{"id":23235,"date":"2022-03-31T17:09:57","date_gmt":"2022-03-31T14:09:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23235"},"modified":"2022-04-01T10:32:51","modified_gmt":"2022-04-01T07:32:51","slug":"saroy-mulk-xonim-bibixonim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/saroy-mulk-xonim-bibixonim\/","title":{"rendered":"Saroy Mulk Xonim (Bibixonim)"},"content":{"rendered":"\n<p>Ma\u2019lumki, 1370 yilda sohibqiron Amir Temur jangda amir Husaynni yengib, uni qatl qildirgach, Samarqand taxtiga o\u2019tirib, Movarounnahr hukmronligini o\u2019z qo\u2019liga kiritadi. Boshqa hukmdorlar singari amir Husaynning ham bir necha xotinlari bo\u2019lib, haramning ulug\u2019 Bekasi \u2013 Tarmashirinxonning qizi Suyunch Qutlug\u2019 Og\u2019o edi. Sohibqiron Amir Temur amir Husayn haramidagi malikalar orasidan Qozon Sulton qizi \u2013 Saroy Mulk xonimni, bayon Sulduzning qizi \u2013 Ulus Og\u2019oni, Hizr Yasuriyning qizi \u2013 Islom Og\u2019oni, hamda Tag\u2019oy Turkon Xotunni tanlab olib, idda muddati uch oy o\u2019tgach, o\u2019z nikohig kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saroy Mulk xonim Chig\u2019atoy ulusiga mansub bo\u2019lgan mo\u2019g\u2019ul xonlaridan Qozonxonning qizi bo\u2019lib, 1341 yilda tug\u2019ilgan edi. Qozonxon taxtdan azl etilib, qatl qilingan chog\u2019da Saroy Mulk xonim hali besh yoshda edi. Saroy Mulk xonim balog\u2019atga yetgach, 1355 yilda amir Husayn o\u2019z nikohiga kiritadi. 1370 yilda amir Husayn qatl qilingach, Amir Temur nikohiga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zotan, sohibqiron Amir Temur mazkur Saroy Mulk xonim tufayli \u201cKuragon\u201d unvoniga musharraf bo\u2019ladi. Kuragon iborasi mo\u2019g\u2019ulcha so\u2019z bo\u2019lib, \u201ckuyov\u201d degan ma\u2019noni ifodalar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saroy Mulk xonim xon avlodiga mansub bo\u2019lgani tufayli haramdagi barcha malikalardan ulug\u2019 hisoblanib, \u201ckatta xonim\u201d (Bibixonim) degan unvonga ega bo\u2019ldi. Albatta, bunday e\u2019zozga musharraf bo\u2019lishda aql-zakovat va fikrlash doirasining ulkanligi bosh omildir. Biz tarixiy manbalardan bilamizki, Saroy Mulk xonim o\u2019z zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat sohibasi bo\u2019lgan. Shuningdek, husn-latofat bobida ham Benazir bo\u2019lgan. Saroy Mulk xonim siyosatdon, insonparvar, saxovatli ayol bo\u2019lib, saltanatni boshqarishda faol ishtirok etgan mamlakatning ijtimoiy va madaniy qurilish ishlariga, ayniqsa, tolibi ilmlarga homiylik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida Saroy Mulk xonim ko\u2019pincha hamroh edi. Muarrixlar guvohlik beradilarki, Amir Temur siyosiy, harbiy ishlarda garchi Saroy Mulk xonimning maslahatlarini pisand qilmagandek ko\u2019rinsa-da, aammo uning aql-idrokiga, tadbirkorligiga o\u2019zida qandaydir ehtiyoj sezib turar ekan. Naql qilishlaricha, Amir Temur Eronga qarshi yurish boshlaganda, Isfaxonning qamali ko\u2019pga cho\u2019zilib, qo\u2019shinni ozuqa bilan ta\u2019minlashga mablag\u2019 yetishmay qolibdi. Nihoyat, Amir Temur Samarqandga chopar yo\u2019llab, Saroy Mulk xonimga maktub jo\u2019natadi. Maktub qisqa bo\u2019lib, \u201cqo\u2019shinning zahirasi tugadi, xazinadan zar yuboring!