{"id":23329,"date":"2022-04-02T19:18:20","date_gmt":"2022-04-02T16:18:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23329"},"modified":"2022-04-02T20:06:39","modified_gmt":"2022-04-02T17:06:39","slug":"movarounnahrdagi-siyosiy-parokandalik-va-sarbadorlar-harakati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/movarounnahrdagi-siyosiy-parokandalik-va-sarbadorlar-harakati\/","title":{"rendered":"Movarounnahrdagi siyosiy parokandalik va sarbadorlar harakati"},"content":{"rendered":"\n<p>14-asrning 50-60-yillarida Movarounnahrda feudal tarqoqligi g\u2019oyatda kuchayib, sinfiy kurash yanada keskinlashadi. O\u2019lkadagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, ular o\u2019rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Bu davrda o\u2019lkad yagona uyushgan davlaatning yo\u2019qligi, uning siyosiy jihatdan maydalanib ketganini o\u2019rta asr muarrixlaridan G\u2019iyosuddin Xondamir \u201cHabib us-siyor\u201d asarida quyidagicha tasvirlaydi: \u201cAmirzoda Abdullo binni amir Qozag\u2019on (hukmronlik yillari 1346-1358) vafotidan so\u2019ng Turkiston ahvolidan haraju-maraj (boshboshdoqlik) yo\u2019l topib, har shaharda mustaqil shohlikka intilishlar maydonga keladi. Har kasabada bir uyatsiz davlat iqbol havosi bilan qo\u2019zg\u2019olishga oyoq bosdi. Amir Bayon Sulduz Samarqandda ichkilik, ayshu-ishratga berildi. Amir Xoji Barlos\u2026 Kesh shahrida hukumat bayrog\u2019ini ko\u2019tardi. Amir Boyazid Jaloir Xo\u2019jandda davlat masnadi (taxti)ga o\u2019ltirdi. O\u2019ljaytu Sulduz Balxda mamlakat hukmronligining visoliga ko\u2019ngul bog\u2019ladi. Muhammadxo\u2019ja Yazdiy Shiburg\u2019onda o\u2019zini hokimi mutlaq hayol qildi. Badaxshon shohi Ko\u2019histonda istiqlol kamarini beliga bog\u2019lab, boshqalarga itoat qilishdan bosh tortdi. Amir Husayn binni amir Milal binni amir Qozag\u2019on va amir Hiziriy Yasuriy Xirosi Shodmon chegarasida askar to\u2019plab, har lahzada viloyatlaarga chopqun yasab harob qilar edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Nizomuddin Shomiyning so\u2019ziga qaraganda, o\u2019lkada hokimlar o\u2019rtasida doimo nizolar va g\u2019alayonlar bo\u2019lib turar, davlat ishlari esa butunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, o\u2019zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo\u2019lib, ulus aholisini, ayniqsa dehqonchilik xo\u2019jaligini xonavayron qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>14-asr o\u2019rtalarida Chig\u2019atoy ulusi parchalanib, ulusning sharqiy qismi \u2013 Sharqiy Turkiston va Yettisuvda turk va mo\u2019g\u2019ul qabilalarini o\u2019z ichiga olgan Mo\u2019g\u2019uliston feodal davlati tashkil topadi. 1348 yili Chig\u2019atoy naslidan bo\u2019lgan Tug\u2019luk Temur Mo\u2019g\u2019uliston xoni qilib ko\u2019tariladi. Mo\u2019g\u2019uliston amirlari ulusning g\u2019arbiy qismi \u2013 Movarounnahrni ham bosib olishga harakat qiladilar. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab qaytadilar. Mo\u2019g\u2019uliston amirlarining vayronagarchilik yurishlariga qarshi kush boshlanib ketadi. Mo\u2019g\u2019ullar istibdodi va zulmga qarshi xalq harakati boshlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mana shunday ichki o\u2019zaro urushlar qizigan, mo\u2019g\u2019ullar zulmiga qarshi xalq harakatlari boshlangan bir davrda qisqa vaqt ichida jahon imperiyasini vujudga keltirgan sohibqiron Temur siyosat maydoniga dastlabki qadamlarni qo\u2019ymoqda edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur 1336 yilda Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinida joylashgan Xo\u2019jailg\u2019or qishlog\u2019ida dunyoga keladi. Uning otasi amir To\u2019rg\u2019ay va amakisi Xoji Barlos barloslar qabilasining biylari va yirik mulkdor amirlaridan edi. Temur yoshlik chog\u2019laridanoq harbiy ishga nihoyatda qiziqardi. U tezda mohir suvoriy va qo\u2019rqmas jangchi sifatida butun Qashqadaryo vohasiga taniladi. Uning atrofida barlos qabilasidan chiqqan jangchi yoshlar to\u2019plana boshlaydi. Temur qo\u2019l ostidagi navkarlari bilan ayrim amirlarga xizmat qiladi, janglarda chiniqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1360 