{"id":22998,"date":"2022-03-29T13:50:18","date_gmt":"2022-03-29T10:50:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22998"},"modified":"2022-03-29T13:50:18","modified_gmt":"2022-03-29T10:50:18","slug":"efiopiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/efiopiya\/","title":{"rendered":"Efiopiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi. Poytaxti \u2014 Addis-Abeba. Hududi \u2013 1104,3 ming km.kv. Aholisi \u2013 82,1 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 amxar. Ditii \u2014 pravoslav (45%), islom (35%), majusiylik (12%). Pul birligi \u2014 bir.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrikaning sharqidagi davlat. Sharqda va janubi sharqda Somali (chegara uzunligi \u2014 1626 km), g\u2018arbda va shimoli g\u2018arbda Sudan (1606 km), shimoli sharqda Eritreya (912 km) va Jibuti (337 km), janubi g\u2018arbda Keniya (830 km) bi\u00adlan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 5311 km. Mamlakat hududining katta qismini Efiop togligi (eng baland nuqtasi Ras-Dashen tog\u2018i \u2014 4623 m) egallaydi. Efiopiya oz miqdordagi oltin, platina, mis zaxiralariga ega. Mamlakat hududining 12%ini haydaladigan yerlar, 41 %ini o\u2018tloq va yaylovlar, 24%ini o\u2018rmon va butazorlar tashkil etadi. Iqlimi \u2014 subekvatorial. O\u2018simlik dunyosi turli bo\u2018lib, tropik va cho\u2019l o\u2018simliklaridan alp o\u2018simliklarigacha o\u2018sadi. Hayvonot dunyosini arslon, qoplon, fll, gippopotam, jirafa, karkidon, antilopa, silovsin, maymun, turli qushlar va hasharotlar tashkil etadi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 9 ta milliy-ma\u2019muriy shtatlarga va poytaxt hududiga bo\u2018lingan. Hozirgi Efiopiya hududi m. a. I ming yillikdayoq Sava podsholigi boigan. 1889-yilda Efiopiya Italiyaning prorektoratiga aylangan. 1895-yilda mustaqillikka erishgan. Milliy bayramlari: 2-mart Adua yaqinidagi g\u2018alaba kuni (1896) va 6-aprel \u2014 G\u2018alaba kuni (1941). Ijro etuvchi hokimiyat Muvaqqat hukumatga, qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 Muvaqqat hukumat va Vakillar Kengashiga tegishli. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Mamlakatda 100 dan ortiq turli siyosiy partiyalar ro\u2018yxatdan o\u2018tgan. Ulardan eng yirigi \u2014 Efiopiya xalqlari inqilobiy-demokratik fronti.\u00a0 \u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Iqtisodi qishloq xo\u2018jaligiga (YIMning \u00a045% i, eksportning 90% ini) asoslangan Efiopiya Afrikaning qashshoq mamlakatlari qatoriga kiradi. Asosiy eksport mahsuloti \u2014 qahva (eksport tushumlarining 60% ini). Ishlab chiqarish asosan qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda oltin qazib chiqarish bilan bog`liq. Asosiy savdo sheriklari: Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Saudiya Arabistoni. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 988 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 44300 km (3650 km asfaltlangan).<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0Tarixi.\u00a0Rivoyatlarga ko\u2018ra, qadimda hozirgi Efiopiya hududi Sava podsholigining bir qismi hisoblangan. II asrning oxirlarida shakllangan Aksum podsholigi VI-VII asrlarda zaiflashadi. Musulmon sulolasi Zagve (X-XIII asrlar) hukmdorligidan so\u2018ng, hokimiyatga 1270-yilda xristian (kont) sulaymoniylar sulolasi keladi. Islom ta\u2019siriga qarshi turish maqsadida Efiopiya hukmdorlari XVI-XVII asrlarda Yevropa davlatlaridan yordam so\u2018rashadi. XIX asrning oxirida, Suvaysh kanali ochilgandan so\u2018ng Efiopiya o\u2018ziga Italiya, Fransiya, Angliya kabi davlatlarning e\u2019tiborini jalb qila boshlaydi. 1889-yilda Italiya va Efiopiya o\u2018rtasida imzolangan shartnomani ikki tomon o\u2018zicha tushunadi. Efiopiyani o\u2018z prorektorati sifatida ko\u2018rishni xohlagan Italiya, mamlakatga o\u2018zining harbiy ekspeditsiyasini jo\u2018natadi. Ammo bu ekspeditsiya 1896-yilda mag\u2018lubiyatga uchraydi. 1935-yilda Mussolini Somalida yashayotgan italiyaliklarning manfaatini himoya qilish bahonasida Efiopiyaga o\u2018z qo\u2018shinlarini kiritadi. Natijada Efiopiya va Somali bilan birlashib, Italiyaning Sharqiy Afrika mustamlakasini hosil qiladi. 1941-yilda britaniyaliklar Efiopiyani ozod qilishadi. Eritreyada milliy kayfiyatlarning ko\u2018tarilishi, Somali bilan harbiy to\u2018qnashuvlar, ocharchilik va qurg\u2018oqchilik mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozni keltirib chiqaradi. 1974-yilda harbiy to\u2018ntarish orqali imperator Selassiye taxtdan ag\u2019dariladi. 1975-yilda Efiopiya respublika deb e\u2019lon qilinadi. 1977-yilda navbatdagi harbiy to\u2018ntarish oqibatida hokimiyatga Mengistu keladi. Sovet tuzumi tarafdori bo\u2018lgan bu hokimiyat 1991-yilning 28-mayigacha hukmronlik qiladi. 1993-yilda Eritreya mustaqil davlat sifatida Efiopiyadan ajrab chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi. Poytaxti \u2014 Addis-Abeba. Hududi \u2013 1104,3 ming km.kv. Aholisi \u2013 82,1 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 amxar. Ditii \u2014 pravoslav (45%), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/efiopiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22998","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22998","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22998"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22998\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23005,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22998\/revisions\/23005"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22998"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22998"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22998"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}