\u201d deyilgandi. Saroy Mulk xonim maktub mazmunidan ogoh bo\u2019lgach, mazkur matkubning orqa tomniga \u201cUlug\u2019 amir! Zaringiz tugagan bo\u2019lsa, siyosatingiz ham tugadimu?\u201d \u2013 deb yozadi va maktubni choparga berib, yo\u2019lga ravona qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur maktubni olgach, Saroy Mulk xonimning kinoyasini mushohada qilib, nihoyat bir qarorga keladi: lashkargohda so\u2019yib yeyilgan qo\u2019y, qoramol, ot va tuya suyaklarini o\u2019sha kuniyoq yig\u2019dirib, turli hajmlarda qirqtirib, katta hajmdagisiga katta qiymat, kichigiga kichik qiymat belgilab, po\u2019lat muhrni qizdirib tamg\u2019a bosdiradi hamda muvaqqat pul o\u2019rnida muomalaga kiritish haqida farmon beradi. Natijada, qo\u2019shni shahar va qishloqlardan ushbu suyak-pulga qo\u2019shin uchun oziq-ovqat sotib olinadi. Tez kunda Isfaxon shahri taslim bo\u2019lgach, suyak pullar zar bilan almashtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur saroyida joriy qilingan tartibga ko\u2019ra, chet ellik elchilarni qabul qilish marosimlarida hukmdor yonida uning xotinlari ham ishtirok qilganlar. Rui Gonsales de Klavixoning yozishicha, 1404 yil 8 sentyabr dushanba kuni Amir Temur Samarqand chetidagi \u201cDilkusho\u201d bog\u2019ida elchilarni qabul qilgan marosimda Saroy Mulk xonim boshliq boshqa xotinlari ham yuzlariga parda tashlab o\u2019tirganlar. Ispan qiroli yuborgan hadyalar orasida hukmdorlarga ayniqsa, qizil movut ma\u2019qul bo\u2019lgan hamda bu haqda o\u2019z xotinlari, birinchi navbatda Saroy Mulk xonim bilan fikrlashgan. Shuningdek, 1404 yil 17 oktabr juma kuni Saroy Mulk xonim katta ziyofat bergan. Ushbu ziyofatda boshqa elchilar qatorida ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo ham ishtirok qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Naql qilinishicha, Saroy Mulk xonim kunlardan bir kun o\u2019z jamg\u2019armasi hisobiga savoblik uchun xudo yo\u2019lida bir madrasa bino qildirishga Amir Temurdan ijozat so\u2019raydi. Hukmdordan ruxsat bo\u2019lgach, otasi Qozonxon tomonidan sovg\u2019a qilingan bir juft olmos baldog\u2019ini sotuvga qo\u2019yib, mazkur mablag\u2019ni masrasa qurilishga sarflagan ekan. Saroy Mulk xonim madrasaning qurilish jarayonida tez-tez qurilish maydoniga kelib, ustaboshi va ish boshqaruvchilarga ko\u2019rsatmalar berib turgan. Rivoyat qilinishicha, madrasa qurilishi nihoyasiga yeta boshlagan paytda Saroy Mulk xonim odati bo\u2019yicha o\u2019z kanizlari bilan qurilish maydoniga keladi va ustaboshiga binoning kam-ko\u2019stlari haqida ko\u2019rsatmalar beradi. Ustaboshi Saroy Mulk xonimning yuzini ko\u2019rmagan bo\u2019lsa-da, lekin uning jozibali so\u2019z ohanglaridan nihoyasida oqila va o\u2019tkir zehnli ayol ekanligiga imoni komil bo\u2019ladi. Malika ketgach, ustaboshi xonim bilan bo\u2019lgan bir nafaslik muloqotdan olgan taassurotini ichiga sig\u2019dirolmay, hissiyot g\u2019alaba qilib, atrofidagi ustalarga:<\/p>\n\n\n\n<p>&#8212; Yopiray, ayol zoti ham shunchalik doni va oqila bo\u2019ladimu?