{"id":23502,"date":"2022-04-07T15:16:52","date_gmt":"2022-04-07T12:16:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23502"},"modified":"2022-04-07T15:16:53","modified_gmt":"2022-04-07T12:16:53","slug":"daraxtlarga-shakl-berish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daraxtlarga-shakl-berish\/","title":{"rendered":"DARAXTLARGA SHAKL BERISH"},"content":{"rendered":"\n<p>DARAXTLARGA SHAKL BERISH &#8212; bog&#8217;dorchilik va manzarali bog&#8217;dorchilikda qo&#8217;llaniladigan agrotexnologik usullardan biri, daraxt va butalar shox-novdalarini butash, siyraklatish, qisqartirish yo&#8217;li bilan ularni muayyan bir ko&#8217;rinishda o&#8217;stirish. Daraxtlarga shakl berish daraxtning havo, yorug&#8217;likdan yaxshi bahramand bo&#8217;lishi, oziq moddalarning hosilli novdalarda to&#8217;planishi, hosildorlikni oshirish va mevalar sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Shakl berilmagan daraxtlar kam yashaydi va kam hosil beradi. Daraxtni o&#8217;stirish shakli joyning tuproq-iqlim sharoitlariga, meva turi va navining biologik xususiyatlariga qarab tanlanadi. Dastlabki shakl berish ishlari ko&#8217;chatzorning ikkinchi dalasida boshlanadi, so&#8217;ngra bog&#8217;da 6-8 yil davom ettiriladi. Dunyo mamlakatlari bogdorchiligida Daraxtlarga shakl berishning g&#8217;oyat xilma-xil turlari qo&#8217;llaniladi. O&#8217;zbekistonda meva daraxtlarining ko&#8217;pchiligiga past tanali (asosiy tana balandligi 50-70 santimetr) qilib shakl beriladi, natijada meva daraxtlari hosilga erta kiradi, ularni parvarish qilish, butash, zararkunandalarga qarshi kurash, hosilni yig&#8217;ib terib olish osonlashadi. Xiyobonlarga, yo&#8217;llarning chetlariga o&#8217;tkaziladigan daraxtlarga baland tanali (150-200 santimetr), anjir, anor, ko&#8217;pgina past bo&#8217;yli payvandtag daraxtlarga asosan buta (tana balandligi 50 santimetr) ko&#8217;rinishida shakl beriladi. Markaziy tana va asosiy shoxlarning joylashishiga qarab Daraxtlarga shakl berish pog&#8217;onali, siyrak pog&#8217;onali, kosasimon, butasimon va boshqalar bo&#8217;lishi mumkin. Pog&#8217;onali shakl (olma, gilos, nok va boshqalar qo&#8217;llaniladi) da asosiy shoxlar tanada pog&#8217;onalab joylashtiriladi, pog&#8217;onada 3-5 tadan shox bo&#8217;ladi. Siyrak pog&#8217;onali shaklda (ko&#8217;pchilik meva turlari uchun qabul qilingan) daraxtda 5-8 ta asosiy va 1-2 qo&#8217;shimcha shoxlar qoldiriladi. Kosasimon shaklda ko&#8217;chat boqqa o&#8217;tkazilishi bilan tanadan chiqqan 3-5 ta shox 20-30 santimetr uzunlikda qoldiriladi, Markaziy tana qirqib tashlanadi. Bu shaklda ko&#8217;proq shaftoli, olcha o&#8217;stiriladi. Butasimon shaklda (ildizidan rivojlanadigan o&#8217;simliklar \u2014 anor, anjir, turkman olmasi, smorodina, malina va boshqalar) Markaziy tana bo&#8217;lmaydi, ildizdan 2-3 ta mustaqil tana va ulardan shoxshabba chiqariladi, tanalar qariganidan keyin ildizdan chiqqan yangi tana bilan almashtiriladi. 1970-yillardan boshlab O&#8217;zbekistonda Italiyada (professor Baldosari) kashf etilgan sun&#8217;iy shakl berish usullaridan biri \u2014 palmetta shakli (past bo&#8217;yli payvandtaglardagi meva daraxtlari \u2014 olma, nokni shox-shabbaga yassi shakl berib, so&#8217;ri yoki simbag&#8217;azlarda o&#8217;stirish) sinab ko&#8217;rildi, lekin sermehnatligi tufayli keng yoyilmaydi. Daraxtlarga shakl berishning asosiy tizimlari rasmda berilgan. Ad.: Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., O&#8217;zbekistan mevachiligi, T., 1967; Sobirov M., Tomorqa bovdorchiligi, T., 1991. Sulton Xolnazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DARAXTLARGA SHAKL BERISH &#8212; bog&#8217;dorchilik va manzarali bog&#8217;dorchilikda qo&#8217;llaniladigan agrotexnologik usullardan biri, daraxt va butalar shox-novdalarini butash, siyraklatish, qisqartirish yo&#8217;li bilan ularni muayyan bir ko&#8217;rinishda o&#8217;stirish. Daraxtlarga shakl berish daraxtning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daraxtlarga-shakl-berish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23502","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23502","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23502"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23502\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23507,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23502\/revisions\/23507"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23502"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23502"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23502"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}