{"id":22996,"date":"2022-03-29T13:49:59","date_gmt":"2022-03-29T10:49:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22996"},"modified":"2022-03-29T13:49:59","modified_gmt":"2022-03-29T10:49:59","slug":"chad-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chad-2\/","title":{"rendered":"Chad"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Chad Respublikasi. Poytaxti \u2014 Ndjamena. Hududi \u2014 1284000 km.kv. Aholisi \u2013 10,1 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 fran\u00adsuz va arab. Dini \u2014 musulmonlar (50%), xris tianlar (25%), majusiylar (25%). Pul birligi afrika franki.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Afrikadagi davlat. Sharqda \u2014 Sudan (chegara uzunli\u00adgi \u2014 1360 km), janubda \u2014 Markaziy Afrika Res\u00adpublikasi (1197 km), g\u2018arbda \u2014 Niger (1175 km), Kamerun (1094 km) va Nigeriya (87 km), shimolda \u2014 Liviya (1055 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 5968 km. Katta suvsiz tekisliklar mamlakatning markaziy qismida joylashgan. Shimoldagi hududlar Sahroi Kabir doirasida. Shimoli g\u2019arbda mamlakatning eng baland nuqtasi \u2014 Emi Kusi (3415 m) bo\u2019lgan Tibesti tog\u2019lari mavjud. Janubda pasttekisliklar joylashgan. Eng katta ko\u2019li \u2014 Chad. Mavjud neft konlari ekspluatatsiya qilinmaydi, uran konlari bor. Hududining kattaligiga qaramay haydaladigan yerlar 2%, yaylov va o\u2019tloqlar 36%, o\u2019rmon va to\u2019qaylar 11% ni tashkil qiladi. Iqlimi \u2014 tropik cho\u2018l iqlimidir. Asosan cho\u2019l va savanna o\u2019simliklari o\u2018sadi. Daraxtlardan dum palmasi va boabab uchraydi. Fil, karkidon, yovvoyi ho\u2019kiz, jirafa, antilopa, arslon, qoplon, gepard, shoqol, giyena, begemot, timsoh, flamingo, saqoqush, maymunlardan pavian va kolobuslar hayvonot olamini tashkil etadi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 14 ta prefekturaga bo\u2019lingan. Chad mustaqillikka 1960-yilning 11-avgustida erishdi (awal fransuz Ekvatorial Afrikasi hududining bir qismi bo\u2019lgan). 11-avgust \u2014 Milliy bayrami (Mustaqillik kuni). Ijro etuvchi hokimiyat \u2014 prezident (davlat boshlig\u2019i) va Bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 Milliy Konfederatsiya. Siyosiy partiyalar orasida eng obro\u2019lisi hukmron Najot vatanparvarlik harakatidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Chad Afrikaning fuqarolar urushi, Liviya bilan nizolar, tez-tez bo\u2018ladigan qurg\u2019oqchiliklar tufayli nochor ahvoldagi iqtisodga ega bo\u2019lgan kambag\u2019al davlatlardan biridir. Iqtisodining asosiy tarmog\u2019i \u2014 80% mehnatga layoqatli aholi band bo\u2019lgan qishloq xo\u2019jaligi (YIMning 45% i)dir. Paxta umumiy eksport hajmining 48% ini tashkil etadi. Sorgo, yeryong\u2019oq, sholi, tariq, kartoshka, maniok ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Sanoat qishloq xo\u2019jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va to\u2019qimachilik bilan chegaralangan. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 Fransiya, Nigeriya, Kamerun, AQSH. Temiryo\u2019llari yo\u2019q, avtomobil yo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 31322 km (asosan tuproq yo\u2019llar), ichki suv yo\u2019llari uzunligi \u2014 2000 km.&nbsp; Tarixi.&nbsp;IX asrning boshlarida hozirgi Chad hududida Kanem qirolligi tashkil topadi. XI asrda ushbu qirollik hukmdorlari islomni qabul qilishadi va o\u2018z hududla- rini kengaytirishadi. Chad ko\u2019lidan g\u2018arbda XIV asrda vujudga kelgan Borno qirolligi XVI asrda Kanemni o\u2018ziga bo\u2018ysundiradi. XIX asrning oxirida hozirgi Chad hududi Sudan imperatoriga qaram bo\u2018ladi, keyinroq esa Fransiya bu hududlarni bosib oladi va 1910-yilda Chadni Fransuz Ekvatorial Afrikasi tarkibidagi mustamlaka deb e\u2019lon qiladi. 1958-yilda fransuz hamdo\u2018stligi doirasidagi muxtoriyatni qo\u2018lga kiritgan. Chad 1960-yilning avgustida mustaqillikka erishadi. 1968-yilgi Milliy ozodlik fronti va hukumat o\u2019rtasidagi to\u2018qnashuvlardan so\u2018ng mamlakatga fransuz qo\u2018shinlari kiritiladi. Fransuz qo\u2018shinlari Chadni 1975-yilda davlat to\u2018ntarishi natijasida hokimiyatga general Mallum kelganidan so\u2018ng tark etishadi. 1973-yildan 1989-yilgacha Chad Liviya bilan o\u2018zining shimoliy hududlari uchun urush olib boradi. 1979-yilda Milliy ozodlik fronti va hukumat o\u2018rtasida tinchlik shartnomasi tuziladi, lekin bu shartnoma tez orada buziladi va mamlakatda davlat to\u2019ntarishlari bo\u2018lib turgan (1982- va 1990-yy.), natijada fuqarolar urushi boshlanadi va hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Chad Respublikasi. Poytaxti \u2014 Ndjamena. Hududi \u2014 1284000 km.kv. Aholisi \u2013 10,1 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 fran\u00adsuz va arab. Dini \u2014 musulmonlar (50%), xris &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/chad-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22996","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22996","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22996"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22996\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23003,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22996\/revisions\/23003"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22996"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22996"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22996"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}