{"id":23715,"date":"2022-04-10T08:37:34","date_gmt":"2022-04-10T05:37:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23715"},"modified":"2022-04-10T08:37:36","modified_gmt":"2022-04-10T05:37:36","slug":"daromad-soligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daromad-soligi\/","title":{"rendered":"DAROMAD SOLIG&#8217;I"},"content":{"rendered":"\n<p>DAROMAD SOLIG&#8217;I \u2014 moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo&#8217;lgan jismoniy shaxslar (fuqarolar) ning soliq solinadigan jami daromadlaridan, yuridik shaxslar (tashkilotlar, xo&#8217;jaliklar, korxonalar va boshqalar) ning soliq solinadigan jami daromadi (foydasi) dan undiriladigan to&#8217;g&#8217;ri, umumdavlat solig&#8217;i. Buyuk Britaniyada 1842 yildan, Yaponiyada 1887 yildan, Germaniyada 1891 yildan, AQShda 1913 yildan, Frantsiyada 1914 yildan joriy qilingan. Sobiq SSSRda 1922 yil 16 noyabrdagi dekretga ko&#8217;ra daromad-mulk solig&#8217;i degan umumiy nom bilan joriy qilingan va 1924 yildan Daromad solig&#8217;iga aylantirilgan hamda 1991 yilgacha ishchi va xizmatchilarning maoshidan tabaqalashgan shkala bo&#8217;yicha undirilgan (100 so&#8217;mdan 8 so&#8217;m 20 tiyin, 100 dan yuqori summadan 13% miqdorida). O&#8217;zbekiston Respublikasida Daromad solig&#8217;i undirish tartibi 1998 yil yanvardan amalga kiritilgan O&#8217;zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq olib boriladi. Kodeksga ko&#8217;ra yuridik shaxslarning solik solinadigan jami daromadi (foydasi)ga 26 foizlik stavka bo&#8217;yicha soliq solinadi (2001). Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromad (foyda) solig&#8217;i, qo&#8217;shilgan qiymat solig&#8217;i, ekologiya va boshqa soliqlar hamda yig&#8217;imlar o&#8217;rniga byudjetga yalpi daromad solig&#8217;i to&#8217;laydilar (22-50% darajasida). Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlariga soliq solish maqsadida eng kam ish haqining mikdori yil boshidan e&#8217;tiboran ortib boruvchi yakun tarzida (oshib boruvchi stavkalarda) hisoblanadi, eng kam ish haqining to&#8217;rt baravari miqdorigacha daromad summasining 13%, eng kam ish haqining sakkiz baravarigacha 23%, 8 baravari miqdoridan (+1 so&#8217;m) va undan yuqori bo&#8217;lgan summadan 33% ni tashkil qiladi (1 avgust 2001). Daromad solig&#8217;i undirishda soliq to&#8217;lovchilar uchun bir qator chegirmalar va imtiyozlar nazarda tutilgan. Rahmatjon Abdullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAROMAD SOLIG&#8217;I \u2014 moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo&#8217;lgan jismoniy shaxslar (fuqarolar) ning soliq solinadigan jami daromadlaridan, yuridik shaxslar (tashkilotlar, xo&#8217;jaliklar, korxonalar va boshqalar) ning soliq solinadigan jami daromadi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daromad-soligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23715","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23715","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23715"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23715\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23721,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23715\/revisions\/23721"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23715"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23715"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23715"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}