&#8230; Xonim haqida shu kungacha eshitgan barcha ta\u2019rif-tavsiflarning hammasi to\u2019g\u2019ri erkan. Qani endi hamma ayollar ham shunday nafosatga ega bo\u2019lsaydi \u2013 deb, chuqur uf tortadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ustaboshining soddadillik bilan aytgan beg\u2019ubor so\u2019zlari tez orada qurilishdagi barcha korfarmoyu, usta va mardikorlar orasida tarqaladi. Bir-ikki kun o\u2019tgach, mish-mishlar bolalab, \u201cnima deysan, ustaboshi xonimga g\u2019oyibona oshiq bo\u2019lib qolgan emish\u201d degan so\u2019zlab tarqab ketadi. Tabiiyki, bu mish-mishlar Saroy Mulk xonimga ham borib yetadi. Ustaboshi o\u2019zining bemulohazaligidan o\u2019kinib, suyaksiz tilning jarohatidan nolib turgan bir paytda, Saroy Mulk xonimning xos kanizlaridan biri qo\u2019lida ro\u2019molga o\u2019ralgan laganchani ustaboshiga uzatarkan, xonim ushbu tuxumlarni sizga yubormishlar. Toki mazkur yetti xil rangga bo\u2019yalgan yetti dona tuxumni tanovul aylab, alarming mazasi bir xilmu, yoxud har birining mazasi alohidamu, ushbuni farqlab bergaysiz. Javobini ertaga qiyom paytida eshiturmiz \u2013 deb qaytib ketadi. Ustaboshi ro\u2019molni ochib, yetti xil rangdagi tuxumni o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rgach, xonim nimaga shama qilayotganini tushunib chuqur iztirobga cho\u2019madi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu kunlarda \u201cSohibqiron Amir Temur navbatdagi yurishdan qaytib kelayotgani, bugun-erta Samarqanga yetib kelishi\u201d haqida ovozalar tarqaladi. Ustaboshining ko\u2019z o\u2019ngi qorong\u2019ulashib, qo\u2019li ishga bormay o\u2019z taqdiri haqida o\u2019ylarkan, \u201cmish-mishlar boshimga balo bo\u2019ldi, hademay sohibqiron yetib kelsa, meni sog\u2019 qo\u2019ymas, jazoga mustahiq qilmog\u2019i muqarrardur. Nachora, taqdiri azalda bitilg\u2019on erkanda. Ammo chiqmagan jondin umid, deganlar mashoyixlar, bu yerdin qochmoq chorasini izlamoq darkor. Darvoqe, qochib ham qayerga borg\u2019umdir. Pastga ham tushib bo\u2019lmaydur, darhol tutub zindonga solurlar. Ne qilmoq kerak?\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ustaboshi o\u2019ylab-o\u2019ylab bir qarorga kelgach, shogirdini yoniga chaqirib, uni o\u2019z rejasidan voqif qiladi. Ustaboshi o\u2019ziga ikkita qanot bog\u2019lab, gumbaz ustidan sakraydi. Qanot yarmida shahar chetidagi yaylovga sho\u2019ng\u2019iydi. Ammo qo\u2019nishga ulgurmay, boshi bilan yerga qadalib, olamdan o\u2019tadi. U manzarani kuzatib turgan shogird \u201ceh attang, ustoz andak xatoga yo\u2019l qo\u2019yibdurlar. Zero, qanot bilan birga dum ham bog\u2019lamoq lozim erdi\u201d \u2013 deb shogird o\u2019ziga qanot va dum bog\u2019lab, gumbazdan yalanglik tomon parvoz qiladi. Voqian shogird dum yordamida sihat-saomat yalanglikka qo\u2019nib, ko\u2019zdan g\u2019oyib bo\u2019lgan ekan. Shundan buyon xalq orasida \u201custasidan shogird o\u2019zgan\u201d, degan maqol qolgan bo\u2019lsa ehtimol.<\/p>\n\n\n\n<p>Saroy Mulk xonim qurdirgan madrasa XIV asr oxiri va XV asr boshi Samarqanddagi madrasalar orasida eng ulkani va mahobatlisi edi. Madrasaga zamonaning yetuk mudarrislari tayinlanib, ular tolibi ilmlarga diniy va dunyoviy ilmlardan dars berganlaar. Saroy Mulk xonim madrasa tolibi ilmlarining ahvolidan tez-tez xabar olib, ularga homiylik qilib turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Rivoyatlarga ko\u2019ra, Saroy Mulk xonim o\u2019z odaticha, qosh qoraygach, o\u2019zining xos kanizlari bilan kiyimlarini o\u2019zgartirib, madrasa tomon yo\u2019l oladi. Saroy Mulk xonimni qiziqtirgan