{"id":23048,"date":"2022-03-29T15:19:43","date_gmt":"2022-03-29T12:19:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23048"},"modified":"2022-03-29T15:19:44","modified_gmt":"2022-03-29T12:19:44","slug":"dakrioadenit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dakrioadenit\/","title":{"rendered":"DAKRIOADENIT"},"content":{"rendered":"\n<p>DAKRIOADENIT (Yunoncha dakryon \u2014 yosh va aden \u2014 bez) \u2014 ko&#8217;z yoshi bezining yallig&#8217;lanishi. Ko&#8217;pincha bir tomonlama bo&#8217;ladi. Dakrioadenitning o&#8217;tkir va surunkali xillari bor. Dakrioadenit infektsion kasalliklar (gripp, tepki, angina, qizamiq va b. kasalliklar) natijasida paydo bo&#8217;lib, bunda yuqori qovoqning chakka sohasida og&#8217;riq, shish, qizarish kuzatiladi. Ba&#8217;zan shish oqibatida bez juda kattalashib, ko&#8217;z tirqishi torayib, ko&#8217;z soqqasini burun va ichki-past tomonga surib qo&#8217;yadi. Bemorning boshi ogrib, tinkasi quriydi, temperaturasi ko&#8217;tariladi, quloq oldi limfa bezlari shishib, ushlaganda og&#8217;riydi. Yallig&#8217;lanib shishgan yosh bezi kamdankam hollarda yorilib, yiring chiqadi yoki yosh bezining abssessga olib keladi. Sil, zaxm kabi umumiy kasalliklar oqibatida kelib chiqqan surunkali Dakrioadenit kam uchraydi. U asta-sekin boshlanadi, ko&#8217;z soqqasi oldinga yoki pastga, ichkariga siljiydi. Dakrioadenitga sabab bo&#8217;lgan asosiy kasallikka davo qilinsa, yallig&#8217;lanish yo&#8217;qolib ketadi. Bemorni faqat vrach davolaydi. Mahalliy (quruq issiq, UVCH) va umumiy davo: antibiotik va sulfanilamide preparatlar tavsiya etiladi. Yosh bezining yiringlashi ro&#8217;y bersa, jarrohlik usuli qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAKRIOADENIT (Yunoncha dakryon \u2014 yosh va aden \u2014 bez) \u2014 ko&#8217;z yoshi bezining yallig&#8217;lanishi. Ko&#8217;pincha bir tomonlama bo&#8217;ladi. Dakrioadenitning o&#8217;tkir va surunkali xillari bor. Dakrioadenit infektsion kasalliklar (gripp, tepki, angina, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dakrioadenit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23048","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23048","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23048"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23048\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23054,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23048\/revisions\/23054"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23048"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23048"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23048"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}