{"id":23307,"date":"2022-04-02T14:01:16","date_gmt":"2022-04-02T11:01:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23307"},"modified":"2022-04-02T14:01:18","modified_gmt":"2022-04-02T11:01:18","slug":"amir-temur-sajiyasi-siyratiga-chizgilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sajiyasi-siyratiga-chizgilar\/","title":{"rendered":"Amir Temur sajiyasi, siyratiga chizgilar"},"content":{"rendered":"\n<p>Sohibqiron Amir Temurni o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rgan arab tarixchisi Ibn Arabshoh yozadi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAmir Temur \u2026tengi yo\u2019q fe\u2019l-atvorli, teran mulohazali, uning tafakkur dengizining qa\u2019ri yo\u2019q. Amir Temur baland qadli, uzun bo\u2019yli, tik qomatli, qadimiy pahlavonlar avlodidan bo\u2019lib, keng peshonali, katta boshli, g\u2019oyatda kuchli salobatli, bo\u2019la, rangi oqu qizil yuzli, dog\u2019siz, qo\u2019l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo\u2019g\u2019on, poychalari semiz, sersoqol, o\u2019n oyoq-qo\u2019li cho\u2019loq va shol, ikki ko\u2019zi bamisoli ikki shamdek bo\u2019lsa-da, shodligi bilinmas, ovozi yo\u2019g\u2019on edi: u o\u2019limdan qo\u2019rqmas, yoshi yetmishga yetgan bo\u2019lsa-da, iztirobsiz, vazmin. Badani to\u2019la va pishiq, xuddi zich (qalin) tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax, yolg\u2019onni yoqtirmas, o\u2019yin-kulgi-yu ko\u2019ngilxushlikka maylsiz, garchi so\u2019zda o\u2019ziga ozor yetadigan biror narsa bo\u2019lsa hamki, sadoqat unga yoqar edi; u bo\u2019lib o\u2019tgan ishga aziyat chekmas va o\u2019ziga hosil bo\u2019ladigan yutuqdan shodlanmas edi\u2026 Ko\u2019pincha uning majlisida uyatsiz so\u2019zlar, qon to\u2019kish, asir olish, naqbu g\u2019orat qilish va haram (haqiga) haqorat gaplar bo\u2019lmasdi. U bexato (nishonga urguvchi) fikrli, ajoyib farosaatli, mislsiz darajada baxtli, ulug\u2019vorligi o\u2019ziga muvofiq, qat\u2019iy azm bilan so\u2019zlovchi, boshiga kulfat tushganda ham haqgo\u2019y kishi edi\u2026\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur sayidu shariflarni hurmat qilar, ulamo-yu, fozillarga yuksak izzat ko\u2019rsatar, qadriga yetar, qo\u2019lidan bir ish keladigan jamiki usta-hunarmandlardan, kasb egalaridan mehrini darig\u2019 tutmasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchilarning guvohlik berishlaricha, dunyoning eng yetuk olimlari, tarixchilari uning suhbatdoshlari bo\u2019lishgan, tarix haqidagi kitoblarni o\u2019qishni va u haqdagi hikoyalarni tinglashni nihoyatda xush ko\u2019rgan. Saltanat yumushlaridan xalos bo\u2019lgach, har oqshom ulamo va fozillarni huzuriga chorlab, fan va dinning nozik jihatlaridan suhbatlar qurar, bahslar uyushtirar, teran savollar berib olimlarni o\u2019ylantirib qo\u2019yardi. Chuqur bilimi-yu zukkoligi, turfa davlatlar va ularning podshohlari tarixini yaxshi bilishi bilan Ibn Xaldunday ulkan olimni hayratga solganini aytadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahdida qat\u2019iy turadigan, ishonuvchan, kechirimli, hayotga jo\u2019shqin mehr qo\u2019ygan, zavq-shavqqa tashna, hamma narsadan xabardor, g\u2019oyat qattiqqo\u2019l, hech narsa rahna sololmaydigan kuchli irodaga ega Sohibqiron shikor qilishni, shatrang (shaxmat) o\u2019ynashni yaxshi ko\u2019ra, lekin har bir shikorga, shatranj o\u2019yiniga avvalo bo\u2019lajak janglar mashqi sifatida qarardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Donishmand ota, suyukli yor, ahli ayoliga mehribon, me\u2019yorni bilgan, nafsni jilovlay olish qudratiga ega bo\u2019lgan Sohibqiron o\u2019z vaqtini ayshu ishrat bilan o\u2019tkazishiga himmati qo\u2019ymas, bir ishni boshlasa, oxiriga yetkazmaguncha tinchimas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur yigirma uch yoshlarida qamoqqa tushib qolganida, qutulib ketishdan umidini uzib, dunyodan ko\u2019ngli sovidi. Ittifoqo, shu palla darchadan tashqariga chiqmoqchi bo\u2019lib devorda o\u2019rmalab ketayotgan chumoliga ko\u2019zi tushdi va kuzata boshladi. Chumoli darchaga yetay degandaa pasta yumalab tushib ketdi. u hech narsa bo\u2019lmaganday yana yuqoriga intildi. Yana qulab tushdi\u2026 Bu hol ko\u2019p takrorlandi, ammo chumoli o\u2019rlayverdi, o\u2019rmalayverdi, tinchimadi, oxiri darchadan tashqariga chiqib ketishga erishdi!<\/p>\n\n\n\n<p>Temurbek o\u2019z-o\u2019ziga dedi: \u201cYo rab! Men shu chumolichalik ham bo\u2019lolmaymanmu?!..\u201d Bu narsa unga qattiq ta\u2019sir qildi-yu g\u2019ayrat o\u2019tini alanglantirdi. U tadbir ishlatib qamoqdan qutilib ketdi. Bu voqea umrbod uning esidan chiqmadi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishiga qaraganda, \u201cBu podshohi komkor og\u2019zini jog\u2019ir sori eltmadi va bir dam itoatu ibodat fikridin o\u2019zga kechmadi. Va muttasil ishi Qur\u2019on o\u2019qumoq va faqiru miskinning g\u2019amini yemoq edi\u2026\u201d<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sohibqiron Amir Temurni o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rgan arab tarixchisi Ibn Arabshoh yozadi: \u201cAmir Temur \u2026tengi yo\u2019q fe\u2019l-atvorli, teran mulohazali, uning tafakkur dengizining qa\u2019ri yo\u2019q. Amir Temur baland qadli, uzun bo\u2019yli, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sajiyasi-siyratiga-chizgilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23266,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[180],"tags":[],"class_list":["post-23307","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-haqida-qoshimcha-malumotlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23307","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23307"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23307\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23308,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23307\/revisions\/23308"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/23266"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23307"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23307"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23307"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}