masala, madrasa tolibi ilmlarining ahvoli ruhiyasi, kim qanday tirikchilik o\u2019tkazayotgani hamda tunda qanday ish bilan mashg\u2019ul ekanliklarini imdan tekshirib bilish edi. Xonim madrasaga yetib kelganda hujralarning deyarlik barchasida chiroq o\u2019chgach, tolibi ilmlar tun og\u2019ushida uyquga kirgan edilar. Faqat birgina hujrada sham yonib, ichkaridan gurung eshitilardi. Saroy Mulk xonim kanizlarini madrasa hovlisida qoldirib, o\u2019zi ohista yurib, hujra eshigi yoniga keladi-da, ichkariga quloq soladi. Tolibi ilmlardan biri ikkinchisiga:<\/p>\n\n\n\n<p>&#8212; Qani aytingchi, birodari aziz, hozir ko\u2019nglingiz nima istaydur?<\/p>\n\n\n\n<p>&#8212; E birodar, nima bo\u2019lardi, qo\u2019y go\u2019shti, qo\u2019y yog\u2019ida damlangan bir lagan seryog\u2019 palov bo\u2019lsa, bilkakka paxta bog\u2019lab, bir to\u2019yib yer edikda, &#8212; deb javob berib, o\u2019zidan so\u2019raydi. \u2013 Xo\u2019sh jo\u2019rajon, o\u2019zingizning ko\u2019nglingiz nima istaydur?<\/p>\n\n\n\n<p>&#8212; E birodar, mening ko\u2019nglimda tamoman boshqacha orzu. Ushbu madrasa sohibasi Saroy Mulk xonim dunyoda tenggi yo\u2019q go\u2019zal deb eshitganmen. Qaniydi iloji bo\u2019lsa, shu xonim bilan bir kecha suhbatlashsam, &#8212; deb javob beradi birinchi tolibi ilm. Sherigidan bunday qaltis so\u2019zni eshitgan jo\u2019rasi. E ovozingizni o\u2019chiring birodar, nima deyayotganingizni bilasizmi, tag\u2019in bir falokatni boshlamang\u201d, &#8212; deb dashnom beradi. So\u2019z shu yerga yetganda Saroy Mulk xonim hujra eshigidan uzoqlashadi va kanizlari bilan saroyga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ertasi kun peshindan og\u2019gach, nadimlardan 3-4 tasiga madrasaga borib, barcha tolibi ilmlarni saroyga olib kelishlarini buyuradi. Tolibi ilmlar bu nogahoniy taklifdan hayajonda, nadimlar qurshovida saroyga keladilar. Faqat ikki tobili ilm mazkur taklifdan shubhalanar va tundagi qaltis orzuning qurboni bo\u2019lish dahshatidan qaltirardilar. Barcha tolibi ilmlarni katta mehmonxonaga kiritib ziyofat qiladilar. Ziyofat oxirida qo\u2019y go\u2019shti, qo\u2019y yog\u2019ida tayyorlangan seryog\u2019 palov ham tortiladi. Shundan so\u2019ng, mehmonxonaga kanizlar qurshovida, yuziga parda tortgan holda Saroy Mulk xonim kirib keladi va maxsus o\u2019rindiqqa o\u2019tirgach, tolibi ilmlar orasidan tungi suhbatdoshlarni tanib o\u2019z huzuriga chorlaydi va \u201cXo\u2019sh, mulla yigitlar, bilakka paxta bog\u2019lab yeydigan palov bo\u2019libdimu?\u201d \u2013 deydi. Haligacha qo\u2019rquvdan qaltirab turgan har ikki tolibi ilm, darhol tiz cho\u2019kib:<\/p>\n\n\n\n<p>&#8212; Qulliq xonoyim, ta\u2019rifdin ziyoda palov bo\u2019libdur, madhiga til ojizlik qiladur, &#8212; deb yana ta\u2019zim qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Saroy Mulk xonim birinchi tolibi ilmga yuzlanarkan: &#8212; Endi sizning orzuingizga kelsak, ko\u2019rib turganingizdek, men sohibqironning nikohlaridamen, binobarin siz birlan suhbat qurmog\u2019i mumkin ermas. Binoan alayhi o\u2019zimning go\u2019zal kanizlarimdan birini sizga nikohlab berurmen, rozimudursiz? \u2013 deydi. Haligacha tili kalimaga kelmay, es-xushini yo\u2019qotayozgan tolibi ilm, darhol o\u2019zini xonim oyog\u2019iga tashlab:<\/p>\n\n\n\n<p>&#8212; Uzr, avf etsunlar