{"id":22999,"date":"2022-03-29T13:50:39","date_gmt":"2022-03-29T10:50:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22999"},"modified":"2022-03-29T13:50:40","modified_gmt":"2022-03-29T10:50:40","slug":"eritreya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eritreya\/","title":{"rendered":"Eritreya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Eritreya davlati. Poytaxti \u2014 Asmera. Hududi \u2013 117,6 ming km.kv. Aholisi \u2013 5 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 arab, tigre. Dini \u2014 islom, xristian. Pul birligi \u2014 efiopiya biri.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Sharqiy Afrikadagi davlat. G\u2018arbda va janubda Efiopiya (chegaraning uzunligi \u2014 912 km), shimolda va shimoli g\u2019arbda Sudan (605 km), janubi sharqda Jibuti (113 km) bilan chegaradosh. Sharqda mamlakat Qizil dengiz bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1630 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 1151 km. Eritreya togii mamlakatdir. Uning hududi Efiopiya tog\u2018ligining bir qismi hisoblanadi. G\u2018arbda tog\u2018lik sekin-asta pasayib Sudan tekisligiga aylanadi. Sharqda esa sohilbo\u2019yi tekisligi joylashgan. Eritreyada oltin, mis, temir, nikel, xrom, titan, neft konlari bor. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 3%ini, yaylov va o\u2018tloqlar 40% ini tashkil etadi. Iqlimi \u2014 quruq va issiq. O\u2018simlik dunyosini cho\u2018l o\u2018simliklari tashkil etadi. Hayvonot olami timsoh, tuyaqush, burgut, marabu, kalxat va turli dengiz baliqlaridan iborat.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Eritreya o\u2018z mustaqilligini 1993-yilning 24-mayida e\u2019lon qilgan (avval Efiopiyaning bir qismi). Milliy bayramlari: 24-may \u2014 Mustaqillik kuni va 1-sentabr \u2014 Mustaqillik uchun qurollangan kurash boshlangan kun (1961).. Davlat va hukumat boshlig\u2019i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 Eritreya Milliy Assambleyasi. Yagona siyosiy partiya \u2014 Eritreyani ozod qilish milliy fronti.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Eritreya jahonning iqtisodiy jihatdan kam taraqqiy etgan davlatlaridan biridir. Iqtisodining asosiy tarmog\u2018i aholi- ning 60% i band bo\u2019lgan qishloq xo\u2019jaligidir (YIMning 50%i, eksportning 70%i). Sanoatining rivojlangan tarmoqlari: neftni qayta ishlash, yog\u2018ochni qayta ishlash, to\u2018qimachilik, teri-poyabzal, tikuvchilik, oziq-ovqat. Portlari: Aseb, Massaua.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Eritreya eramizgacha vujudga kelgan efiop qirolligi \u2014 Aksum tarkibiga kirgan. 1890-yildan Italiya mustamlakasi. 1941-yildan BMT mandatiga ko\u2018ra Buyuk Britaniya tomonidan boshqarilgan. 1952-yilda Eritreya federatsiya a\u2019zosi sifatida efiop imperiyasi tar\u00adkibiga kirgan. 1962-yilda, Efiopiya Eritreyani provinsiya deb e\u2019lon qilgandan so\u2019ng, mamlakatda mustaqillik uchun harakat boshlanib, bu harakat 1975-yilda keng miqyosga ko\u2019tariladi. Eritreyalik qo\u2018zg\u2018olonchilar hukumat qo\u2019shinlaridan ustun kelgach, 1993-yilda Eritreya referendum natijalariga ko\u2018ra mustaqil bo\u2018ldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Eritreya davlati. Poytaxti \u2014 Asmera. Hududi \u2013 117,6 ming km.kv. Aholisi \u2013 5 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 arab, tigre. Dini \u2014 islom, xristian. Pul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eritreya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22999","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22999","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22999"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22999\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23006,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22999\/revisions\/23006"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22999"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22999"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22999"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}