{"id":23143,"date":"2022-03-29T19:25:41","date_gmt":"2022-03-29T16:25:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23143"},"modified":"2022-03-29T19:25:42","modified_gmt":"2022-03-29T16:25:42","slug":"daman-va-diu","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daman-va-diu\/","title":{"rendered":"DAMAN VA DIU"},"content":{"rendered":"\n<p>DAMAN VA DIU \u2014 Hindistonning g&#8217;arbiy qismidagi ittifoqdosh hudud. Kambey qo&#8217;ltig&#8217;iga kiraverishda, uning har ikki sohilida joylashgan. Daman Gujarot shtati bilan chegaradosh. Diu Katxiyavar yarim orolining Janubda joylashgan Orol bo&#8217;lib, ko&#8217;priklar orqali materik bilan bog&#8217;langan. Maydoni 112 kilometr kvadrat, aholisi 158 ming kishi (2001). Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Daman. 1509, 1521 va 1531 yillarda portugallar gujarotlar qal&#8217;asi bo&#8217;lmish Diuni bosib olishga harakat qilishgan. 1535 yilda Gujarot hokimi Bahodir qal&#8217;ani portugallarga topshirdi, chunki buning evaziga portugallar Gujarotni boburiylardan ozod qilishga yordam berishga va&#8217;da qildilar. Biroq bu yordam amalga oshmaganligi uchun Bahodir yana Diuni qaytarib olishga harakat qilgan, aksho portugallar tomonidan o&#8217;ldirilgan. 1558-59 yillarda portugallar Diu qarshisida Kambey qo&#8217;ltig&#8217;i sohilida joylashgan Damanni bosib oldilar. Milliy ozodlik harakatlari tufayli bu hudud 1961 yilda portugallardan ozod qilindi va Markaziy xukumat tomonidan idora qilinadigan bo&#8217;ldi, unga Goa, Daman, Diu ittifoqdosh hudud maqomi berildi. 1987 yilda Goa alohida shtat maqomiga ega bo&#8217;ldi va o&#8217;sha vaqtdan daman va Diu ham alohida ma&#8217;muriy birlik. Iqtisodida qishloq xo\u2019jalik yetakchi o&#8217;rin tutadi. Umumiy sug&#8217;oriladigan ekin maydoni 51,7 ming gektar (24,4 ming gektar \u2014 damanda, 27,3 ming gektar \u2014 Diuda). Qishloq xo\u2019jalik asosini bog&#8217;dorchilik (Mango, banan, kokos yong&#8217;og&#8217;i va boshqalar) tashkil etadi. Makkajo&#8217;xori, no&#8217;xot, bug&#8217;doy, shakarqamish, dukkakli o&#8217;simliklar etishtiriladi. Hududda qariyb 550 ta kichik sanoat korxonalari mavjud bo&#8217;lib, ular Riganvada, Dabel, Bximpur va Kodayya shaharlarida joylashgan. Aholining bir qismi baliq ovlash va uni qayta ishlash bilan shug&#8217;ullanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAMAN VA DIU \u2014 Hindistonning g&#8217;arbiy qismidagi ittifoqdosh hudud. Kambey qo&#8217;ltig&#8217;iga kiraverishda, uning har ikki sohilida joylashgan. Daman Gujarot shtati bilan chegaradosh. Diu Katxiyavar yarim orolining Janubda joylashgan Orol bo&#8217;lib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daman-va-diu\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23143","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23143","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23143"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23143\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23147,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23143\/revisions\/23147"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23143"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23143"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23143"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}