{"id":23478,"date":"2022-04-06T15:41:13","date_gmt":"2022-04-06T12:41:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23478"},"modified":"2022-04-06T15:41:15","modified_gmt":"2022-04-06T12:41:15","slug":"daosizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daosizm\/","title":{"rendered":"DAOSIZM"},"content":{"rendered":"\n<p>DAOSIZM (Dao so&#8217;zidan) \u2014 1) qadimgi Xitoy falsafasidagi yo&#8217;nalishlardan biri; Dao haqidagi ta&#8217;limot. Miloddan avvalgi 6-5-asrlarda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, uning g&#8217;oyalari &#171;Dao de Szin&#187; kitobida bayon etilgan. Daosizm vakillari \u2014 miloddan avvalgi 4\u2014 3-asrlarda yashagan Yan Chju, in Ven, Chjuan-szi. Daosizmga ko&#8217;ra, tabiat va inson hayoti &#171;ilohiy samoviy qonun&#187;ga bog&#8217;liq emas, balki narsalarning tabiiy yo&#8217;li, qonuni \u2014 &#171;Dao&#187;ga asoslanadi. Yan Chju fikricha, hayotning tabiiy qonunlari \u2014 &#171;Dao&#187;ga rioya qilish insonga &#171;o&#8217;z tabiatini butunlikda saqlab qolishga&#187; imkon beradi. Daosizm dunyodagi hamma narsalarda qarama-qarshiliklar kurashi yotadi, ular o&#8217;zgarishda, harakatda: &#171;bir xil narsalar ketib, boshqa xil narsalar keladi, ba&#8217;zi narsalar gullaydi, ba&#8217;zilari so&#8217;nadi&#187;, deb hisoblaydi. Daosizm ta&#8217;limotida insonga o&#8217;zidagi majburiyat va burch kishanlarini uloqtirib tashlab, tabiatga yaqin bo&#8217;lgan hayotga qaytish da&#8217;vati bor. 2) Xitoyda tarqalgan 3 dindan (Konfutsiychilik, buddizm bilan bir qatorda) biri. Daosizm falsafiy ta&#8217;limoti asosida paydo bo&#8217;lgan. 1-3 asrlarda vujudga kelgan. Chjan Daolin asos solgan (2-asrning 1-yarmi). Daosizm urf-odatlari animizmga va sehrgarlikka ishonishga asoslangan. Konfutsiychilik, buddizm elementlari ham bor. Daosizm dinida 3 Xudo \u2014 Shandi, Laoszi hamda dunyoning yaratuvchisi Pan gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. 5-asrdan Daosizm diniy ta&#8217;limoti, marosimlari rasmiylashgan va davlat dini bo&#8217;lib qolgan. 12-asrga kelib Daosizmning adabiyotlar to&#8217;plami \u2014 &#171;Dao Szan&#187; vujudga keldi. Daosizm boshqa dinlar kabi ko&#8217;plab sektalarga ajralib ketgan. Daosizm kohinlari shaxsning axloqiy o&#8217;z-o&#8217;zini takomillashtirish g&#8217;oyasini targ&#8217;ib qilib, dindorlarga uzoq umr ko&#8217;rishning muayyan usulini ham taklif qiladilar, bu usul parhezni, jismoniy mashqlar tizimi va boshqalarni o&#8217;z ichiga oladi. Ayni vaqtda kohinlar yovuz ruhlarni haydash, fol ochish bilan ham shug&#8217;ullanadi. Keyinchalik Daosizm Xitoyda o&#8217;zining ilgarigi mavqeini yo&#8217;qotib o&#8217;rnini boshqa dinlarga bo&#8217;shatib bergan. Hozir uning tarafdorlari nisbatan ozchilikni tashkil qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAOSIZM (Dao so&#8217;zidan) \u2014 1) qadimgi Xitoy falsafasidagi yo&#8217;nalishlardan biri; Dao haqidagi ta&#8217;limot. Miloddan avvalgi 6-5-asrlarda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, uning g&#8217;oyalari &#171;Dao de Szin&#187; kitobida bayon etilgan. Daosizm &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daosizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23478","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23478","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23478"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23478\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23482,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23478\/revisions\/23482"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23478"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23478"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23478"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}