xonoyim, bu beadab qullarinining gunohlaridan o\u2019tsunlar, &#8212; deb iltijo qiladi. Shu asnoda Saroy Mulk xonimning ishorasi bilan mehmonxonaga qozi va imom kirib keladilar va barcha tolibi ilmlar guvohligida kanizlardan birini tolibi ilmga nikohlab qo\u2019yadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Afsuski, Saroy Mulk xonim madrasasi uzoq umr ko\u2019rmadi. XVI asr oxirida Buxoro amir Abdullaxonning temuriylarga bo\u2019lgan husumati tufayli maxsus farmon bilan madrasani buzdirib tashlagan. Faqat madrasa yoniga qurilgan maqbaragina saqlanib qolgan. Maqbaraning old tomoni rang-barang koshinlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichki qismidagi bezaklarga yashil, qizil va qora bo\u2019yoqlar bilan jilo berilgan. Izoralarga yulduz shaklida ko\u2019k naqshlar ishlanib koshinli hoshiyalar bilan o\u2019ralgan. Maqbara dahmasiga tashqarisidan maxsus eshik orqali kiriladi. Dahma devorlari ham xilma-xil koshinlar bilan bezatilgan. Dahma ichiga tosh tobut qo\u2019yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tashqari, Samarqandda mashhur Bibixonim masjidi ham bor. Bu masjidni Amir Temur Hindiston yurishidan qaytib kelgach, o\u2019zining ulug\u2019 Bekasi Saroy Mulk xonimga atab 1399-1404 yillar mobaynida qurdirgan edi. Mazkur masjidi jome\u2019 O\u2019rta Osiyodagi obidalarning eng yirigi hisoblanadi. Faqat hovlisining sahni 63,8&#215;76,0 metr bo\u2019lib, atrofi ravoq va peshtoqlar bilan o\u2019ralgan. Masjidning umumiy sahni esa 167&#215;109 metrdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Davr o\u2019tishi bilan Bibixonim masjidi zilzilalar ta\u2019sirida ancha puturdan ketib, vayronaga aylandi. Hozirgi kunda Bibixonim masjidi bir-biri bilan bog\u2019lanmagan olti bo\u2019lakdan iborat bo\u2019lib, hovlining yuqori qismida mehrobli baland peshtoqli bino, poygakda masjidning ikkiga ajralgan peshtoqi hamda shimoli-g\u2019arb qismida yakka holda saqlanib qolgan minora. O\u2019z davrida mazkur bo\u2019laklar uch qator oq marmar ustunli, yengil ravoqli peshayvonlar bilan bir-biriga birlashtirilib, ularning ustida 400 ta gumbazchalar bo\u2019lgan. Ustunlarning ja\u2019mi 480 ta bo\u2019lib, 3.5 mertr oralig\u2019ida o\u2019rnatilgan, ustunlarning ostki qismi maxsus tagkursili, o\u2019rta qismi o\u2019yma naqshkor, yuqori qismi rangli koshinlar bilan qubba shaklida ishlangan. Hovli o\u2019rtasiga marmar toshdan ishlangan ulkan lavh-qur\u2019on qo\u2019yib o\u2019qiladigan maxsus kursi o\u2019rnatilgan. U avvallari asosiy bino ichida bo\u2019lib, 1875 yilda katta gumbazning qulash xavfi bo\u2019lganligi tufayli hovli o\u2019rtasiga chiqarib qo\u2019yilgan. Mazkur lavh Ulug\u2019bek Mirzo Kuragonning farmoni bilan yasalgan. Lavhga, \u201cSultoni a\u2019zam, oliy himmatli xoqon, din-diyonat homiysi, Hanafiya mazhabining posboni, aslzoda sulton ibn Sulton amir aal-mo\u2019minin Ulug\u2019bek Kuragon\u201d deb yozilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bibixonim masjidiga kiraverishda katta peshtoq bo\u2019lib, uning ustki qismi 1897 yilgi zilzilada qulab tushgan. Peshtoqning ichki qismida kichikroq ikkinchi ravoq o\u2019rnashgan bo\u2019lib, o\u2019yma marmar hoshiyali darvozasi ham bo\u2019lgan. Darvoza ustiga o\u2019rnatilgan lavhada masjidning qurilgan yili hamda Amir