{"id":23068,"date":"2022-03-29T15:52:42","date_gmt":"2022-03-29T12:52:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23068"},"modified":"2022-03-29T15:52:43","modified_gmt":"2022-03-29T12:52:43","slug":"dala-ishlari-sifatini-baholash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dala-ishlari-sifatini-baholash\/","title":{"rendered":"DALA ISHLARI SIFATINI BAHOLASH"},"content":{"rendered":"\n<p>DALA ISHLARI SIFATINI BAHOLASH, texnologik brakeraj \u2014 tuproqqa ishlov berish, ekinlarni parvarish qilish va hosilni yig&#8217;ib olishdagi ish sifatining texnologiya talablariga muvofiqligini aniqlash. Barcha agrotexnologiya tadbirlari tsiklini o&#8217;z vaqtida va sifatli qilib o&#8217;tkazish qishloq xo\u2019jalik ekinlaridan yuqori hosil olishning asosiy shartidir. Tuproqqa ishlov berishning quyidagi usullari nazorat qilinadi va baholanadi: yer haydash, ekish, kultivatsiya, ang&#8217;izni yuza yumshatish va boronalash ishlari sifati. Yerning haydalish chuqurligi va shudgorning tekisligi, haydalmay qolib ketgan joylar bor-yo&#8217;qligi, haydalgan yerning o&#8217;ydim chuqurligi yoki bir tekisligi, tuproqning yumshash, maydalanish darajasi, ekin qoldiqlarini, begona o&#8217;tlarni, o&#8217;g&#8217;itlarni ko&#8217;mish va tuproq qatlamini ag&#8217;darish; kultivatsiya va yuza yumshatishda tuproqqa ishlov berish chuqurligi va tekisligi, begona o&#8217;tlarni to&#8217;la yo&#8217;q qilish, boronalashda yer yuzasini yumshatish va tekislashning sifati tekshiriladi. Diametri 5 santimetrdan ziyod kesaklar 20% dan yoki 1 metr kvadratdagi katta kesaklar soni 10 donadon ortmasa, ishlov sifati yaxshi deb hisoblanadi. Qatlam ko&#8217;tarilishi 3-4 santimetrdan ortmasligi kerak. Ekish sifati ko&#8217;rsatkichlari uning o&#8217;z vaqtida o&#8217;tkazilganligi, xatosi yo&#8217;qligi, urug&#8217;larning qatorlarga bir tekis tushishi, qatorning to&#8217;g&#8217;riligi va qator oralarining bir xilligi va boshqalar ekish seyalkasi ishlab turganda baholanadi. Bu baho ekin unib chiqqandan keyin tasdiqlanadi. Maysalar qiyg&#8217;os unib chiqqan bo&#8217;lsa, ekish sifati yaxshi, nihollar siyrak (20% gacha) bo&#8217;lib qolsa, ekish sifati qoniqarli, siyraklik ko&#8217;p bo&#8217;lib (20% dan ortiq) va qator oralari kengligi har xil bo&#8217;lib qolgan bo&#8217;lsa ekish sifati qoniqarsiz deb hisoblanadi. Bunday ekinlar brakka chiqariladi va qayta ekiladi. Qator oralariga ishlov berish sifatiga ish organlarining o&#8217;tish zonasidagi begona o&#8217;tlarni to&#8217;la yo&#8217;q qilishi, o&#8217;simlikning shikastlanish darajasi, tuproq yuzasidagi kesaklarning mayda-yirikligigacha qarab baho beriladi. Tuproqqa to&#8217;g&#8217;ri ishlov berilganligini ko&#8217;rsatadigan mezonlar \u2014 0,1 millimetrdan 10 millimetrgacha bo&#8217;lgan kesaklarning 40% gacha bo&#8217;lishi, 50 mm va undan katta kesaklarning bo&#8217;lmasligidadir. Bunga erishish uchun qator oralariga sug&#8217;orishdan keyin ishlov beriladi. Vegetatsiya davrida sug&#8217;orish sifati egatning boshidan to oxiriga qadar tuproq qatlamining bir tekis namlanganligiga qarab baholanadi. Hosilni yig&#8217;ib-terib olish dehqonchilikdagi ishlarning yakunlovchi pallasidir. Yig&#8217;im-terim ishlari eng qulay qisqa muddatlarda, nobudgarchilikka yo&#8217;l ko&#8217;ymay o&#8217;tkazilishi kerak. Masalan, paxtachilikda terim go&#8217;za tuplaridagi kusaklarning 55-60% ochilgan vaqtda boshlansa, mashina ochilgan paxtaning kamida 80%ni terib olsa, mashina erga to&#8217;kib-tushirib yuboradigan ko&#8217;saklar har qatorda 2-3 metr masofada ko\u2019pi bilan bittadan bo&#8217;lsa, paxta terimi sifatli hisoblanadi. Yerga to&#8217;kilgan paxta miqdori hosilning 2% dan ortmasligi kerak. Har tupda ochilgan paxtani terib olish 75% dan kam bo&#8217;lganda terish qoniqarsiz hisoblanadi. Dala ishlari sifatini bosh pudratchilar, agronomlar, o&#8217;zaro tekshirish brigadalari tekshiradilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DALA ISHLARI SIFATINI BAHOLASH, texnologik brakeraj \u2014 tuproqqa ishlov berish, ekinlarni parvarish qilish va hosilni yig&#8217;ib olishdagi ish sifatining texnologiya talablariga muvofiqligini aniqlash. Barcha agrotexnologiya tadbirlari tsiklini o&#8217;z vaqtida va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dala-ishlari-sifatini-baholash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23068","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23068","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23068"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23068\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23075,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23068\/revisions\/23075"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23068"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23068"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23068"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}