{"id":23658,"date":"2022-04-09T16:44:10","date_gmt":"2022-04-09T13:44:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23658"},"modified":"2022-04-09T16:44:11","modified_gmt":"2022-04-09T13:44:11","slug":"dushanba","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dushanba\/","title":{"rendered":"DUSHANBA"},"content":{"rendered":"\n<p>DUSHANBA (forscha) \u2014 haftaning birinchi kuni.<\/p>\n\n\n\n<p>DUSHANBA (tojikcha Dushanbe; 1929- 61 yillarda Stalinobod) \u2014 shahar, Tojikiston Respublikasi poytaxti (1929 yildan). Hisor vodiysida, Varzob daryosining dengiz sathidan 750-930 metr balandlikdagi keng terrasalarida joylashgan. Dushanbani Varzob daryosi shimoldan Janubga, Kofarnihon daryosi Sharqdan g&#8217;arbga kesib o&#8217;tgan. Termiz\u2014Dushanba va Dushanba\u2014Kofarnihon temir yo\u2019l va shosse yo&#8217;llar tuguni. Xalqaro aeroport bor. Iqlimi kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi g, iyulniki 28\u00b0, yiliga 625-630 millimetr yog&#8217;in yog&#8217;adi. Maydoni 125 kilometr kvadrat. Aholisi 512,5 ming kishi (1997). Dushanbada 4 ta shahar tumani bor. Dushanba\u2014 Tojikistonning yirik sanoat markazi, respublika sanoat ishlab chiqarishning qariyb 1\/3 qismi joylashgan. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati, to&#8217;qimachilik mashinasozligi, qishloq xo\u2019jalik mashinasozligi, savdo mashinasozligi, ro&#8217;zg&#8217;or sovitkichlari, armaturalar, &#171;Tojikkabel&#187;, yo&#8217;l qurish mashinalari remonti zavodlari mavjud. Qurilish materiallari (tsement, yog&#8217;ochsozlik korxonalari, uysozlik kombinati, temir-beton konstruktsiyalar zavodi) ishlab chiqariladi. Shahar sanoatida yengil (tikuvchilik, ko&#8217;n poyabzal, ip gazlama, trikotaj, shoyi fabrikalari) va oziq-ovqat, (sut kombinati, qandolatchilik, tamaki fabrikalari, vino, pivo, non, yog&#8217;-moy zavodlari) sanoati korxonalari ham salmoqli o&#8217;rin tutadi. Dushanbani Dushanba-Vaxsh energetika sistemasi (shahar issiklik elektr markazi, Norak, Perepadnaya, Markaziy, Bosh GESlar va Varzobdagi GESlar) elektr energiya bilan ta&#8217;minlab turadi. Shahar ichida avtobus va trolleybus qatnaydi. Dushanba dastlab Varzob daryosining bo&#8217;yidagi uchta kichik yondosh qishloq \u2014 Sariosiyo, Shohmansur va Dushanba o&#8217;rnida paydo bo&#8217;lgan, bulardan eng yirigi Dushanba qishlog&#8217;i edi. Shahar hududidan yunon-Baqtriya davri (miloddan avvalgi 2-asr)ga oid arxeologik yodgorliklar topilgan. Qo&#8217;lyozmalarda Dushanba qishlog&#8217;i 17-asr boshidan tilga olingan. 1924 yildan To-jikiston Muxtor Respublikasi poytaxti (1925 yildan shahar). 1926 yil Dushanba aholisi 5,6 ming kishi bo&#8217;lgan. Keyingi yillarda Dushanbada ko&#8217;plab chiroyli ma&#8217;muriy, o&#8217;quv, madaniy va maishiy binolar (Hukumat uyi, Majlisi Oliy, S. Ayniy nomidagi opera va balet teatri, Firdavsiy nomidagi respublika millim kutubxonasi, &#171;Tojikkon-tsert&#187;, Borbad nomidagi kinokontsert zali, &#171;Dushanba&#187;, &#171;Tojikiston&#187; mehmonxonalari, Tojikiston davlat milliy universiteti, aerovokzal, &#171;Rohat&#187;, &#171;Saodat&#187; choyxonalari, &#171;sadbarg&#187; maishiy xizmat uyi, kasaba uyushmalari saroyi, yozuvchilar uyi) va ko&#8217;p kavatli turar joy binolari qurilgan. Vaxdat, g&#8217;alaba, vokzal oddi maydonlari, Ayniy nomidagi bog&#8217;bor. Tojik mumtoz adabiyoti aeoschisi Abu Abdullo Rudakiyga, Abu Ali ibn Sino va Sadriddin Ayniyga haykal o&#8217;rnatilgan, Ayniy va Mirzo Tursunzodaga makbara barpo qilingan. Botanika bog&#8217;i, mineralogiya muzeyi va boshqalar bor. Dushanba 20-asr o&#8217;rtalaridan yirik ilmiy va madaniy markazga aylandi. Dushanbada Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va ilmiy tadqiqot institutlari ishlab turibdi. 15 oliy o&#8217;quv yurtida qariyb 50 ming Tolib, o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlarida 6 mingga yaqin o&#8217;quvchi, hunar-texnika bilim yurtlari, litsey va kollejda 6 mingdan ziyod o&#8217;quvchi ta&#8217;lim olmoqda. Dushanbada 7 teatr (S. Ayniy nomli akademik opera va balet teatri, A. Lohutiy nomli Tojikiston akademik drama teatri va boshqalar), filarmoniya, tsirk, 8 kinoteatr, &#171;Tojikfilm&#187; kinostudiyam, Firdavsiy nomli Milliy kutubxona, Fanlar Akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi, A. Lohutiy nomli shaqar Markaziy kutubxonasi, qariyb 180 jamoat kutubxonasi, 7 muzey, Xalq xo&#8217;jaligi yutuqlari ko&#8217;rgazmasi, radio, telemarkaz, respublika telegraf agentligi va boshqalar bor. Dushanbada poligrafiya kombinati, &#171;irfon&#187;, &#171;adib&#187;, &#171;maorif&#187;, &#171;Donish&#187;, &#171;Sharqi ozod&#187; nashriyotlari, Tojikiston entsiklopediyasi Bosh ilmiy tahririyati mavjud. 30 ga yaqin nomda tojik, o&#8217;zbek, rus, ingliz va boshqa tillarda gazeta, 13 nomda jurnal nashr etiladi. Shaharda 27 kasalxona, 60 vrachlik ambulatoriya poliklinika muassasasi (shu jumladan 10 ta maxsus dispanser), 8 sanitariya-epidemiologiya stansiyasi, 5 stadion, sport saroyi, 7 suzish havzasi mavjud. Dushanba atrofidagi (Hisor tog&#8217;larining Janubiy yon bag&#8217;irlarida) manzarali tog\u2019 daralarida dam olish uylari va sanatoriylar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DUSHANBA (forscha) \u2014 haftaning birinchi kuni. DUSHANBA (tojikcha Dushanbe; 1929- 61 yillarda Stalinobod) \u2014 shahar, Tojikiston Respublikasi poytaxti (1929 yildan). Hisor vodiysida, Varzob daryosining dengiz sathidan 750-930 metr balandlikdagi keng &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dushanba\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23658","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23658","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23658"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23658\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23659,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23658\/revisions\/23659"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23658"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23658"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23658"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}