Temurning shajarasi bitilgan. Masjidning \u201chaft jo\u2019sh\u201d \u2013 yetti xil metall qotishmasidan yasalgan qo\u2019sh tabaqali darvozasi bo\u2019lgan. Bu darvoza keyinchalik yo\u2019qolib ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bibixonim masjidi hozir vayrona holda bo\u2019lsa ham, undagi serhasham bezaklarning o\u2019ta nafisligi kishi diqqatini o\u2019ziga jalb qiladi. Undagi rang-barang shakl va naqshlar o\u2019shaa davr ustalarining nozik did va yuksak mahoratidan dalolat berib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1405 yil 18 fevralda sohibqiron Amir Temur O\u2019trorda vafot qilgach, Samarqand taxtiga uning nabirasi Xalil Sulton Mirzo (1384-1411) o\u2019tiradi. Ibn Arabshohning bergan ma\u2019umotiga ko\u2019ra, Xalil Sulton Mirzoning xotini Shod Mulk begim 1408 yilda Saroy Mulk xonimni zaharlab o\u2019ldirgan. Saroy Mulk xonimning jasadini o\u2019zi qurdirgan madrasasi yonidagi maqbaraga tosh tobutga solib, mo\u2019miyolanib dafn qilingan. 1941 yil iyun oyida Go\u2019ri Amir maqbarasida abadiy uyquga ketgan Amir Temur, Shohruh Mirzo, Muhammad Sulton Mirzo va Ulug\u2019bek Mirzolarning qabrlari ochib tekshirilgach, Saroy Mulk xonim qabri ham ochilib, jasadni tekshirissh maqsadida Toshkentgaa olib kelingan. Keyinchalik yana Samarqandga olib borib qo\u2019yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulk xonimdan farzand ko\u2019rmagan. Ammo sohibqiron o\u2019z o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzoni, suyukli nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug\u2019bek Mirzo va boshqa mirzolarni bevosita zukko Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019arbiy Ovrupo olimlaridan ba\u2019zilari (Bretshneyder) Shohruh Mirzo Saroy Mulk xonimdan tug\u2019ilgan, deb yozganlar. Biroq tarixiy manbalarda bunday ma\u2019lumotlar uchramaydi. Tarixchi Xondamirning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Shohruh Mirzoning onasi Tag\u2019oy Turkon og\u2019o bo\u2019lib, sohibqironning xos kanizaklaridan edi. Xondamir mazkur ma\u2019lumotni Shohruh Mirzoning o\u2019zi tuzdirgan \u201cnasabnoma\u201dsidan olganligiga ishora qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u2019lumki, 1370 yilda sohibqiron Amir Temur jangda amir Husaynni yengib, uni qatl qildirgach, Samarqand taxtiga o\u2019tirib, Movarounnahr hukmronligini o\u2019z qo\u2019liga kiritadi. Boshqa hukmdorlar singari amir Husaynning ham bir necha xotinlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/saroy-mulk-xonim-bibixonim\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3469,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[179],"tags":[],"class_list":["post-23235","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23235","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23235"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23235\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23246,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23235\/revisions\/23246"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3469"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23235"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23235"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23235"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}