{"id":23673,"date":"2022-04-10T07:44:17","date_gmt":"2022-04-10T04:44:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23673"},"modified":"2022-04-10T07:44:18","modified_gmt":"2022-04-10T04:44:18","slug":"daryo-suvchanligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daryo-suvchanligi\/","title":{"rendered":"DARYO SUVCHANLIGI"},"content":{"rendered":"\n<p>DARYO SUVCHANLIGI &#8212; daryoda muayyan vaqt (dekada, oy, mavsum, yil, bir necha yil) davomida o&#8217;rtacha ko&#8217;p yillik ko&#8217;rsatkichlar (norma)ga nisbatan oqib o&#8217;tgan suv mikdori. Daryo suvchanligi absolyut (m3\/s, l\/s, km3\/yil) yoki nisbiy (normaga nisbatan % yoki modul koeffisienti) birliklarda ifodalanadi. Daryo suvchanligi haqida ma&#8217;lumot qishloq xo\u2019jaligini suv bilan ta&#8217;minlash sistemasidagi eng muhim elementdir. Suvchanlikning o&#8217;zgarishi Daryo havzasining suv va issiqlik balansini belgilovchi meteorologik omillarning davriyligiga bog&#8217;liq. Daryo suvchanligiga yog&#8217;in mikdori, uning yillar va balandlik zonalari bo&#8217;ylab taqsimlanishi; quyosh radianiyasining intensivligi; havo harorati; tuproq qatlamining holati va boshqa omillar ta&#8217;sir etadi. Bu omillarning mavsumiy davriyligi Daryo suvchanligining yil davomida o&#8217;zgarishiga, yillar bo&#8217;ylab davriyligi esa turli suvchanlik yillarining almashinuviga sabab bo&#8217;ladi. O&#8217;rta Osiyoda daryolar, asosan tog&#8217;lardan boshlangani sababli havzaning balandligi oshgan sari Daryo suvchanligi kamayib boradi. Doimiy muzliklar va qorliklar erishi hisobiga hosil bo&#8217;luvchi Daryo suvchanligi turg&#8217;un, yomg&#8217;irlardan hosil bo&#8217;luvchi Daryo suvchanligi esa ko&#8217;proq o&#8217;zgaruvchan bo&#8217;ladi. Daryo yillik oqimining o&#8217;zgaruvchanligi variasiya koeffitsienti orqali (Cv) aniklanadi. Muzlik-qorliklarda hosil bo&#8217;luvchi daryolar (Vaxsh, Zarafshon) uchun Cv-0,10\u20140,15, qorlik-muzliklardan suv oladigan daryolar (Chirchiq, Norin, Kofarnihon) uchun 0,15\u20140,25, qorlik va qor-yomg&#8217;irlardan to&#8217;yinadigan daryolar (Ohangaron, Keles) uchun 0,25 va undan katta. Soy va jilg&#8217;alarning yillik oqimlari uchun Cv 1 dan ham kata bo&#8217;lishi mumkin. Oqim hosil qiluvchi jarayonlar inersiyasi tufayli turli suvchanlikka ega bo&#8217;lgan yillar tsikllarga guruhlanadi. Sersuv, o&#8217;rtacha suvli va kamsuv tsikllar mavjud. Tsikllar suvchanlik davomiyligi va uning o&#8217;rtacha ko&#8217;rsatkichlardan og&#8217;ish kattaligiga qarab farqlanadi. Masalan, Amudaryoda 10 yillik, Norin daryosida 2-3 va 10-11 yillik, Chirchiq daryosida 5-6 yillik davriylik kuzatiladi. Suvchanlik bo&#8217;yicha ekstremal yillarda muzlikqorlik hamda qorlik-muzliklardan hosil bo&#8217;luvchi daryolar oqimi normadan 30% va undan ko&#8217;proq, qor-yomg&#8217;ir hamda yomg&#8217;irlardan to&#8217;yinadigan daryolar oqimi 50-60% farq qiladi. Turli daryolar oqimining o&#8217;zgarishlari ayrim yillarda o&#8217;zaro muvofiq kelishi yoki muvofiq kelmasligi sinxronlik yoki asinxronlik tushunchasi bilan ifodalanadi. O&#8217;rta Osiyodagi Daryo suvchanligi o&#8217;zgarishlaridagi maksimal muvofiqlik suvchanlik bo&#8217;yicha ekstremal yillarda kuzatiladi. Masalan, suv eng kam bo&#8217;lgan 1974 yilda Amudaryo va Sirdaryo havzasining hamma hududida oqim normadan juda kam bo&#8217;lgan. Turli havzalarda Daryo suvchanligining o&#8217;zgarib turishidagi nomuvofiqlik daryolarni havzalararo oqizishii taqozo etadi. Toshtemir Bekmurodov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DARYO SUVCHANLIGI &#8212; daryoda muayyan vaqt (dekada, oy, mavsum, yil, bir necha yil) davomida o&#8217;rtacha ko&#8217;p yillik ko&#8217;rsatkichlar (norma)ga nisbatan oqib o&#8217;tgan suv mikdori. Daryo suvchanligi absolyut (m3\/s, l\/s, km3\/yil) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daryo-suvchanligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23673","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23673","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23673"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23673\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23674,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23673\/revisions\/23674"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23673"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23673"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23673"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}