{"id":23452,"date":"2022-04-06T14:04:25","date_gmt":"2022-04-06T11:04:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23452"},"modified":"2022-04-06T14:04:26","modified_gmt":"2022-04-06T11:04:26","slug":"doppi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/doppi\/","title":{"rendered":"DO&#8217;PPI"},"content":{"rendered":"\n<p>DO&#8217;PPI \u2014 yengil bosh kiyimi. Qadimdan Eron va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Turkiston xalqlari orasida (ayniqsa O&#8217;zbekiston va Tojikiston hududida) milliy kiyim turiga aylangan. Boshqa xalqlar Do&#8217;ppilaridan o&#8217;zbek Do&#8217;ppilari o&#8217;ziga xos shakli, bezagi bilan farqlanadi. Do&#8217;ppi uch qismdan \u2014 tepa (aylana va to&#8217;rtburchak shaklida bichiladi), kizak (gardish shaklida) va jiyakdan tuzilgan, respublikaning turli joylarida turlicha bezatiladi; qismlari birlashtirilganda turlicha ko&#8217;rinishga ega bo&#8217;ladi. Do&#8217;ppi tikuvchi usta do&#8217;ppido&#8217;z, Do&#8217;ppi tikish kasbi esa do&#8217;ppido&#8217;zlik deb ataladi. Do&#8217;ppi asosan Baxmal, sidirg&#8217;a shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi (Chust, Marg&#8217;ilon, Toshkent, Shahrisabz va boshqalar), mo&#8217;ljallangan kishilarning yoshi va jinsi (erkak, ayol, bolalar), shakli (o&#8217;tkir uchli, konnussimon, yarim doira, chuqur tubli, dumaloq, karjli va boshqalar) ga ko\u2019ra Do&#8217;ppilar xilma-xil va rang-barangdir. Dastlabki Do&#8217;ppilar shakli o&#8217;tkir uchli qilib salla bilan kiyishga mo&#8217;ljallab kizagi keng jiyakli qilib tayyorlangan. 20- asr 20-yillaridan Do&#8217;ppi shakli o&#8217;zgardi: tepasi dumaloq yoki murabba shaklga ega bo&#8217;ldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi. O&#8217;zbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz Do&#8217;ppilari mashhur. Chust Do&#8217;ppisi to&#8217;q yashil shoyi yoki satindan 4 karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida kalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4 tadan mehrob (yarim doyra) shakli kashta bilan sidirg&#8217;a qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi. Tayyor Do&#8217;ppining tepasi kizagidan murabba shaklida bo&#8217;rtib chiqadi (boshqa Do&#8217;ppilarning tepasi yarim doira shaklida bo&#8217;ladi). Shakli ko&#8217;p jihatdan ChHust Do&#8217;ppisiga o&#8217;xshash bo&#8217;lgan Marg&#8217;ilon Do&#8217;ppisi gullari (nisbatan ingichka va uzun qalampir shakli)ning sidirg&#8217;a qoplanmasligi bilan farqlanadi. Toshkentning duxoba Do&#8217;ppisi sidirg&#8217;a baxmaldan, Buxoro Do&#8217;ppisi sidirg&#8217;a yoki gulli baxmaldan tayyorlanadi; Buxoro Do&#8217;ppisiga rang-barang ipak iplarda yo&#8217;rma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi. Iroqi Do&#8217;ppi Shahrisabzda keng urf bo&#8217;lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning o&#8217;ziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. Do&#8217;ppining bu turida kashta iplari sug&#8217;irilib to&#8217;r holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok (terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan). Iroqi Do&#8217;ppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va kitob do&#8217;ppido&#8217;zlari tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va Farg&#8217;ona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa Do&#8217;ppining naqsh mujassamoti rang barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, ko&#8217;k tusli qushcha (bulbul) lar shaklidan iborat. Toshkentning iroqi Do&#8217;ppisida oq zaminga atirgullar to&#8217;q va och kizil ipaklarda (ba&#8217;zan &#171;Ra&#8217;no&#187;, &#171;Guli&#187;, &#171;Farg&#8217;ona tong otguncha&#187; va boshqalar) yozuvlar qo&#8217;shib tikiladi. Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va ipdan) to&#8217;qilgan gilam Do&#8217;ppisi ham mashhur. Samarqand (Urgut) va Surxondaryo (Boysun)ning dumalok, shaklli piltado&#8217;zi Do&#8217;ppisining naqshi sodda, gullari markazga tomon yo&#8217;nalgan, qaviq choklari esa qovurg&#8217;ali yuzani hosil qiladi. Buxoro zardo&#8217;zlarining zardo&#8217;zi-guldo&#8217;zi va zardo&#8217;zi-zamindo&#8217;zi (&#171;Yulduz&#187;, &#171;Tovus&#187; va boshqalar) Do&#8217;ppilari badiiy jiqatdan yuqori baholanadi. Toshkentning sidirg&#8217;a parchadan 4 karjli (karjlari o&#8217;zaro qora xoshiya yo&#8217;llar bilan bo&#8217;lingan, har bir karjga yorqin gullagan novdalar tikilgan) Do&#8217;ppisi va boshqa Do&#8217;ppilar jozibali qilib tayyorlanadi. Gulnoz Sharipova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DO&#8217;PPI \u2014 yengil bosh kiyimi. Qadimdan Eron va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Turkiston xalqlari orasida (ayniqsa O&#8217;zbekiston va Tojikiston hududida) milliy kiyim turiga aylangan. Boshqa xalqlar Do&#8217;ppilaridan o&#8217;zbek Do&#8217;ppilari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/doppi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23452","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23452","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23452"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23452\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23453,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23452\/revisions\/23453"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23452"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23452"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23452"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}