{"id":23406,"date":"2022-04-05T13:38:14","date_gmt":"2022-04-05T10:38:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23406"},"modified":"2022-04-05T13:38:14","modified_gmt":"2022-04-05T10:38:14","slug":"dante-aligeri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dante-aligeri\/","title":{"rendered":"DANTE ALIGERI"},"content":{"rendered":"\n<p>DANTE ALIGERI (Dante Alighieri) (1265.5, Florentsiya &#8212; 1321.14.9, Ravenna) \u2014 italyan shoiri. Qadimgi dvoryan naslidan. Dastlabki &#171;Yangi hayot&#187; (1292) asari sevgilisi Beatrichega bag&#8217;ishlangan sonetlardan va nasriy lavhalardan iborat. 90-yillar oxirida hukmron gvelflar partiyasi &#171;oqlar&#187; va &#171;qoralar&#187;ga ajralib chiqqach, Florentsiyada hokimiyat &#171;qoralar&#187; qo&#8217;liga o&#8217;tadi. O&#8217;sha paytda Rimda bo&#8217;lgan &#171;oqlar&#187; vakili Dantening mol-mulki musodara etilib, o&#8217;zi o&#8217;limga hukm etiladi. Shundan keyin Dante Florentsiyadan chiqib ketadi (1302) va umrining oxirigacha darbadarlikda yashaydi, siyosat bilan shug&#8217;ullanmaydi. Dante falsafiy ruxdagi &#171;Bazm&#187; (1308), &#171;Monarxiya haqida&#187; (1313), &#171;Yer va suv haqida&#187; (1320) risolalarida gumanistik qarashlarni ilgari suradi, davrning muhim ijtimoiyaxloqiy muammolariga javob izlaydi. Jumladan, &#171;Monarxiya haqida&#187; asarida Dante butun jaxrn monarxiyasini yer yuzidagi odamlarning farovonligini ta&#8217;minlaydigan adolatli davlat shakli sifatida himoya qiladi. &#171;Komediya&#187; Dante ijodining cho&#8217;qqisidir (1307-21). Keyinroq bu Doston &#171;Ilohiy komediya&#187; deb ham yuritilgan. Dante vafotidan so&#8217;ng qo&#8217;shilgan &#171;Ilohiy&#187; so&#8217;zi shoir ijodi muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qo&#8217;llanilgan. Doston 3 qism (&#171;Do&#8217;zax&#187;, &#171;A&#8217;rof&#187;, &#171;Jannat&#187;) dan iborat. Har bir qismda 33 ta qo&#8217;shiq bor. Doston Dantening shoir Vergiliy yetakchiligida u dunyoga sayohati tarzida yozilgan. Bu shakl Sharq obidasi &#171;Merojnoma&#187; syujetini eslatadi. &#171;Komediya&#187; an&#8217;anaviy diniy syujet asosida bo&#8217;lsada, undagi gumanizm mag&#8217;zini real dunyodagi insonlar hayoti tashkil etadi. Dante asarda insoniyat tarixining turli davrlarida yashagan kishilarning murakkab falsafiy qarashlariga munosabatini bildiradi. &#171;Komediya&#187;ning &#171;Do&#8217;zax&#187; qismidagi 4-qo&#8217;shiqda jahonning buyuk donishmandlari Demokrit, Fales, Geraklit, Evklid, Ptolemey, Gippokratlar qatorida Sharqning ulug&#8217;mutafakkirlari Ibn Sino va Ibn Rushdlar tilga olinadi. Qo&#8217;shiqda qadimgi Turon podshosining qizi, afsonaviy baliq tanli sarkarda ayol Semiramida, Misr malikasi Kleopatra faoliyatiga munosabat bildiriladi. &#171;A&#8217;rof&#187;da massagetlar malikasi To&#8217;maris qaxramonligi tasvirlangan. &#171;Ilohiy komediya&#187; badiiy yuksak bo&#8217;lishi bilan birga, kishilik jamiyati taraqqiyotida yig&#8217;ilgan bilimlarning boy xazinasidir. Dante Sharq va G&#8217;arb tafakkuri mevalarini omuxta etgan. Muallif Sharq donishmandlari Ibn Sino, Ahmad Farg&#8217;oniy, Abu Mash&#8217;ar, Muhammad Xorazmiy va boshqalarning asarlaridan foydalangan. Dante italyan adabiy tilining yaratuvchisi hisoblanadi. Uning dostoni uslubida oddiy xalq tili oliy tabaqa kishilari tiliga xos tantanavorlik, rangbaranglik va dramatizm bilan uyg&#8217;unlashib ketgan. Dante o&#8217;z davridagi ijodkorlardan farqli o&#8217;laroq butun italyan millati nomidan gapirib, uning asriy orzu-armonlarini ifodalagan. Shuning uchun ham uni o&#8217;rta asrning so&#8217;nggi shoiri va ayni paytda, yangi davrning birinchi shoiri, deyishadi. Dante ijodi italyan adabiyoti va butun Yevropa madaniyati taraqqiyotiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Shoir ijodi adabiyotshunos olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. Dante asarlari jahon xalqlarining ko&#8217;pgina tillariga tarjima qilingan. &#171;Ilohiy komediya&#187; dostonining &#171;do&#8217;zax&#187; qismi o&#8217;zbek tilida Abdulla Oripov tarjimasida nashr etilgan (1978). As: Bojestvennaya komediya, M., 1961. Ad.: Golenitshev-Kutuzov I ., Tvorchestvo Dante i mirovaya literatura, M., 1971; Komilov N., Ibn Sino va Dante, T., 1983; Sulaymonova F., Sharq va G&#8217;arb, T., 1997; Komilov N., Tafakkur karvonlari, T., 1999. Najmiddin Komilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DANTE ALIGERI (Dante Alighieri) (1265.5, Florentsiya &#8212; 1321.14.9, Ravenna) \u2014 italyan shoiri. Qadimgi dvoryan naslidan. Dastlabki &#171;Yangi hayot&#187; (1292) asari sevgilisi Beatrichega bag&#8217;ishlangan sonetlardan va nasriy lavhalardan iborat. 90-yillar oxirida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dante-aligeri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23406","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23406","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23406"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23406\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23407,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23406\/revisions\/23407"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23406"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23406"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23406"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}