida erishgan (awal Buyuk Britaniyaning protektorati). Bu kun milliy bayram (Mustaqillik kuni) hisoblanadi. Davlat boshlig\u2019i \u2014 prezident. Ijro etuvchi hokimiyat prezident hamda Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament \u2014 Milliy Kengash tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Demokratik partiya, Uganda Xalq kongressi, Konservativ partiya.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Sanoatining asosiy tarmoqlari-tog\u2018-kon, oziq-ovqat va yengil sanoat. Tuproqning unumdorligi va qulay iqlim sharoiti tufayli qishloq xo\u2018jaligi rivojlanmoqda (YIM \u2014 57%). Mamlakat eng ko\u2018p daromadni asosiy eksport mahsuloti \u2014 qahvadan oladi. Qahvadan tashqari choy, paxta, tamaki eksport qilinadi. Mamlakat o\u2018zini o\u2019zi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta\u2019minlaydi. Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Buyuk Britaniya, Keniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya. Temiryoilarining umumiy uzunligi \u2014 1300 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 26200 km (2000 km ga yaqini qattiq qoplamali). Asosiy porti: Dinja (Viktoriya ko\u2019lida).&nbsp; Tarixi.&nbsp;Hozirgi Uganda hududida dastlab Kitara davlati vujudga keladi. XV asrda markaziy Ugandada Unror davlati yetakchilik qiladi. XIX asrning o\u2018rtalariga kelib Uganda qirolligining mavqeyi ortadi. 1862-yilda inghzlar Ugandaga kirib kehshadi. 1890-yildan Uganda Britaniya protektoratiga aylanadi. 1962-yilda Uganda mustaqillikka erishadi. 1963-yildan respublika deb e\u2019lon qilinadi. Mustaqillikka erishilgandan so\u2018ng mamlakatda bir necha bor harbiy to\u2018ntarishlar bo\u2018lib o\u2018tadi. Shunday to\u2018ntarishlardan birida 1971-yili hokimiyatga general Amin keladi. Diktator Amin hukmronligi yillarida 300000 ga yaqin aholi qirib yuboriladi, mamlakat iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi. Amin 1979-yilda Tanzaniya armiyasi yordamida hokimiyatdan chetlashtiriladi. Shundan so\u2018ng ham mamlakatda davlat to\u2018ntarishlarini keltirib chiqaradigan fuqarolar urushi davom etadi. So\u2018nggi davlat to\u2018ntarishi Ugandada 1986-yilda amalga oshirilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Uganda Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kampala. Hududi \u2013 241 ming \u00a0km.kv. Aholisi \u2013 31,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ingliz. Dini \u2014 katolik (33%), protestanlik (33%), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uganda\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22995","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22995","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22995"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22995\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23002,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22995\/revisions\/23002"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22995"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22995"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22995"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}