va 1361 yillarda Chig\u2019atoy xonadonidan bo\u2019lgan Mo\u2019g\u2019uliston xoni Tug\u2019luq Temur Movarounnahrdagi og\u2019ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, uni bo\u2019ysundirishga harakat qiladi. U hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo vohasiga bostirib kiradi. O\u2019sha vaqtlarda Qashqadaryo viloyatining hokimi Hoji Barlos, dushmanga qarshi kurashish o\u2019rniga, Hurosonga qochadi va o\u2019sha yerda o\u2019ldiriladi. Temur amakisining viloyatini qo\u2019ldan bermaslik maqsadida Tug\u2019luq Temur ishonchini qozonib, uning xizmatiga o\u2019tadi va Kesh viloyaatiga hokim bo\u2019lib tayinlanishga muvaffaq bo\u2019ladi. Mo\u2019g\u2019uliston xoni Tug\u2019luq Temur o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019jani Movarounnahrning hokimi qilib yuboradi. Ammo Temur unga xizmat qilishni istamaydi va Balx hokimi amir Husayn ibn Musallam ibn Qozog\u2019on bilan ittifoq tuzadi. Temur Husaynning jiyan singlisi O\u2019ljaoy Turkon Og\u2019oga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada mustahkamlanadi. Temur avval o\u2019zboshimcha amirlarga qarshi ichki, so\u2019ngra esa mo\u2019g\u2019ullarga qarshi tashqi kurash olib boradi. Seyistondagi janglarda qo\u2019li va oyog\u2019idan yarador bo\u2019lib, bir umrga oqsoq bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1363 yilli Tug\u2019luq Temur vafot etib, Mo\u2019g\u2019ulistondaa xonlik taxtini Amir Qamaruddin egallaydi. O\u2019sha yili Amudaryoning chap sohilidagi Qunduz shahri yonida mo\u2019g\u2019ullar bilan bo\u2019lgan birinchi jangda Temur g\u2019alaba qozonadi. Shundan so\u2019ng mo\u2019g\u2019ullarni to\u2019xtovsiz ta\u2019qib etish boshlanadi. Mo\u2019g\u2019ullar ham Movarounnahrni osongina berib qo\u2019yishni istamas edilar. Tug\u2019luq Temur vafotidan keyin Movarounnahrdan haydalgan Ilyosxo\u2019ja 1365 yilda katta qo\u2019shin bilan Sirdaryo tomon yo\u2019lga chiqadi. Husayn bilan Temur ham zudlik bilan jangga tayyorlanadilar. Ular o\u2019rtasidagi jang o\u2019sha yili may oyining yigirma ikkinchida Chinoz bilan Toshkent o\u2019rtasida bo\u2019ladi. Jang paytida qattiq jala yog\u2019ib, hammayoq loy bo\u2019lganligidan tarixda u \u201cJanggi loy\u201d nomi bilan mashhur bo\u2019lib qolgan. Jangda Temur bilan Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qo\u2019shini mag\u2019lubiyaatga uchraydi. Chunki jangda Temur qo\u2019shini dushmanning o\u2019ng qanotini chekinishga majbur qilib, zafar topayotgan bir paytda Husayn o\u2019z askarlari bilan chap qanotdan yengilib jang maydonini tark etadi. Yakkalanib qolgan Temur esa chekinishga majbur bo\u2019ladi. \u201cLoy jangi\u201ddagi mag\u2019lubiyat dushmanga Movarounnahrga, xususan uning markaziy shahri Samarqandga tomon yo\u2019l ochib beradi. Mo\u2019g\u2019ullar Movarounnahning markaziy viloyatlarida odatiy talon-tarojni yana davom ettiradilar. Bunday og\u2019ir bir siyosiy vaziyatda hokimiyatsiz qolgan mamlakat holisi, garchi o\u2019z holiga tashlab qo\u2019yilgan bo\u2019lsa ham, ona yurt mudofaasini o\u2019z qo\u2019llariga olishga va mo\u2019g\u2019ullar hujumini qaytarishga kirishadi. O\u2019z g\u2019alabalari bilan sarmast Ilyosxo\u2019ja boshliq mo\u2019g\u2019ullar jabrdiyda xalqning qaqshatg\u2019ich zarbasiga uchraydi. Movarounnahrda qariyb bir yarim asr davom etgan mo\u2019g\u2019ullar hukmronligiga va mahalliy feodallarga qarshi ko\u2019tarilgan bu xalq harakati nomi bilan mashhur topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarbadorlar harakati dastavval, 1337 yil erta bahorda Xuroson (hozirgi Afg\u2019onistonning shimoli-g\u2019arbi, Marv vohasi va Eronning shimoli-sharqiy qismi) da boshlanadi. Sarbadorlar, maqsadga erishish uchun, ozodlik yo\u2019lida dorga osilishga ham tayyormiz, degan shior ostidaa mo\u2019g\u2019ul bosqinchilari va mahalliy mulkdorlar zulmiga qarshi kurash olib boradilar. Xurosonning g\u2019arbiy qismida ular mo\u2019g\u2019ullar hukmronligini tor-mor qilib, mustaqil Sarbadorlar davlati barpo etadilar. Bu davlatning markazi Sabzavor shahrida bo\u2019lib, u 1337 yildan 1381 yilgacha qariyb 45 yil hukm suradi. Sarbadorlar asosan dehqonlar, hunarmandlar, shayxlar va qullardan iborat bo\u2019lib, ular ichida ikki oqim \u2013 mo\u2019tadil o\u2019ng qanot va mulkiy hamda ijtimoiy tenglik tarafdorlari bo\u2019lmish so\u2019l oqim mavjud edi. Ularning hukumati demokratik tartibga asosan qurilgan bo\u2019lib, unda tabaqalar deyarli bir-biridan farq qilmagan. Masalan, qullar to\u2019la ozod etilmagan bo\u2019lsa ham, ular boshqalar bilan bir qatorda sanalganlar. Sarbadorlar harakati 14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda mo\u2019g\u2019ul xonlarining hujumi tufayli kuchayib ketadi. Samarqand bunday harakatning markaziga aylanadi. Qo\u2019zg\u2019olonga madrasa talabasi Mavlonzoda, paxta tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Quluyi (Naddof) va mergan Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar mo\u2019g\u2019ullarga Smarqand shahrida qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxo\u2019ja dastlab Samarqandni, so\u2019ngra esa butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo\u2019ladi. Shundan so\u2019ng Sarbadorlar ichki dushman \u2013 katta yer va mulk egalariga qarshi kurash olib boradilar. Ularning ko\u2019shk va uy-joylari vayron etilib, mol-mulklari talon-toroj qilinadi. Shu tariqa Samarqandda Sarbadorlar hokimiyati o\u2019rnatiladi. Ular butun qish davomida Samarqandni o\u2019zlari idora qilib turadilar. Sarbadorlar boshliq samarqandliklarning mo\u2019g\u2019ullar xoni Ilyosxo\u2019ja ustidan g\u2019alabasi to\u2019g\u2019risidagi xabar Husayn bilan Temurga ham borib yetadi. Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo bo\u2019yida o\u2019tkazib, 1366 yil bahorida ular Sarbadorlar qo\u2019zg\u2019olonini bostirish uchun Samarqandga yo\u2019l oladilar. Ular Samarqand yaqinidagi Konigil mavzeida to\u2019xtaydilar. Har ikkala amir Sarbadorlarning dushman ustidan qozongan g\u2019alabalaridan mamnun bo\u2019lganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Sarbadorlar amirlarni \u201cyaxshi\u201d niyatda ekanliklariga ishonadilar. Ularga izzat-hurmat ko\u2019rsatadilar. Biroq ertasi kuni Sarbadorlarning boshliqlari Husayn bilan Temur qarorgohiga borganlarida, ular qatl etiladi. Faqat Mavlonzoda Temurning iltimosi bilan o\u2019limdan qutqarib qolinadi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, harakat bostirildi. Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi tiklanadi. Ammo ko\u2019p o\u2019tmay Husayn bilan Temur o\u2019rtasidagi munosabat yomonlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Temurning nufuzi ortib borayotganligidan xavotirlangan Husayn Balx shahriga qaytib, xazinani ham birga olib ketadi va shaharni mustahkamlashga kirishadi. Temur esa Kesh va Qarshi viloyatlarining hukmdori bo\u2019lib qoladi va o\u2019zining sobiq ittifoqdoshi hamda qaynog\u2019asi Amir Husaynga qarshi pinhona harakat qila boshlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>14-asrning 50-60-yillarida Movarounnahrda feudal tarqoqligi g\u2019oyatda kuchayib, sinfiy kurash yanada keskinlashadi. O\u2019lkadagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, ular o\u2019rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Bu davrda o\u2019lkad &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/movarounnahrdagi-siyosiy-parokandalik-va-sarbadorlar-harakati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23266,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[180],"tags":[],"class_list":["post-23329","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-haqida-qoshimcha-malumotlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23329","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23329"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23329\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23333,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23329\/revisions\/23333"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/23266"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23329"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23329"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23329"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}